Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi
Download 1.74 Mb.
|
O’zbekiston tabiiy geografiyasi
O’zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi
Markaziy Qozog`iston provinstiyasi 1. Shimoliy Ustyurt I. Ustyurt okrugi → 2. Markaziy Ustyurt 3. Janubiy Ustyurt Turon provinstiyasi
Qo’shimcha: Turkistonning bir qismi bo`lgan O`zbekistonni tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi Abolin, Chetirkin, Mirzayev, Makiyev, Zvonkovo, L. N. Babushkin, N. A. Kogay va boshqalarning ilmiy ishlarida o`z aksini topgan. L. N. Babushkin va N. A. Kogay (1964 yil) Turkistonni Yevroosiyo materigining katta qismi, geomorfologiyasi, iqlimi va gidrogeologiyasining umumiyligi bilan va gorizontal tabiat zonalarining vertikal mintaqalar bilan ma'lum darajada bog`liqligini inobatga olib uni tabiiy geografik o`lka deb qarab, uning hududida tabiiy sharoitiga ko`ra bir - biridan farq qiluvchi Turon, Jung`oriya - Tyanshan va markaziy Qozog`iston pravinsiyalarini ajratadilar. Ustyurtning bir qismi O`zbekiston hududida, bir qismi Markaziy Qozog`iston pravinsiyasida qolgan qismi esa Turon pravinsiyasida joylashgan. Tekislik va tog`lardan iborat bo`lgan Turon provinsiyasida tekislik va tog`oldi - tog` kichik provinsiyalari ajratiladi. Ularning har biri morfostrukturasiga ko`ra hududining umumiyligi, vujudga kelishi va rivojlanish tarixini ayniqsa neogen – to`rtlamchi davrda umumiyligi va hududining o`ziga xos zonallik tipiga (gorizontal va vertikal) egaligi bilan ajralib turadilar. Tekislik va tog`oldi - tog` kichik provinsiyalarida ham har birining ichida yer usti yotqiziqlarining xarakteri, litologik tuzilishi, tog` tizmalarining umumiy yo`nalishi, tog` yonbag`rlarining Quyosh nuriga nisbatan yotishi, chetdan keladigan havo massalarining ta'siridan kelib chiqadigan farqlanish mavjud. Shu munosabat bilan tekislik va tog`oldi – tog` kichik provinsiyalari alohida-alohida yirik hududlarga - tabiiy geografik okruglarga ajratilishi mumkin. O`zbekiston hududida L. N. Babushkin va N. A. Kogay Ustyurt, Quyi Amudaryo, Qizilqum va Quyi Zarafshon - tekislik kichik provinsiyasida, Surxondaryo, Qashqadaryo, O`rta Zarafshon, Mirzacho`l, Chirchiq - Ohangaron va Farg`ona tog` oldi - tog` kichik provinsiyasida, jami bo`lib 10 ta tabiiy - geografik okrug ajratadilar. Tog`oldi - tog` okruglarida vodiylarning va ularni o`rab turgan tog` tizmalarining joylashishining o`ziga xos xususiyatlari, ularning balandligi, yonbag`irlarining ekspozisiyasi okrug ichida ichki farqlanishlarga sabab bo`ladi va okrugni bo`laklarga, tabiiy geografik rayonlarga bo`lish zarurat bo`lib qoladi. Rayon geomorfologik va iqlimiy jihatdan bir xil bo`lgan okrugning bir qismi balandlik mintaqalari faqat uning o`ziga xos. Tekislik okruglarida rayonlarni ajratishda bosh omil bo`lib, geologik-geomorfologik yoki iqlimiy faktorlar hisoblanadi. Shuning uchun rayon - bu geomorfologik yoki iqlimiy jihatdan ajralib chiqqan okrugning bir qismidir. Rayonlar landshaft kartalari asosida ajratiladi va shunday qilib landshaftlarning ma'lum yig`indisidan iborat bo`ladi. L. N. Babushkin va N. A. Kogay O`zbekiston hududini rayonlashtirishni landshaft - tipologik asosda bajarib, tekislik okruglarida 15 ta, tog`oldi - tog` okruglarida 25 ta tabiiy geografik rayonlar ajratganlar. Bularda jami 66 ta landshaft xillari ajratilgan, shundan 31 tasi tekislik (cho`l) landshaftlari, 23 tasi past tog` va tog`oldi (adir), 5 tasi o`rtacha balandliklardagi tog` (tau), 6 tasi esa baland tog` (yaylov) landshaftlaridan iboratdir. MA’RUZA № 3 (12-ma’ruza) Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling