Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet50/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Cho’l tuproqlari. Cho’l zonasi O’zbekistonning markaziy va shimoliy qismlarini o’z ichiga olib, uning maydoni respublika maydonining 61,16 % ini tashkil etadi. Bu zona dengiz sathidan 0-400 m mutlaq balandlikda joylashgan. Cho’l zonasining shimoliy qismi mo’’tadil, janubiy qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Shuning uchun cho’llar O’zbekistonda shimoliy va janubiy zonalarga bo’linadi. Ular bir-biridan ekologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Shimoliy cho’l bilan janubiy cho’l o’rtasidagi chegara Ustyurtning janubi, Quyi Amudaryo (Nukus sh.), Shimoliy Qizilqum bo’ylab o’tadi. Shimoliy cho’llarda yog`in umuman oz va yil fasllariga bir tekisda taqsimlangan. Tuproqda sklet elementining ko’pligi o’simlikning yakkam-dukkam o’sishiga sabab bo’ladi. Shimoliy cho’llarda toshloq cho’llar katta maydonlarni egallaydi.
Janubiy cho’llar esa iqlimi, o’simlik va hayvonot dunyosining rivojlanishi tarixi hamda tarkibi jihatidan Old Osiyo cho’llarining davomi bo’lib, ular shimoliy cho’llardan farq qiladi. Yog`inlar yil fasllariga bir xil taqsimlanmagan, bahor va qishda yog`in ko’p yog`adi, yoz esa nihoyatda quruq keladi. Yog`inning yil bo’yi ana shunday notekis yog`ishi natijasida tuproq hosil bo’lish jarayoni, o’simlik va hayvonot dunyosi rivoji mavsumga qarab o’zgaradi.
Cho’l mintaqasining yozda juda issiq va qurg`oqchil iqlimi, o’simliklarning siyrak ekanligi sharoitida tuproqlar hosil bo’lish jarayoni juda sust bo’ladi.
O’zbekistonda cho’l hududi mutlaq balandligiga ko’ra ikki turga- pastki cho’l (mutlaq balandligi 0-250 m) va yuqori cho’lga (250-400 m) bo’linadi.
Respublikamiz cho’l tuproqlari batafsil o’rganilib, ularning tasnifi tuzilgan va cho’lda quyidagi tuproq tiplari ajratilgan.
I. Zonal tuproqlar tiplari:

  1. Qo’ng`ir tusli sur tuproqlar.

  2. Qumli cho’l tuproqlari.

  3. Taqirli tuproqlar.

II. Intrazonal tuproqlar tiplari:
1.O’tloq tuproqlar.
2.Botqoq tuproqlar.
3.Sho’rxoklar.
4.Taqirlar.
Vohalarda sug`oriladigan o’tloq tuproqlari, botqoq va taqirli tuproqlar ajratiladi.
O’zbekiston cho’l zonasi 27004 ming gektar, shundan 40 % maydonida qo’ng`ir tusli sur tuproqlar, 36 % da qumliklar, 5,4 % da taqirli, 3,18 % da qumli tuproqlar va 0,5 % da taqirlar tarqalgan.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling