Buxoro davlat universiteti n. M. Muxitdinova
Мaktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarining xususiyatlari
Download 0.52 Mb.
|
06880a370b92ccdd8f12abb17fe08063 “Илм йўли” вариатив дастур 6 ёшдан 7 ёшгача бўлган болаларни мактаб таълимига тайёрлаш
Мaktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarining xususiyatlariHayotining dastlabki ikki yili uchun xarakterli bo‘lgan jismoniy rivojlanishning jadal sur’ati uchinchi yilda sustlashadi. Bolaning vazni yiliga o‘rta hisobda 2 kg, bo‘yi 7–8 sm ortadi. Uch yoshida bolaning bo‘yi 93–94 sm, vazni 14, 2–14, 6 kg atrofida bo‘ladi. Tananing mutanosibligi o‘zgaradi (asosan, o‘sish oyoq hisobiga bo‘ladi), bolalarning qomati xushbichim bo‘la boshlaydi. Suyak qotishda davom etadi, barcha organlarning funksiyasi takomillashadi, bu esa bolani jismoniy jihatdan chidamliroq qiladi. Markaziy asab tizimining faoliyati takomillashadi, bu esa ish qobiliyatininng ortishida namoyon bo‘ladi, bolalar faoliyatining bir xil turi bilan 20 minutgacha shug‘ullana oladilar. Bola endi o‘zini tuta oladi, hatto bir joyi og‘risa ham yig‘lamasligi mumkin. Bolalar muassasasiga ikki yoshdan keyin kelgan bolalar kun tartibiga, hayotning umumiy tarziga ancha tez ko‘nikib ketadilar. Kichkintoy hayotining uchinchi yili – mavjud harakat sifatlari faol takomillashadigan davr bo‘lib, bunda qo‘l va panja harakatlari muvofiqroq bo‘lib qoladi. Bolalar mustaqil ovqatlanadigan bo‘ladilar, qalamni to‘g‘ri tutadilar, tugmani qadashni va yechishni biladilar. Qo‘l va oyoq harakatlari muvofiqligi rivojlanib, yurishlari takomillashadi. Bolalar yurib ketayotganlarida buyumlarni o‘ynay oladilar, velosiped mi- nishni o‘rganadilar. Bola o‘z harakatini tashqi sharoitlar bilan muvofiqlashtiradi, masalan, musiqa ohangiga qarab harakatini o‘zgartiradi. Yugurish, tepalikka chiqish, biror narsani irg‘itish singari harakatlari takomillashadi. Bola uzoq vaqt tinch o‘tira olmaydi, ko‘p harakat qiladi, ammo bir xil harakatlardan tez charchaydi. O‘yin va mashqlarni tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini, xususan skeletining qayishqoqligi va egiluvchanligini, mushagi yetarli rivojlanmaganligini, tez charchashini hisobga olish zarur. Ba’zi harakatlar bolalarga zararlidir. Bolalarga qo‘lda osilib turishni (ota-onalar bunga ko‘pincha yo‘l qo‘yadilar), balandlikdan sakrashni taklif qilish, bir xil harakatlarni uzoq vaqt takrorlashni talab qilish yaramaydi. Kattalar bolalar e’tiborini o‘z vaqtida bunday harakatlardan ko‘ra osoyishta o‘yinlarga qaratishlari lozim. Tarbiyachi bolalar harakatlarini rivojlantirish uchun xilma-xil vositalardan foydalanadi. Bular orasida – tartib jarayonlari: yuvinish, kiyinish, ovqatlanish ham bor. Ana shu jarayonlar vaqtida bola bajaradigan xilma-xil va murakkab harakatlarning asta- sekin va tez-tez takrorlanishi uni chaqqonroq qiladi. Harakatlarni rivojlantirishning samarali vositasi – o‘yin fao liyatidir. O‘yin vaqtida bolalar xilma-xil harakatlarni bajaradilar, biror hayvonni tasvirlab emaklaydilar, bir-birlarini quvib yetadilar va hokazo. Sayr vaqtida ularga ko‘pincha to‘siqlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Harakatlarni rivojlantirish uchun bolalarning jismoniy tarbi ya mashg‘ulotlarida turib, o‘tirib va yotib bajaradigan umumiy mustahkamlovchi mashqlar g‘oyat muhimdir. O‘yin xonasida bolalar bemalol yugurishi, koptok o‘ynashi va boshqa harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun yetarli joy bo‘lishi lozim. Ular harakatlarni rivojlantirishga yordam beruvchi o‘yinchoqlardan: turli hajmdagi koptoklar, uch g‘ildirakli velosipedlar, har xil aravalar, avtomobillardan foydalanishlari lozim. Uchastkada maxsus narsalar – olti burchakli taxta, zarur kenglikdagi taxtachalar bo‘lishi lozim. Maktabgacha yoshda bolalar ta’lim-tarbiyasida qo‘yiladigan davlat talablaridan kelib chiqqan holda 2–3 yoshdagi bolalar uchun jismoniy rivojlanish bo‘yicha asosiy harakatlarga quyidagi indikatorlar belgilanadi. Yurish va yugurish: Oyoqni sudramasdan, chamalamasdan to‘g‘ri yo‘nalishda olib yuradi; chegaralangan tekislikdan yuradi (eniga 15–20 sm); 30–40 soniya davomida aylana bo‘ylab bir tarafga yuguradi; joyida aylanadi; polga to‘lqinsimon yotqizilgan arqon ustida yuradi; 80 metrgacha sekin yuguradi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling