`Qaytish` Andre Morua ` G`urur hayotni vayron, umrni sargardon qilishi mumkin, xuddi shiddatli asov daryo singari…`


Download 352.87 Kb.
Sana02.05.2020
Hajmi352.87 Kb.
#102838
Bog'liq
2 5206559295528764837

`Qaytish` Andre Morua

` G`urur hayotni vayron , umrni sargardon qilishi mumkin, xuddi shiddatli asov daryo singari…`

Andre Morua

  • Andre Morua fransuz yozuvchisi bo`lib, u Rossiyada ham shuhrat qozongan yozuvchidir. Ko`pgina asarlari rus tiliga tarjima qilingan. Birinchi Jahon Urushi yillari Fransuz armiyasida tarjimon, keyinchalik Britaniya armiyasida ofitserlik qilgan.
  • Uning eng dastlabki asari ` The Silence of Colonel Bramble`( `Bramble koloniyasidagi jimlik`) juda tez xalq orasida mashxur bo`lib ketgan.
  • Asarlarining ko`pchiligida Britaniyaliklar haqida so`zlagan bo`lsa, shuningdek, Disraeli, Bayron, Shelley haqida biografiyalar ham yozgan.

Mashhur asarlari

  • 1. The Next Chapter (` Keyingi Sahifa`)
  • 2. A voyage to the island of the Articoles (`Artikoles oroliga sayohat`)
  • 3. Atmosphere of love ( `Sevgi atmosferasi`)
  • 4. Rio De Janeiro ( Rio-de-Janeiro)
  • 5. The Art of Living ( ` Yashash san`ati`)
  • 6. The Climates of Love ( `Sevgi iqlimi`)

Asarlaridan parcha

  • ` Har o`n yilda tajribangiz xato , xavfli deb topgan g`oyalarni miyangizni tozalab turing`.
  • ` Turmush boshqa, muhabbat boshqa`
  • `Inson o`z baxtsizligining ustasi`.
  • `Hatto eng kuchli his-tuyg`ular ham o`ladi, shunday emasmi?! Uch yil oldin birga bo`lgan ayolimizga qiziqib qarasak, xuddi u qandaydir bir kimsa bo`lib ko`rinadi`.
  • `Baxtli turmush – bu doim qisqa tuyuladigan uzoq suhbat`.
  • ` Oilasiz, erkak yolg`iz dunyoda sovuqdan muzlaganday qaltiraydi`.
  • `To`rtta oddiy so`z bilan suhbatlarimiz ancha yaxshilanishi mumkin: men bilmayman( I do not know).
  • ` Baxt uchun eng birinchi omil: o`tmish haqidagi uzoq meditatsiyadan ehtiyot bo`lish`.

qaytish

  • Janri : hikoya
  • Asarning tematik tasnifi: tarixiy
  • Asarning asosiy g`oyasi: Asarda haqiqatdan qochish eng oson yo`l deb qarovchi insonning fojiasi haqida so`zlanadi.

Asar sarlavhasi haqida

  • Qaytish … uzoq ayriliqdan so`ng inson uyiga qaytar ekan, u endi taqdirga peshvov chiqish o`rniga , shubhalar bilan qoplanadi. Qaytish… qaytmoqchi ekansiz , demak o`tmish bilan hisoblashishga haqqingiz yo`q… o`tmish haqida hisoblashar ekansiz, qaytishdan foyda yo`q…

Asarning lingvistik tahlili

  • 1. Frazeologizm
  • 2. Kasb-hunarga oid so`zlar: oqsoqol, o`qituvchi, qassob, do`konchi, velosipedchi, sartarosh
  • 3. Toponimlar : Germaniya, Perigor, Shardey, Fransiya

Asardagi milliy kalorit

  • ` Bir shisha vino va gullar qo`yaman`… Bilamiz vinoni sevib iste`mol qilish fransuz , umuman yevropaliklarga xos odatdir.
  • ` Tuni bilan boshiga setka kiyib yotdi`. Bu o`sha davr ayollarining soch turmaklashi haqida ma`lumot beradi.

Badiiy tahlil

  • Asardagi tugun: Renoning tabiatiga xos bo`lgan rashk va `mukammalik `ga bo`lgan ruju asardagi tugunni keltirib chiqaradi menimcha. U o`zining xarakteri qurboni bo`ldi va xotinini ham bunga sherik qildi
  • Konflikt turi: inson-inson.
  • Asar kulminatsiyasi: Renoning uyda ikki kishilik stolni ko`rib, xotini unga xiyonat qilgan deb o`ylashi va butunlay g`oyib bo`lishi…
  • Asardagi yechim: Asarda yechim yo`q. Hayot. Taqdir. Biz ularda ba`zida rol o`ynayotgan artistga o`xshaymiz.

Asardan ba`zi satrlar

  • `E, og`ayni, bu –odamning tabiatiga bog`liq`.
  • `Hayotda nimalar bo`lmayapti, axir!`
  • `Menga baxt butun bo`lsa, yoinki…`

So`nggi xulosam

  • Qaytish … bu juda qisqa hikoya, ammo unda inson taqdiri haqida chuqur mulohaza qilsa bo`ladigan ma`no bor. Biz insonlar doimo o`z xarakterimiz qurboni bo`lamiz. Ishonchsizlik esa, eng katta dushmanimiz. Urush insonlar boshiga shunday kunlarni soldiki, taqdirlar ayro tushdi. Aslida adolatsizlikday tuyuladi. Ammo Xudo hamma narsani boshqarib turadi. Inson esa o`z qilmishalarining qurboni bo`lib qolaveradi. Hayot adolatsiz emas. U doim adolatli.

Venn diagrammasi


Reno

Rashkchi


Ichi tor

Qo`rqoq


Saturnen

Ochiq ko`ngil

Optimist

Soldat


Urush qatnashchisi
Download 352.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling