Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni


Download 1.74 Mb.
bet123/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni o`z navbatida o`z ichiga vodiyning akkumulyativ tekislik qismidan o’tadi va uning atrofini adirlar o`rab olgan. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni yer usti tuzilishi jihatidan tekislik bo`lib, unda Sirdaryoning yangi va 3 ta eski terassalari joylashgan, hamda allyuvial yotqiziqlardan shag`al, qum, lyossimon qum, qumoqlardan tashkil topgan.
Tekisliklarning markaziy qismida esa eol qumlar, taqirlar va sho`rxoklar uchraydi. Rayonda joylashgan Sirdaryoning uchinchi eski terassasi esa tog`lardan boshlanuvchi daryo va soylar keltirgan yoyilmali, prollyuvial tekisliklarda tutashib ketadi.
Iqlim sharoiti jihatidan atrofini o`rab olgan adir tabiiy geografik rayondan kam farq qilib, qishi uncha sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -2C) emas, lekin yozi issiq (iyulning o`rtacha harorati 26-28 C) va quruq bo`lib okrugdagi eng kam yog`in tushadigan yillik yog`in miqdori 100-150 mm ga yetadi.
Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining hududida faqat Sirdaryoning yangi qayiri va Markaziy qismdagi kichik qumliklar hamda sho`rxok joylar o`zlashtirilmagan xolos.
Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayoni quyidagi landshaftlarga bo`linadi.
1. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining markaziy qismida joylashgan oq saksovul va boshqa qumda o`sadigan psammofit o`simliklar mavjud bo`lgan delta tekisliklarida joylashgan eol qumlik landshaft.
2. Rayonning markaziy qismida bir yillik sho`ra o`suvchi pastqam joylardan iborat bo`lgan sho`rxokli delta tekisliklardan iborat landshaft.
3. Sirdaryoning qayirlarida joylashgan qamish va to`qay o`simliklari o`suvchi o`tloq allyuvial, o`tloq - botqoq tuproqli tekisliklar landshafti.
4. Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining asosiy qismini tashkil etgan madaniy landshaft.
II. Adirlar tabiiy geografik rayoni o`z ichiga Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining atrofini o`rab olgan adirlarni oladi. Adirlar paleogen , neogen va antropogen davrlarning tog` jinslaridan tashkil topgan bo`lib, mutloq balandliklari 400-500 metrdan 1000-1200 metrgacha boradi.
Adirlar asosan konglomerat va chaqir toshli jinslardan iborat bo`lib, ba'zi joylari lyoss bilan qoplangan. Adirlar past baland bo`lib, ko`p joylarni soy hamda jarlar kesib o`tib, alohida-alohida qismlarga bo`linib ketgan. Adirlar qurg`oqchil suvsiz xususiyatga ega bo`lib ko`p joylarda shag`al va chaqir toshli, ular ustida esa juda siyrak o`simliklar o`sadigan bedlend joylarni eslatadi.
Vodiyning janubiy qismidagi adirlarni (So`x daryosidan g`arbda bo`lganini) Qoratog`, Guzan, Burganney (So`x daryosidan sharqdagisini) Chimyon, Qopchigay, Naymon, Polvontosh, Janubiy Olamushuk nomlar bilan taniladi.

Markaziy Farg`ona tabiiy geografik rayonining shimoliy qismidagi adirlar Digmay, Ispisor, Supatog`, Oqbel, Oqchop, Chust, Pop, Namangan, Maylisoy kabi nomlar bilan ataladi. Adirlar tabiiy geografik rayonini iqlimiy xususiyatiga ko`ra vodiyning shimoliy va janubiy qismidagi adirlar bir-birovidan farq qiladi. Janubdagi adirlarda yozgi harorat shimoldagi (quyoshga qaragan adirlarga nisbatan) adirlardan bir oz past, yog`in kamroq.


Adirlar tabiiy geografik rayonida quyidagi landshaft turlari uchraydi.
1. Farg`ona vodiysining shimoliy va janubida joylashgan asosan shuvoq o`suvchi ko`p qismlarda shag`aldan iborat bo`lgan chaqir toshli va skeletli tipik bo`z tuproq tarqalgan adirlar landshafti.
2. Farg`ona vodiysining shimoli, shimoli- sharqida joylashgan efemer va efemeroid o`simliklari o`suvchi yengil mexanik tarkibga ega bo`lgan och bo`z tuproqli adirlar landshafti.
3. Farg`ona vodiysining shimoli-g`arbida joylashgan siyrak holda shuvoq o`suvchi chaqir toshli tipik bo`z tuproqlar tarqalgan adirlar landshafti.
4. Adirlar orasida joylashgan va xo`jalikda o`zlashtirilgan madaniy landshaft.



1 Р-вегитация давридаги ўртача ёg`ин-сочин миqдори.
-суткалик ўртача hарорат +100 дан юqори бўлган даврнинг hарорат йиg`индиси.



2 Qаранг: Ўзбекистон Республикасида атроф табиий муhит муhофазаси ва табиий ресурслардан фойдаланишнинг hолати тўg`рисида миллий маъруза. Chinor ENK, Тошкент, 2006. 15-24 бетлар.



Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling