Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet52/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Taqirli tuproqlar asosan tog` oldi tekisliklarida, daryo vodiylari va deltalarida, shuningdek qum tepalari oralig`idagi past tekis maydonlarda, qadimgi allyuval tekisliklarda tarqalgan. Bu tuproqlar tarqalgan katta maydonlar Amudaryo, Qashqadaryo deltalarida, Sirdaryo vodiysining o’rta qismida joylashgan. Respublikada bu tuproq tipining maydoni 1780 ming ga. Tuproq ona jinsi turli xildagi yotqiziqlar bo’lib, ko’pchiligini gil-qumoq jinslar tashkil etadi. Allyuval tekisliklardagi tuproqlar o’tmishda tuproq paydo bo’lishining gidromorf bosqichini o’tgan. Bu bosqich tog` etagidagi prolyuvial tekisliklarda paydo bo’lgan taqirli tuproqlarda kuzatilmagan, shuning uchun ularda tuz to’planmagan.
Taqirli tuproqlarda o’simliklar juda siyrak, shuning uchun ularda chim hosil bo’lmaydi. Chirindiga aylanadigan 1 yillik o’simlik qoldiqlari 108 gG`m2 ni tashkil etadi, xolos.
Taqirli tuproqlarning ustki 2-6 sm qalinlikdagi qatlami yoriqlar bilan parchalangan qatqaloqlardan iborat bo’lib, ular ko’pincha qum bilan qoplanib yotadi. Uning ostida qatlamli strukturaga ega bo’lgan och tusli qo’ng`ir rang, qalinligi 5-12 sm li qatlam bo’ladi. Uning ostida esa qalinligi 20-30 sm li strukturasiz, zichlashgan qatlam va, nihoyat, eng quyida tuproq paydo bo’lishi jarayonida unga o’zgarmagan ona jins qatlami yotadi. Taqirli tuproqlarda gipsli gorizont yaxshi ifodalanmagan. Ularda chirindi qatlamining umumiy qalinligi 20-30 sm ga boradi, chirindi 0,5-1,0 % ni tashkil etadi. Ayrim o’tloq-taqirli allyuvial tuproqlarda chirindi 1,2-1,5% gacha boradi. Taqirli tuproqlar ayrim joylarda sho’rlangan bo’lib, ularning sho’rlik darajasi 0,3-2,0 % orasida bo’ladi.
Taqirli tuproqlarda sug`orib dehqonchilik qilish mumkin, bunda taqirlardagi kabi qalin qatqaloq paydo bo’lmaydi. Tuproq unumdorligini oshirish uchun bir qator meliorativ choralarni amalga oshirish lozim. Jumladan tuproq strukturasini mahalliy o’g`it yordamida yaxshilash, qatqaloqni yo’qotuvchi ishlov berish, sho’rlangan erlarni yuvish va qayta sho’rlanishning oldini olish, nam to’plash uchun yaxob berish va h.k.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling