Buxoro Davlat Universiteti Maktabgacha ta’lim yo'nalishi 9-1mts 19-guruh talabasi Yunusova Dilfuza Norboyevnaning


III. Nima uchun vitaminlarga koʼp pul sarflamaslik kerak?


Download 29.75 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi29.75 Kb.
#1128827
1   2   3   4   5
Bog'liq
bolalar pediyatri

III. Nima uchun vitaminlarga koʼp pul sarflamaslik kerak?
Koʼzingizni yuming va vitaminlarni tasavvur qiling. Nimani koʼrdingiz? Аgar xayolingizda sarxil meva va sabzavotlar bilan toʼlgan idish gavdalangan boʼlsa, katta ehtimol bilan bu maqola siz uchun emas. Аmmo biz shunday zamonda yashayapmizki, aksariyat insonlar «vitamin» soʼzini faqatgina bir quti tabletka bilan bogʼlashadi. Ularga atab dorixonalarda alohida peshtaxtalar oʼrnatilgan, reklama roliklarida esa vitamin komplekslarini sotib olish oʼta zarurligi haqida bong uriladi. «Buning nimasi yomon?», dersiz. Bugun shu haqda maʼlumot beramiz.
Vitaminlar haqida nimani bilish kerak: nazariy qoʼllanma
Vitaminlar — organizm oʼz vazifasini toʼgʼri amalga oshirishi uchun zarur boʼlgan moddalar guruhi. Inson vitaminlarning katta qismini ovqat orqali qabul qiladi. Аmmo istisno ham mavjud: D vitamini ulьtrabinafsha nuri taʼsirida ishlab chiqariladi, A vitamini tanada avvalgi avloddan sintezlanadi, K va B3 vitaminlari esa ichak mikrobiotlaridan ajralib chiqadi.
Yogʼda eriydigan vitaminlar (A, D, E, K) organizmda toʼplanish xususiyatiga ega, suvda eriydigan vitaminlar (C va B guruhi) esa tezda suv bilan birga chiqib ketadi.
Vitaminlar bizga nima uchun kerak? Biz ulardan quvvat olmaymiz, ular hujayra va toʼqimalar tuzilishida ishtirok etmaydi. Аslida vitaminlar bizning organizmimizning oʼziga xos yordamchilari hisoblanadi. Ular fermentlarning toʼgʼri ishlashiga hissa qoʼshadi va baʼzida gormonlar rolini bajarib, tartibga solish vazifasini bajaradi.
Mineral ionlarni ham yoddan chiqarmaslik zarur — ushbu neorganik birikmalar osmotik bosimni toʼgʼri ushlab turish uchun muhim boʼlib, ularning baʼzilari oqsillar va nuklein kislotalari tarkibiga kiradi.
Inson vitamin va mineral ionlarni nimalardan qabul qilishi mumkin?
Ularning manbalari hamma yerda bor. Siz isteʼmol qiladigan har bir narsa oʼzida vitamin va minerallar saqlaydi. Hatto chipslar tarkibida ham C, B6 va kaliy vitamini bor. Sutga, un, tayyor nonushtalar, sosiskalar va obakilarga ham vitamin qoʼshiladi. Аmmo vitamin va minerallarga eng boy manbalar mevalar, sabzavotlar, goʼsht, baliq, don, non va sut hisoblanadi. Bundan tashqari, muzlatilgan mahsulotlar ham vitaminga boylikda yangi va sarxil holdagilardan ortda qolmaydi.
Vitaminlar kompleksida nima notoʼgʼri?
Oʼzimizga kerakli barcha vitaminlarni bitta dorida jamlash imkoni bordek tuyilishi mumkin. Аmmo hammasi bunchalik oddiy emas.
Bir-biriga mosligi- Vitaminlar yuqorida aytilganidek yogʼda eruvchi va suvda eruvchi toifaga boʼlinadi. Suvda eruvchilarni suv bilan ichish kerak, yogʼda eruvchilarni yogʼli taom tanovuli vaqtida qabul qilish kerak (axir yogʼni ichib boʼlmaydi-ku). Suvda eruvchilar toʼplanmaydi va tanadan tez chiqib ketadi, shu sababli ular kuniga bir necha marta qabul qilinadi. Yogʼda eruvchilarni esa aksincha, bir kunda bir mahal ichish kifoya. Shuningdek, ular risoladagidek saqlanishi uchun tabletkaning turli qismlarida joylashishi kerak. Hamma ishlab chiqaruvchilar ham buni hisobga olmasligi mumkin yoki tabletkani qanday toʼgʼri qabul qilish kerakligini yoʼriqnomada koʼrsatib oʼtishni shunchaki unutib qoʼyishadi.
Vitaminlarning toʼgʼri parchalanishi ham ularning toʼgʼri ishlashiga kafolat bermaydi. Vitamin va minerallarning oʼzaro mosligi toʼgʼrisida butun boshli roʼyxat mavjud. Masalan, A va K vitaminlarini yaxshisi birga qabul qilish kerak, kalьtsiy, magniy va ruxni esa alohida. Shunga qaramay, hozirgi kunga qadar peshtaxtalarda nomunosib tarkibiy qismli vitamin komplekslarini uchratamiz.
Nomutanosiblik-Baʼzi ishlab chiqaruvchilar biologik aktiv qoʼshimchalarga (BАD) qadoqda koʼrsatilgan natijani yuzaga keltirish uchun ushbu jarayonga hissa qoʼshadigan xavfli tarkibiy qismlarni qoʼshadi. Bu nojoʼya holat ozish uchun qoʼllanadigan vositalarda tez-tez kuzatiladi. Eng achinarlisi esa ushbu ingridientlar qadoqdagi tarkibiy qoʼshimchalar orasida koʼrsatib oʼtilmaydi.
Yana bir keng tarqalgan kompozitsion nomuvofiqlik - dozalashdir. Ishlab chiqaruvchining veb-saytida bir maʼlumot koʼrsatilsa, qadoqda boshqasi yoziladi va dorining ichida umuman boshqa narsa boʼladi. Ingridientlarning nisbati nafaqat qutilarda, balki tabletkalarning har birida turlicha oʼzgarishda boʼlishi mumkin.
Narxi-Bozorda muvozanatli va halol kompozitsiyaga ega mulьtivitaminlar mavjudligi haqida bahslashmaymiz. Gipovitaminozdan aziyat chekuvchilar kam emas. Аmmo ular kimlar? Koʼpincha kam taʼminlangan oilalar va qariyalar. Birinchisida toʼlaqonli ovqatlanish uchun pul yetarli emas, ikkinchi guruhda yosh oʼtgan sayin boshqa vitaminlar va minerallarga nisbatan ehtiyoj ortadi.
Endi dorixonalardagi vitamin komplekslarining oʼrtacha narxini eslashga harakat qilaylik. Paradoks shundaki, vitamin qoʼshimchalari aynan ular uchun ishlab chiqarilgani iddao qilinadigan odamlarning bunga puli yetmaydi.
Qanday qoʼshimchalarni qabul qilish kerak- Shunday boʼlsa-da, hamma vitaminlar ham foydasiz emas. Darhaqiqat, hatto muvozanatlashtirilgan ovqatlanish tarziga amal qiladigan odam ham maʼlum bir vitamin yoki mineral yetishmasligini boshdan kechirishi mumkin (ammo, polivitaminli komplekslarda saqlanadigan narsalarning hammasiga nisbatan birdaniga emas).
D vitamin-U suyaklarning oʼsishi va kalьtsiy soʼrilishida ishtirok etadi. D vitaminini oziq-ovqat orqali olish qiyin, shaharda kechuvchi hayot tarzi esa uzoq vaqt quyosh ostida yastanishga imkon bermaydi, shuning uchun dorixonadan qoʼshimchalar sotib olish mantiqiy.
Rux-S vitaminidan farqli oʼlaroq, sink shamollash bilan kurashishda haqiqatan yordam beradi. Rinovirus tarqalishining oldini oladi va kasallik kechishini yengillashtiradi.
Folik kislotasi -Folik kislotasi homiladorlikda juda foydalidir. U homilada yuzaga kelishi mumkin boʼlgan asab tizimi kasalliklarining oldini olishga va hujayralar oʼsishiga yordam beradi.

Xulosa
Koʼpgina vitamin komplekslarining samaradorligi isbotlanmaganiga qaramay, farmatsevtika kompaniyalari koʼp miqdordagi qimmatbaho va muvozanatsiz mulьtivitaminli komplekslarni ishlab chiqarishni davom ettirmoqda. Odamlar vitamin toʼplamlarini chiroyli qadoqlariga yoki «qancha koʼp vitamini boʼlsa, shuncha yaxshi» tamoyiliga koʼra tanlaydi, baʼzida vitaminlar nimaligini va qanday ishlashini ham tushunishmaydi. Аlbatta, dori-darmonlar bozorida haqiqatan ham yaxshi vitamin komplekslari mavjud, ammo bu haqida tushunchaga ega boʼlmagan odam xilma-xillik orasida keraklisini shunchaki topib tanlay olmaydi.
Sogʼligʼingizdagi barcha muammolaringizni vitamin yetishmasligi bilan bogʼlashdan oldin, turmush tarzingiz va ovqatlanish tartibini qayta koʼrib chiqishingiz kerak.
Vitaminlar sehrli dorilar emas. Ular sizni uyqusizlik, notoʼgʼri ovqatlanish yoki yomon odatlardan xalos eta olmaydi. Аgar shunda ham ularni sotib olishga zarurat bor deb hisoblasangiz, avvalo shifokor bilan maslahatlashing. Sizga kerak boʼlgan qoʼshimchalarning oʼzinigina toʼgʼri tanlab qabul qilish kutilgan natijaga olib kelishi mumkin.


Download 29.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling