BOLА TUGʼILGАNDАN BOShLАB OVQАTLАNTIRISh MАSLАHАTLАRI
Bola tugʼilgandan boshlab ovqatlantirish maslahatlari 3 yoshgacha boʼlgan bolalarni ovqatlantirish mavzusi nafaqat onalar, balki tibbiyot muassasalarining nufuzli professorlari orasida ham munozarali boʼlib kelmoqda. Аmmo turli xildagi nazariyalarni birlashtiruvchi narsa bor – bu faol oʼsayotgan organizm uchun vitamin va minerallarning toʼliq isteʼmol qilinishi.
3 yoshgacha ovqatlanish – hayot fundamenti - Koʼrinishidan oddiy narsalar – kun tartibi, ovqatlanish ratsioni... Аmmo farzandingizning keyingi rivojlanishi aynan shular bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Taʼm istaklari, odat, feʼl-atvor, sogʼliq – bularning barchasi 1 yoshdan 3 yoshgacha boʼlgan davrda shakllanib boradi. Turgʼun immunitet, baquvvat sogʼliq va jismoniy aktivlik kichkintoyning yangi kashfiyotlar qilishi, tengqurlari bilan muloqot, oson oʼrganishi va rivojlanishiga koʼmak beradi.
Bola ovqatlanishining asosiy tamoyillari - 1 yoshdan 3 yoshgacha boʼlgan bolalar ovqatlanishining oʼziga xos xususiyati – juda katta energiya talabidir – 1200-1 400 kkal sutkasiga. Bu hajm kattalarniki bilan barobar. Аmmo tez oʼsayotgan organizmda vitaminlarga boʼlgan ehtiyoj kattalarnikidan yuqori.
Umumiy ratsionga oʼtayotganda vitamin va minerallarga boy turli xil ovqatlar bilan menyuni boyitishga harakat qiling. Аmmo yangi taomlarni ratsionga kiritishni astalik bilan boshlang va bu hollarda bugʼda tayyorlangan, dimlangan taomlarga diqqatni qarating.
Odatda, bu yoshdagi bolalarda 4 mahal ovqatlanish zarur, ammo farzandingiz kam miqdorda ovqatlansa, 5 martagacha koʼpaytirish mumkin.
Shuningdek, yozda vitaminlar bilan bir yil uchun “zahiralanish” mumkin emasligini unutmang. Buning uchun polivitaminlar qabul qilish haqida shifokor bilan maslahatlashing. Bugungi kunda vitaminlarni sirop koʼrinishida topishingiz mumkin, bu ayniqsa, 3 yoshgacha boʼlgan bolalarda qulay.
Vitamin bu nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |