Buxoro Davlat Universiteti Maktabgacha ta’lim yo'nalishi 9-1mts 19-guruh talabasi Yunusova Dilfuza Norboyevnaning


Download 29.75 Kb.
bet1/5
Sana26.01.2023
Hajmi29.75 Kb.
#1128827
  1   2   3   4   5
Bog'liq
bolalar pediyatri




Buxoro Davlat Universiteti
Maktabgacha ta’lim yo'nalishi
9-1MTS 19-guruh talabasi
Yunusova Dilfuza Norboyevnaning
"Pediyatiriya va bolalar gigiyenasi"
fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Vitamin bu nima


Reja

  1. Kirish

Farzandingiz muvaffaqiyati uchun vitaminlar

  1. Asosiy qisim

  1. Vitamin bu nima?

  2. Bola tug`ilgandan boshlab ovqatlantirish maslahatlari

  3. Nima uchun vitaminlarga koʼp pul sarflamaslik kerak?

  1. Xulosa

  2. Mundarija

  3. Fodalanilgan adabiyotlar

KIRISH:
Farzandingiz muvaffaqiyati uchun vitaminlar - Farzand salomatligini saqlash va mustahkamlash – bu, hoynahoy, savodli ota-onalarning eng asosiy vazifalaridan biri. Bolalarda vitaminlar tanqisligi oʼsishning jiddiy kechikishi, aqliy va yoki jismoniy rivojlanishda qoloqlik, shuningdek tez-tez shamollashlarga olib kelishi mumkin. Bolaga atrof-muhitning salbiy taʼsiridan toʼlaqonli himoyani taʼminlash, uning immunitetini mustahkamlash, sogʼlom ulgʼaytirish, jismoniy va aqliy yuklamalarni uddalashda koʼmaklashish uchun ota-onalar bolani eng erta yoshligidan boshlab oziqlanishi, jismoniy, ruhiy, aqliy rivojlanishi haqida qaygʼurishlari kerak.
Zamonaviy hayot sharoitlari farzandlarimizga, hatto foydali taom isteʼmolida ham, organik elementlarni yetarli miqdorda olish imkonini bermaydi: masalan, sabzavotlarni qovurish, tarkibdagi mikronutrient larning 85% ning buzilishiga olib keladi, sabzavot va mevalarni yetishtirishda oʼgʼit va changlatgichlarni qoʼllash, hozirda shaharlik bolalarga 100% tabiiy mahsulotlarni tatib koʼrish imkonini bermayapti. Bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning farzandlarimiz juda sevadigan tezkor nonushtalar, shuningdek boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda kimyoviy shirinlashtiruvchilar va sintetik ingridientlarga ruʼju qoʼyishi bola ratsionidan haqiqatdan foydali va sogʼlom boʼlgan taomni bosqichma bosqich siqib chiqarilishiga olib kelmoqda.
Bola organizmining uni oʼrab turgan atrof muhit salbiy omillariga yuqori taʼsirchanligining asosiy sababi, koʼpgina biokimyoviy jarayonlarga javob beruvchi vitaminlar va mikroelementlarning yetarli darajada tushmasligi bilan bogʼliq. Oʼz navbatida, organizm uchun oʼta muhim boʼlgan mikroelementlar yetishmovchiligiga taʼsir qiluvchi sabablar orasida alohida oʼrinni quyidagilar egallaydi:
· Notoʼgʼri ovqatlanish va suvning sifatsizligi;
· Biron bir kasallik davri Dori vositalarini qabul qilish yoki qon yoʼqotish tufayli muhim organik birikmalarning yoʼqotilishiga olib keluvchi kasalliklar;
· Endemik hududda istiqomat qilish Pikovit® belgisi ostida chiqariladigan preparatlarni koʼpchilik ota-onalar bolalar uchun eng yaxshi vitaminlar deb hisoblaydi. Bu ajablanarli emas, zero, ular barcha xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda ishlab chiqariladi, yoqimli taʼmga ega, lekin eng asosiysi – rivojlanishning har bir bosqichida kerakli boʼlgan foydali mikronutrientlarni saqlaydi
Kichik yoshdagi bolalarga polivitamin preparatlarning tabletka yoki kapsula shakllari toʼgʼri kelmaydi, yoqimli taʼm va hidga ega boʼlgan siroplarni esa ular bajonidil qabul qilishadi. Аynan shuning uchun, 1 yoshdan katta bolalar uchun Pikovit® suyuq shaklda ishlab chiqariladi va yengil mevali taʼmga ega. Аmmo ota-onalar ushbu preparatni nafaqat qoʼllashdagi qulaylik uchun, balki meʼyorlashtirilgan tarkib, shuningdek yoʼriqnomaga asosan qoʼllash sharti bilan yosh bolalarga xavfsizligi uchun ham qadrlaydilar. 1 yoshdan katta bolalar uchun kerakli boʼlgan, ammo erta yoshda keragidan ortiqcha isteʼmol qilish maqsadga muvofiq boʼlmagan toʼqqizta vitaminning qatʼiy hisoblangan dozalarini saqlagan Pikovit® Sirop bola organizmi salomatligi haqida oʼzgarmas gʼamxoʼrlik bilan farmatsevtlar tomonidan yaratilgan.
Boshlanayotgan jadal oʼsish surʼatini oʼzlashtirish uchun, toʼrt yoshga toʼlgan bolalar organizmga quvvat bagʼishlovchi vitamin va minerallarni qabul qilishlari lozim. Undan tashqari, bunday bolalar ratsioni intellektual salohiyatning yaxshilanishi, diqqatni jamlash va xotiraning rivojlanishiga yordami beruvchi foydali vitaminlarni oʼz ichiga olishi kerak.
Pikovit® 4+ pastilkalari profilaktika yoki terapevtik maqsadlarda, 4 yoshdan katta bolalar qabul qilishi uchun maxsus ishlab chiqilgan boʼlib, salomatlikni taʼminlash uchun zarur barcha vitaminlar majmuasi, shuningdek suyak va mushak toʼqimalarining meʼyorida rivojlanishiga koʼmaklashuvchi fosfor va kaltsiy saqlaydi.
Yuqori yuklamalar sababli chaqirilgan stress bilan doimo toʼqnashadigan 7 yoshdan katta bolalar uchun maxsus tarzda KRKА kompaniyasining mutaxassislari Pikovit® Forte polivitamin kompleksi ishlab chiqishdi, uning tarkibi V guruh vitaminlarining oshirilgan dozalari bilan kuchaytirilgan. Preparatni qabul qilish eslab qolish qobiliyatini oshirishga, organizmning umumiy holatini, jumladan nerv va immun tizimlarini yaxshilashga koʼmaklashadi. Pikovit®Forte xotira va diqqatni yaxshilash uchun bolalar vitaminlari orasida munosib oʼrinni egallab kelmoqda! Preparat yoqimli mandarin taʼmli soʼrish uchun tabletkalar koʼrinishida chiqariladi va 7 yoshdan katta bolalar uchun 11 ta almashinmaydigan vitaminlarni saqlaydi, shakar saqlamaydi.


  1. Download 29.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling