KUN TARTIBI BO‘YICHA MASALALAR MUHOKAMASIGA O‘TILDI
I.Universitet jamoasi bilan amalga oshiriladigan masalalar yo‘nalishi bo‘yicha:
1.1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'at majlisida
ko’rilgan masalalar hamda universitetning yangi o’quv yiliga tayyorgarlik holati to’g’risida
ESHITILDI: O.X. Xamidov (kengash raisi, rektor) kengash a’zolariga O'zbekiston
Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Hay'at majlisida ko’rilgan masalalar haqida
ma’lumot berdi.
Bugungi kunda oliy ta’limni modernizatsiya qilish, sifatli ta’limni tashkil etish hamda
yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish
maqsadida tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi
PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasining qabul qilinishi ushbu sohadagi islohotlar uchun debocha
vazifasini bajarib bermoqda.
Barchaga ma’lumki, akademik
mustaqillik deganda, ma’muriy-boshqaruv siyosatini
belgilash, ta’lim
jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini nazorat qilish,
ilmiy va boshqa
yo‘nalishlarda ta’lim muassasasining to‘liq mustaqilligi tushuniladi.
Yuqoridagi Konsepsiyada belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida ijro qilish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy ta’lim muassasalarining
akademik va
tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”
2021-yil 24-dekabrdagi PQ–60-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Konsepsiyada ham oliy ta’lim
muassasalarining
akademik va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash oliy ta’limdagi asosiy
yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Yuqoridagilarga asoslangan holda biz 2022-yil 4-iyuldagi 11-kengash
qarori bilan
universitetning tashkiliy strukturaviy tuzilmasini tasdiqlab oldik. Oliy ta’lim tizimini
rivojlantirishning rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim jarayonida
xorijiy tajribalarga
asoslanish, zamonaviy o‘qitish mexanizmini takomillashtirish va bozor talablariga javob beradigan
yuqori salohiyatli kadrlar yetkazib berish hamda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Do'stlaringiz bilan baham: