Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet119/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

G`ARBIY - TYANSHAN OKRUGI


Okrug g`arbdan Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan o`ralgan, shimoldan, sharqdan va janubdan uning chegarasi shartli ravishda O`zbekistonning Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston bilan bo`lgan ma'muriy chegarasiga to`g`ri keladi. Bu chegara shimoli-g`arbda Qorjantog`, shimolda Talas Olatovi, sharqda Pskom tog`larining o`ng qismidan janubda esa Qurama, Mo`giltog’ tog`larining suvayirg`ich qismlari orqali o`tadi.


Okrug respublikamizda birinchi paydo bo`lgan quruqlik bo`lib, paleozoyning ohaktosh, qumtosh, slaneslaridan iborat, ular orasida granit, granidiorit va porfir kabi otqindi jinslar ham uchraydi.
Tog`larning yonbag`rida paleogen, neogen davr shag`al va gil qatlamlari bor. Okrugdagi tog`larning vujudga kelishda avvalo kaledon so`ngra esa gersen orogenetik harakatlarni roli katta. Bu bosqichdagi tektonik harakatlar ta'sirida dengiz suvi chekinib ko`p yerlar quruqlikka aylangan. Biroq Chirchiq -Ohangaron vodiylari o`rnida esa neogen davrigacha dengiz suvi turgan va qo`ltiq bo`lgan. Penepelen yerlarga alp tog` ko`tarilishi ta'sir qilib hozirgi holini olgan. Okrugning hozirgi zamon relyefini vujudga kelishida neotektonik harakatlar, muzlanishlar, daryolarning ishlari katta rol bajargan. O`zbekiston hududidagi g`arbiy Tyanshan tog`larini hammasi Talas Olatog`iga borib tutashadi.
Okrug hududiga Talas Olatog`ining Maydontol dovoni bilan Sandalash daryosining yuqori oqimi orasidagi eng baland qismi kiradi. Bu qismda tizmaning o`rtacha balandligi 3000-3500m. Eng balan cho`qqisi Manas 4488m, bu butun Talas Olatog`ining eng baland nuqtasi hisoblanadi. Tizmaning ikkinchi baland nuqtasi Maydontol cho`qqisi 3521m ga yetadi. Uni janubidan Qorjantog` Ugom, Pskom va Ko`ksuv kabi tizmalar ajralib chiqqan.
Qorjantog` tizmasi okrugning g`arbiy qismidagi chegara bo`lib, janubi-g`arbga yo`nalgan va Ugom daryosi vodiysi orqali sharqdagi Ugom tizmasidan ajralib turadi. Qorjantog` o`rtacha balandligi 2000m, eng balandi Mingbuloq (2834m) cho`qqisidir. Tog` janubi-g`arbga tomon pasayib qator - qator qirlarga aylanib ketadi. Bu qirlar orasida balandligi 1768 m bo`lgan Qoziqurt tog`i bo`lib, bu tog` shimoli- sharqqa tomon balandlashib boradi va Ugom daryosining yuqori oqimida Ugom tizmasi bilan tutashib ketadi.
Ugom tizmasi Pskom va Ugom daryolari orasida bo`lib, 115 km ga cho`zilgan. Bu tizma Manas tog` tuguni yaqinida Talas Olatog`i bilan tutashadi. Ugom tizmasining o`rtacha balandligi 3000m bo`lib, ayrim cho`qqilari 3500-4000 m ga yetadi. Eng baland joyi Sayram cho`qqisi 4238 m. Sayramdan shimoli-sharqqa borgan sari tizmadan bir qancha tarmoqlar ajraladi. Bular Tuproqbel va Maydontoldir.
Tuproqbel tog`i Onao`lgan va Ogayin daryolari orasidadir, bu tog` ancha baland bo`lib 4300 m gacha yetadi. Shu sababli, bu yerda qor uyumlari va muzliklar ko`p. Bu tog` Ugomni Pskom bilan qo`shadi.
Pskom daryosining yuqori oqimida Talas Olatog`i Ugom tizmasiga parallel yo`nalgan bo`lib, Pskom tizmasi okrugining shimoli-sharqiy chegarasi hisoblanadi. Tizmaning o`rtacha balandligi 3200m. Pskom tizmasining asosiy cho`qqilari Piyezak -3718m. Oqtuya o`lgan 4224m, Opalitog` 4216, Beshtor -4299m, tizmada 47 ta muzlik bo`lib , eng kattalari 4-5 km gacha.
Pskom tizmasi janubi-g`arbga biroz pasayib boradi va Chotqol vodiysiga yetmasdan Ko`ksuv daryosining yuqori oqimi orqali janubiy-g`arbga Ko`ksuv tizmasi ajralib chiqadi. Uning uzunligi 80 km bo`lib, Ko`ksuv tizmasi janubi-g`arbga pasayib, Alom dovoni (2700) yaqinida Mingto`qim tog`i ajralib chiqadi. Ko`ksuv tizmasi sharqdagi Sandalash tizmasidan shu nom bilan ataluvchi daryo vodiysi orqali ajraladi. Sandalash tizmasi shimoli - sharqdan, janubiy g`arbga 50-60 km cho`zilgan bo`lib, eng baland joyi 3500-4000m. U Chotqol tizmasidan shu nomli daryo bilan ajraladi.
Chotqol tizmasining faqat Chapchama davonidan janubiy-g`arbdagi qismigina G`arbiy-Tyanshan okrugiga qaraydi. Shu sababli biz shu okrugga kiradigan qismini o`rganamiz. Bu tizma janubiy g`arbga 250 km cho`zilgan, uni shu qismi O`zbekistonga qaraydi. Dovondan boshlab Ohangaron, Kosonsoy, G`ovasoy, Chimyon daryolarining yuqori oqimlari orqali bo`linib ketgan. Bular ichida eng muhimi Qumbel, Sargardon, Qizilnura, Arashon va boshqa tog`lardir. Bu tog`lar Ohangaron platosini shimoldan o`rab turadi. Bular ichida eng baland QizilNurotag`i bo`lib, uning Qirganda cho`qqisining balandligi 4045 m ga yetadi. Bu yerda morenalar trogsimon vodiylar tez-tez uchrab turadi.
Qizilnura tog`i shimolga qarab davom etadi va u katta bo`lmagan Oqsoqota platosiga tik tushadi. Bu platoni Oqsoqota va Oqbuloq daryolari bir qancha qismlarga bo`lib yuborgan. Oqsoqota platosining shimolida ohaktoshlardan iborat katta-Chimyon (3277m) tog` joylashgan. Bu tog`ning sharqida botiqsimon Chimyon vodiysi bo`lib, unda Chimyon kurorti joylashgan Chimyon vodiysining sharqida esa kichik Chimyon (2100m) tog`i bor. Chimyon tog`lari sharqda Balandxon massiviga aylanadi, janubi-g`arbga qarab yon bag`irlari yotiq archazor va mevali daraxtlar bilan qoplangan Maygashka va Suranota tog`lariga tutashib ketadi.
Ohangaron platosining sharqida kristall jinslardan tuzilgan Ko`kali tog`i joylashgan. Bu massivda eni 0,5km., bo`yi 1,5 km bo`lgan Ko`kali ko`li bor.
Ohangaron platosi paleozoy jinslaridan iborat bo`lib, balandligi 1000-2000 m, atrofidagi tog`larga borib tutashgan yerlarida balandlik 3400m ga yetadi. Platoni Ohangaron daryosi juda ham parchalab, chuqur vodiylar hosil qilgan Ohangaron platosi janubiy g`arbga qarab balandlashib boradi va Qurama tizmasiga tutashadi.
Qurama tizmasi janubi-g`arbga yo`nalgan bo`lib , uni Ohangaron daryosining chap irmoqlari (Arashonsoy, Toshsoy, Kamchisoy va boshqalar) parchalab tashlagan. Tizmaning o`rtacha balandligi 1800-2000m, baland qismi Oqshuron cho`qqisi 3745 m, Qurama tizmasini g`arbiy qismi Qoramozor tog`i deb ataladi. Bu tog` Dalvarzin cho`liga tomon pasayib 600-500 m. ga tushib qoladi.
Qurama tizmasining janubi - sharqida past, juda yemirilgan Mo`giltog` joylashgan, buning uzunligi 35 km bo`lib, Quramadan Mirzarabot botig`i orqali ajralib turadi. Uning o`rtacha balandligi 1000-1200m, eng baland joyi 1628 m yetadi. Mo`giltog` Sirdaryo vodiysi tomon davom etadi va Farxod-Shirin qirlarini hosil qiladi. Shu yerda Sirdaryo ostona hosil qilgan. Bu ostonalarda Farxod GESi qurilishi natijasida suv ostiga qolgan.
Chirchiq vodiysini atroflari tog`lar bilan o`ralib faqat janubi-g`arbiy tomoni ochiqdir. Vodiy Bo`zsuv yaqinida kengayadi va Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan tutashadi. Vodiy yuqori qismida Pskom, Ko`ksuv, Chotqol va Ugom vodiylariga bo`linib, juda torayadi. Xo`jakent yaqinida Chirchiq vodiysi torayadi, xuddi shu yerga Chorbog` GESi va suv ombori qurilgan Xo`jakentdan o`tib G`azalkentga kelganda vodiy kengayadi va daryo qayir hosil qiladi.
Ohangaron vodiysi ham janubi-g`arbga tomon ochiq bo`lib, yuqori qismida torayib boradi. Daryo tez oqib ostonalar hosil qilgan, vodiy Angren shahri yaqinida kengayadi.
Iqlimi - Qish sovuq, yoz esa salqin va sernam bo`ladi. Yanvarning o`rtacha harorati -3 -14 C (Chorbog`da - 2,7C, Chimyonda -4,7 C, Chotqolda-14,2 C) Qish oylarida shimoliy va shimoli-sharqiy havo massalari ta'sirida mutloq past harorat -32C, iyul oyning o`rtacha harorati 20+26 C. (Angrenda +26,4 C), eng baland harorat 30+40 C., okrugda sovuqsiz kunlar 200 kun. G`arbdan berk bo`lgan tog` yonbag`irida 1000 mm yog`in tushadi. Aksincha berk botiqlarini sharqiy yon bag`irlarida 200 mm yog`in tushadi. Yog`inning ko`pchiligi qish va bahorda yog`adi, 3000 m dan balandda yog`inning 90% qor shaklida tushadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling