Tuproqlari: Tuproq hosil qiluvchi ona jins allyuviy qayir va ko`hna qayirlarda, allyuvial jinslar ustiga o`tloq, o`tloq – botqoq tuproqlar, to`qaylarda botqoq tuproqlar uchraydi. O`tloq tuproqlar tarkibida chirindi 5-7% ga yetadi. Amudaryodan uzoqlashgan sari tuproqlar tarkibida tuz ko`payib sho`rxoklasha boradi va taqirlar ko`payadi. Taqir tuproqlardan qadimdan dehqonchilikda foydalanib kelinadi. Bu yerda o`tloq, taqir tuproqlar ham keng tarqalgan. Dehqonchilik qilinadigan yerlarda madaniy tuproqlar yuzaga kelgan.
O`simligi. Daryo qayirida - chiy, qamish, ko`ga qalin to`qay hosil qilgan. O`tloq tuproqda ro`vak, bug`doy, ajriq o`sadi. Sho`rxoklarda Qorabarak, oqbosh, qaragan, butalardan yulg`un o`sadi.
Amudaryo o`zani yaqinidagi to`qaylar odatda ikki yarusdan iborat: Yuqori yarus Turangil, terak va yovvoyi jiyda, quyi yarus esa tol, yulg`un va boshqa butalardan iborat.
Delta qum massivlari ayniqsa shimoliy qismida katta maydonlarni egallaydi. Ular allyuviy jinslarni shamol tuzishdan hosil bo`lgan. Bu yerlar uchun qumli yerlarda o`sadigan o`simliklar xarakterlidir. Beltov va Kashkantovda oqshuvoq va sho`ralar o`sadi.
Hayvonot olami: V. P. Kostin fikriga ko`ra quyi Amudaryo okrugining faunasi Qozoqiston hayvonot dunyosidan ko`ra Turon faunasiga o`xshashroq. Okrugda 82 tur va kenja tur qush yashaydi, sutemizuvchilarining 31 turi bo`lib, asosan kemiruvchilardir. Baliqlarning 30 turi va kenja turi uchraydi. Sudralib yuruvchilarning 10 turi va kenja turi bor.
To`qay tabiatini saqlash maqsadida 1971 yilda Badayto`qay Qo`riqxonasi tashkil etildi, Amudaryoning o`ng sohilida dengiz sathidan 90 - 93 m balandlikda maydoni 6,5 ming gektar 1976 yilda 16 bosh xongul keltirilgan edi, hozir 25-30 oilaga ko`paydi.
Quyi Amudaryo okrugi tabiiy sharoitiga, ayniqsa tuproq- o`simlik qoplamining xususiyatiga ko`ra Chimboy - Qo`ng`irot, Beltov va Xorazm kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Bu tabiiy rayonlar 16 ta landshaftlarga ajratiladi.
MA’RUZA № 5 (14-ma’ruza)
Do'stlaringiz bilan baham: |