Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alp mintaqasi
Tog` quruq dashtlar mintaqasida jigar rang va qo’ng`ir tog`-o’rmon tuproqlari keng tarqalgan. Bu mintaqa 1000-1200 m balandlikdan boshlanib, G`arbiy Tyanshan tog`larida 2000-2200 m, Hisorda 3000-3500 m mutlaq balandlikkacha. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 1660 ming ga.
Jigar rang tuproqlar o’tloq dasht tuprog`i bo’lib, daraxt va butalar o’sgan joylarda tarkib topadi. Tuproq hosil qiluvchi jinslar turli tusdagi delyuvial gil va qumoqlardan, ba’zi joylarda lyossdan, chag`irtosh va shag`allardan iborat. Jigar rang tuproqning yuza qatlamida chirindi ko’p ekanligidan u qo’ng`ir-jigar rang yoki to’q qo’ng`ir tusda bo’ladi. Chirindi miqdori 15 sm chuqurlikkacha o’rta hisobda 4-5 % ni , ayrim joylarda 8-10 % ni tashkil etadi. 1 metr chuqurda esa 0,5 % ga tushib qoladi. Relefining murakkabligidan jigar rang tuproqli erlardan dehqonchilikda foydalanish ancha qiyin. Tekis erlarda bahorikor dexqonchilik rivojlangan bo’lib, ekinlardan deyarli muttasil bir xilda yuqori hosil olinadi. Qo’ng`ir tog` -o’rmon tuproqlari tog` quruq dashtlari mintaqasining ancha sernam, keng bargli o’rmon o’sadigan birmuncha balandroq erlarida tarkib topgan bo’lib, chirindiga boyligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlarda chirindi yuqori qatlamida 8-9 %, ba’zan 12 % gacha boradi. Sernam erlarda to’q-qo’ng`ir tusli tog`-o’rmon tuproqlari vujudga kelgan. Umuman bu tuproqlar ancha unumdor. Bu mintaqa iqlimi sernam va salqin bo’lganligi uchun sero’t yozgi yaylov vujudga kelgan, bahorikor dexqonchilik qilinadi, bog`lar bunyod etilgan. Baland tog`-o’tloq dashtlaridagi och tusli qo’ng`ir tuproqlar mintaqasi O’zbekistonda 2500-2600 m mutlaq balandliklardan boshlanadi. Bu tuproqlar tarqalgan maydon 540 ming gektarni tashkil etadi. Bu mintaqada tub tog` jinslari er yuziga yaqin yotganligi uchun tuproq qatlamining qalinligi 1 metrdan oshmaydi. Tub tog` jinslari er yuziga chiqib yotgan joylarda tuproq qoplami shakllanmagan. Bu tuproq asosan qattiq tub jinslar va elyuviy ustida, qisman sklet delyuval yotqiziqlar ustida rivojlangan.Qalin o’tloqlar ostida hosil bo’lgan och tusli qo’ng`ir, karbonatsiz subalp o’tloq dasht tuproqlarida chirindi miqdori uning yuqori qatlamida 5-6 % ni tashkil etadi. Bu mintaqada vegitastiya davri qisqa, dehqonchilik uchun harorat etishmaydi. Lekin yozgi yaylov sifatida foydalanish uchun sharoit qulay. Alp mintaqasi O’zbekistonda 3000-3500 m mutlaq balandlikdan boshlanadi. Bu erdagi alp o’tloqlari tagida chirindili va torfli, ishqori yuvilgan tog` o’tloq tuproqlari hosil bo’lgan. Ular qatlami juda yupqa va tutash tuproq qatlamini hosil qilmaydi. Bu mintaqada tuproq hosil bo’lish jarayoni uchun sharoit juda noqulay. Bunga haroratning pastligi, vegetastiya davrida sovuqlarning tushib turishi va shu tufayli o’simlikning kamligi va siyrakligi sabab bo’ladi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling