Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet122/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Qo’shimcha:

Farg`ona tabiiy geografik okrugi O`zbekistonning eng sharqida Tyanshan va Oloy tog` tizmalari orasidagi Farg`ona vodiysida joylashgan.


Farg`ona okrugini janubdan Turkiston va Oloy, sharqdan Farg`ona va Oto'ynoqi, shimoldan Chotqol, g`arbdan Mo`g`iltog` o`rab turadi. Faqat g`arb tomondan okrug torgina (8 -9 km) "Farg`ona" yoki "Xo`jand" darvozasi orqali Dalvarzin va Mirzacho`l tekisliklari bilan tutashib ketadi.
Farg`ona vodiysining uzunligi g`arbdan - sharqqa 370 km., o`rtacha kengligi 80 - 100 km, eng keng joyi esa sharqiy qismida bo`lib, 150 km ga yetadi. Farg`ona vodiysi bodom shakliga o`xshaydi.
Farg`ona vodiysining tekislik qismi Farg`ona botig`i deyiladi, uning atrofini geologik xususiyatlari va relyefi jihatdan bir - biridan farqlanadigan adir va tog`lar o`rab turadi.
Farg`ona okrugi tektonik botiqdan iborat bo`lib, asosan prollyuvial - allyuvial jinslar bilan to`ladi. Okrugning atrofini esa yosh (angropogen) burmalardan iborat mintaqa o`rab olgan. Bu yosh strukturani "adir" yoki "adir burmasi" deb yuritadilar.
Farg`ona okrugi mezazoy erasida sayoz dengiz suvi va botqoqliklar mavjud bo`lib, atrofda qalin o`rmonlar o`sgan. So`ngra bu o`simliklar qoldiqlari asosida ko`mir qatlamlari vujudga kelgan, paleogen davridagi suv havzalarida yashagan hayvon organizmlarining qoldiqlari asosida neft, gaz vujudga kelgan.
Farg`ona okrugi markaziy qismiga tomon pasaya boradi. Okrugni o`rab olgan adirlarning balandligi 600-1200 m. bo`lsa Isfara daryosining yoyilma konusi 540 m, Andijon shahri 496 m va Namangan shahri 449 m. dir. Farg`ona okrugining markaziy pasttekislik qismida cho`l landshafti hukmron, ba'zan qum massivlari , barxanlar ham uchraydi.
Farg`ona botig`ining markaziy qismida yanvarning o`rtacha harorati 3 gr. bo`ladi. Ba'zi yillari shimol va shimoli-sharqdan sovuq havo massasi esib, tog`lardan oshib o`tadi va okrug haroratini juda pasaytirib yuboradi. Ana shunday paytlarda eng past harorat -30, -31 gr. ga tushadi. Ammo qish faslida sovuqlar bilan birga, ba'zan +15gr. issiq kunlar ham bo`ladi.
May oyining ikkinchi yarmidan boshlab, havo isib ketadi yog`in miqdori keskin kamayadi, haqiqiy issiq, quruq yoz fasli boshlanadi. Farg`ona okrugida yoz issiq - iyulning o`rtacha harorati 26-27 gr. bo`lib, uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 235-240 kun ijobiy haroratning yig`indisi 4000-4800gr. Bu esa okrugda paxta kabi texnika ekinlarining, anor, anjir kabi subtropik o`simliklarning o`sishi uchun qulay imkoniyat beradi. Bir yilda faqat 50-62 kun davomida harorat 0 gr. dan past bo`ladi.
Okrugda yog`in miqdori 98-226 mm. Lekin yog`in miqdori hududning hamma yerida bir xil emas. Agar okrugning g`arbiy qismida (Qo`qon) 98 mm yog`in tushsa, sharqiy qismida (Andijon) 226 mm yog`in yog`adi. Buning asosiy sababi shuki, okrug relyefi g`arbdan – sharqqa balandlashib boradi.
Okrugda kuchli shamollar tez-tez takrorlanib turadi. Bu kuchli shamollar ichida "Qo`qon" va "Bekobod" deb ataladigan shamollar xarakterlidir.
Bu shamollar oktabr oyidan mart oyigacha hukmronlik qiladi. "Bekobod" shamoli okrugdan Mirzacho`l tomonga (Bekobod) qarab sekundiga 15-40 m tezlikda esadi, bahor va kuz oylarida teskari tomondan Qo`qon shamollari esadi.
Okrugda eng katta va sersuv daryolar Norin, Qoradaryo va Sirdaryodir.
Norin daryosi markaziy Tyanshan tog`laridan boshlanuvchi Kichik va Katta Norinning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Norin qor va muzliklarni erishidan to`yinadi. Shu sababli Uchqo`rgon shahri yonida bir yilda o`rtacha sekundiga 427 m3 suv oqsa, shuning 44,9 % mart - iyun oylariga to`g`ri keladi. Yillik oqimning 35,9 % iyul, sentabrga, 19,2 % oktabr, fevral oylariga to`g`ri keladi.
Norin daryosi Namangan viloyatining Baliqchi qishlog`idan Qoradaryo bilan qo`shilib, Sirdaryo nomini oladi. Qoradaryo Farg`ona va Oloy tog`laridan boshlanuvchi Tor va Qoragulja daryolarning qo`shilishidan vujudga keladi. Qoradaryo qor va muzliklarning erishidan to`yinadi. Uning yillik o`rtacha suv sarfi Baliqchi qishlog`i yonida sekundiga 123 m3 bo`lib, shuning 46,4% iyul, sentabr oylariga va 39,2% oktyabr - fevral oylariga to`g`ri keladi.
Sirdaryo - Norin va Qoradaryoning qo`shilishidan vujudga keladi uni 300 km qismi Farg`ona okrugi hududidan oqib o`tadi. Uning yillik o`rtacha oqimi Kalqishloq yonida sekundiga 503 m3 bo`lsa, Qizil qishloqda sekundiga 570 m3 yillik oqimni 100% desak, shundan, Kalqishloq yonida 45,3 % mart – iyun, 27,4 % iyul - sentabr oylariga to`g`ri keladi.
Farg`ona okrugining 1500-3000 m chuqurlikdan issiq mineral suvlar: Chortoq, Go`rtepa, Qiziltepa kabi joylaridan chiqadi. Bu yerdagi termal yer osti suvlarining harorati 40-75C ga yetadi. Minerallar miqdori juda ko`p. Tarkibida yod, brom, sulfid, radon va boshqa moddalar bor. Bu esa yer osti suvlaridan faqat sug`orishda, shahar, qishloqlarni komunal xo`jalikni suv bilan ta'minlashgina emas, balki davolashda ham foydalanish uchun imkon beradi.
Farg`ona okrugining adirlarga tutashgan joyida rang, qo`ng`irbosh, shayton kovush kabi o`simliklar o`sadi. Ko`p yillik o`simliklardan oqquray, oqshuvoq, mingbosh, qizil burgan kabilar ham mavjud. Okrugning markaziy qismidagi sho`rxok yerlarda baliqko`z, seta, sho`ra ko`p o`sadi. Bulardan tashqari bu qismda yulg`un va ayrim efemerlar o`sadi. Qator-qator qum tepalar bo`lgan yerlarda esa juzg`un, quyonsuyak, qizilcha, tariqbosh, qizilcho`p, urg`ochi selin o`sadi. Dehqonchilik qilinadigan hududlarda yantoq, eshaksho`ra, kakra kabi o`simlik uchraydi.
Okrugda eng ko`p uchraydigan hayvon turlaridan kalamush, ko`rsichqon, bo`rsiq, bo`ri, tulki, jayra, kaltakesaklar, qushlardan esa chugurchuk, so`fito`rg`ay. To`qay hayvonlaridan chiyabo`ri, o`rdak, g`oz, qirg`ovullarni aytib o`tish mumkin.
Farg`ona okrugining tabiati go`zal, shifobaxsh, tabiiy resurslari xilma - xil bo`lganligidan uni Turkistonning "durdona"si deb atashadi.
Farg`ona okrugi o`z navbatida markaziy Farg`ona va adirlar deb ataladigan 2 ta tabiiy geografik rayonga bo`linadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling