Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
Qo’shimcha: Barotov P.
O`zbekistonda turli tabiiy sharoit ta'sirida xilma-xil tuproq tiplari tashkil topgan, tuproq qoplami balandlik mintaqasi va kenglik zonasini tashkil qilib joylashadi. Cho`l mintaqasi O`zbekistonning 61,16 % ni ishg`ol qiladi va okean sathidan 400 m gacha bo`lgan hududlarni o`z ichiga oladi. Uning tekislik qismining chekka shimoliy qismi mo`'tadil, qolgan qismi esa subtropik iqlim mintaqasiga kiradi. Cho`l mintaqasining qattiq issiq va qurg`oqchil iqlim, siyrak o`simliklari sharoitida tuproq hosil bo`lish jarayoni juda sust boradi. Cho`l tuproqlari quyidagi tiplarga bo`lingan. I. Zonal tuproq tiplariga - Qo`ng`ir tusli sur, qumli cho`l va taqirli tuproqlar kiradi. II. Intronzonal tuproq tiplariga -o`tloq, botqoq, sho`rxoklar va taqirlar kiradi. III. Sug`oriladigan yerlarda o`tloq - voha, botqoqli - voha, taqirli-voha tuproqlari mavjud. O`zbekistonning cho`l zonasi 27004 ming ga. shundan 40% maydonda qo`ng`ir tusli sur tuproqlar, 36% qumliklar, 5,4% taqirli, 3,18% qumli tuproqlar va 0,5% da taqirlar tarqalgan. Qo`ng`ir tusli sur tuproqlar tog` oldidagi prolyuvial tekisliklarda, qadimgi qoldiq platolarda va ularning etaklarida keng tarqalgan. Uning maydoni 11,4 mln. ga shundan atigi 30 ming gektari sug`oriladi. Taqirli tuproqlar asosan tog` oldi tekisliklarida, daryo vodiysi va deltalarida, shuningdek qumliklar orasidagi pastliklarda, qadimgi allyuvial tekisliklarda tarqalgan. Taqirli tuproqning ustki 2-6 sm qalinlikdagi qatlami darzlarga ajralgan katkaloqdan iborat bo`lib, ular ko`pincha qum bilan qoplangan bo`ladi. Bu tuproqda chirindili qatlamning qalinligi 20-30 sm ga boradi va chirindi miqdori 0,5 dan 1,0% gacha bo`lib, ayrim hollarda bu tuproqlar sho`rlangan bo`ladi. TOG` OLDI CHO`L - DASHT VA QURUQ DASHT. O`zbekistonda tog` oldi tekisliklarini va qiyaliklarini egallagan va bo`z tuproqlar tarqalgan mintaqadir. Bo`z tuproqlar asosan och tusli, oddiy va to`q tusli bo`lib, qalin lyoss yotqiziqlari ustida paydo bo`lgan. Tarkibida chirindi ko`p bo`lmasa ham zarralari mayda bo`lib, suv va havoni yaxshi o`tkazadi. Bo`z tuproqlarning yuqori chegarasi biologik va iqlimiy sharoitga ko`ra O`zbekiston shimolida (Chirchiq vodiysida) 1200-1300 m. dan janubida 1500-1600 m. dan o`tadi. Dengiz sathidan 250-400 m. balandlikdagi joylardan bo`z tuproqlarning quyi chegarasi o`tkaziladi. Och tusli bo`z tuproqlar yuqori cho`l zonasi bilan balandlik mintaqaning chegarasi zonasida absalyut balandligi 250-400 (300-500)metrgacha bo`lgan joylarda tarqalgan. Chimli qatlamida chirindi 2% gacha bo`lib, pastga tomon kamayib boradi. Sug`orib o`g’itlar solinsa, unumdor tuproqqa aylanib, yaxshi hosil beradi. Tipik bo`z tuproq O`zbekistonda 300-600 m balandda bo`lgan tog` etaklaridagi baland tekisliklar, qirlar va pastak tog`larni ishg`ol etgan, ayrim joylarda 800 metr balandliklarda uchraydi. Bu tuproqda och tusliga nisbatan chirindi ko`proq 1,5-2,5% hamda chirindili ustki qatlami bir oz to`q tuslidir. Tipik bo`z tuproq mintaqasi shartli lalmi zona hisoblanadi, bu yerda shuning uchun asosan obikor dehqonchilik rivojlangan. To`q tusli bo`z tuproq 600-1000m balandda bo`lgan tog` oldi qiyaliklarini ishgol qiladi, ba'zan 1200-1400 m da ham uchraydi. To`q tusli bo`z tuproqning yuqori qatlamida chirindi 3-4% bo`lganidan ancha to`q tusdir va chirindi tarqalgan qatlam 80-120 sm ga boradi. O`rtacha balandlikdagi tog`larni ishgol qilgan jigar rang va qo`ng`ir tog` -o`rmon tuproq tipli mintaqa shimoliy O`zbekiston tog`larida 1000-1200 m dan boshlanadi, markaziy O`zbekistonda 2000-2200 m, janubiy O`zbekistonda 3000-3500 m balandliklargacha tarqalgan. Jigar rang tuproq birmuncha qurg`oqchil o`rmon va butazorlar hamda o`tloq-dashtlarning tuproqlaridir. Bu tuproqning yuqori qismida chirindi ko`p bo`lganidan (15 sm gacha 4-5% ayrim paytda 8-10 % gacha boradi) u qo`ng`ir jigar rang yoki to`q qo`ng`ir tusdadir. Qo`ng`ir tog`- o`rmon tuproqlari o`rtacha balandliklardagi ancha sernam, keng bargli o`rmon o`sadigan bir muncha balandroq yerlarida tarkib topgan bo`lib, chirindiga boyligi (yuqori gorizontda 5-9%, ba'zan 12% gacha) bilan ajralib turadi Sernam yerlarda to`q qo`ng`ir tusli tog` - o`rmon tuproqlari vujudga kelgan. Umuman bu tuproqlar ancha unumdor, chirindi miqdori ko`p. Lekin bu mintaqada relyef murakkabligidan dehqonchilik qilish cheklangan. Baland tog` o`tloq dashtlaridagi och tusli qo`ng`ir tuproq mintaqasi O`zbekiston hududidagi eng so`ngi balandlik tuproq mintaqasidir. U 2600-3000 m dan boshlanadi. Bu mintaqada ona jinslari yer yuzaga yaqin yetganligi uchun tuproq qatlamining qalinligi 1 m dan oshmaydi. Gumus tuproqning yuqori qatlamida 5-6% tashkil etadi. O`zbekiston hududida qadimdan o`zlashtirilib dehqonchilik qilib kelingan vohalar ko`p: Qadimgi vohalarda va daryolarning quyi qismida tuproq beti 1-2 m va undan ham qalinroq daryo oqiziqlari bilan qoplangan. Cho`l zonasidagi allyuvial tuproq o`tloq, o`tloq botqoq va botqoq-allyuvial tuproqlardan iborat bo`lib, Xorazmda quyi Amudaryo va Quyi Zarafshonda eng ko`p uchraydi. Bu tuproqlar serkarbonat, chirindisi oz. Sug`oriladigan o`tloq - allyuvial tuproqlar sho`rlanmagan, qumoq,yerlarda esa sho`rlangan bo`ladi. Daryo qayirlaridagi o`tloq-botqoq va botqoq-allyuvial tuproqlarning hammasi sho`rlangan bo`ladi. Allyuvial tuproqlar bo`z tuproq mintaqasida ham uchraydi. Ular bu yerda o`tloq – allyuvial deb yuritiladi va ular O`rta Zarafshonda, Chirchiq - Ohangaronda, Sharqiy Farg`onada katta maydonni egaylaydi. O`zbekistonning yer fondi qishloq xo`jaligida keng foydalaniladi. 32,3 mln. ga yer qishloq xo`jaligi, korxonalar ixtiyorida, shundan 5 mln. ga dan ortigi haydalgan va dehqonchilik qilinadi, qolgan qismi yaylov sifatida foydalaniladi. Sug`orib ekin ekiladigan yerlar 1995 yilda 4220200 gektar bo`lib, shundan 1,6 mln. ga cho`l zonasiga, qolgan qismi bo`z tuproqlar mintaqasiga to`g`ri keladi. MA’RUZA №7 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling