Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.74 Mb.
bet117/123
Sana19.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1613110
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
O’zbekiston tabiiy geografiyasi

Qo’shimcha:

Bu okrug Sirdaryo vodiysining o`rta qismi, Chirchiq hamda Ohangaron vodiylarining quyi qismida joylashgan bo`lib, Toshkent-Mirzacho`l botig`ini o`z ichiga oladi. Okrug janub tomondan Nurota, Morguzar va Turkiston tizmalari bilan sharqdan Mo`gultog`, Qurama tog`lari bilan, shimoli-sharqdan Chotqol, Qorjon tog` tizmalarining tog` etaklari bilan o`ralgan. Shimol va g`arb tomondan okrugning chegarasi shartli ravishda O`zbekistonning Qozog`iston bilan bo`lgan davlat chegarasi orqali o`tadi.


Janubi-sharqda esa 9 km kenglikda Xo`jand darvozasi orqali Farg`ona vodiysidan ajralib turadi.
Toshkent Mirzacho`l okrugi Sirdaryoning o`rta oqimini, Chirchiq va Ohangaron daryolarining quyi qismlarini o`z ichiga oladi.
Qo`shni Qizilqumdan vujudga kelish tarixi, yer yuzasining tuzilishi, iqlimi, sersuvligi, unumdor allyuvial va bo`z tuproqlarining mavjudligi bilan farq qiladi.
Ma'muriy jihatdan okrug hududida Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari bor.
Bu okrug geologik jihatdan G`arbiy Tyanshan va Turkiston megoantiklinali orasidagi sinklinalda joylashib, so`ngra Sirdaryo va uning doimiy hamda vaqtli irmoqlari keltirilgan jinslar bilan to`ldirilgan okrug Alp tektonik jarayonida G`arbiy Tyanshan tog` sistemasining qayta ko`tarilishi tufayli neogenning yuqori (pliosenda) qismida quruqlikka aylangan. Mirzacho`lni pastqam yerlarida sayoz ko`llar qolgan. Shu sababli Mirzacho`lning ba'zi yerlarida ko`l yotqiziqlari ham uchraydi.
Toshkent - Mirzacho`l okrugi asosan allyuvial jinslardan tashkil topgan, chunki okrug quruqlikka o`tgach Sirdaryo bir necha tarmoqlarga bo`linib, Mirzacho`lni har joyidan oqqan. Bu yerdagi Sho`ro`zak, Sardoba, Qorao`y, Yog`ochota va boshqa botiqlar Sirdaryoning o`sha qadimgi o`zanlaridir.
Toshkent - Mirzacho`l okrugi relyef xususiyatiga ko`ra ancha murakkab bo`lib, Sirdaryo vodiysiga tomon pasaya boradi. Mirzacho`l janubiy qismi (Xovos Jizzax temir yo`l yaqinida) dengiz sathidan 313-385 m baland bo`lsa, Guliston shahri 276 m, Sirdaryo shahri 240 m balandlikdadir. Sharq va shimoli-sharqqa tomon okrugning yer yuzi balandlashib boradi. Chinoz 278 m, Yangiyo`l shahri 338 m, Bo`zsuvda Chirchiq vodiysining mutloq balandligi 173 m. Toshkent - Mirzacho`l okrugining hozirgi relyefini vujudga kelishida daryolar ishi juda katta rol o`ynagan, daryolar 3 tadan 5 tagacha qayirlar hosil qilib relyefni murakkablashtirib yuborgan.
Okrugni juda katta qismida, Sirdaryoning chap sohilida,ko`hna qayirlar joylashgan, ular Mirzacho`l tekisligini ham egallaydi. U yer yuzasi tuzilishiga ko`ra shimol, shimoli- g`arbga nishab bo`lib, bir necha qoldiq o`zanlar – Yog`ochota, Yettisoy, Sardoba, Sho`ro`zak, Qorauy va boshqa o`zanlar bor, ular orasida ko`tarilgan yerlar mavjud. Bu baland yerlarni Boyovut, Mirzaobod, Yerijar massivlari deb yuritiladi.
Okrugning iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq va quruq bo`ladi. Okrugning shimoli-g`arbiy qismi ochiq bo`lganidan Arktika havo massasi bemalol kirib keladi va natijada qish oylarida harorat pasayib ketadi. Okrugda yanvar oyining o`rtacha harorati -1-3 gr. bo`ladi. Iyul oyining o`rtacha harorati +27+29 gr., haroratning yillik o`rtacha ampletudasi 30 gr. ga yetadi. Vegetatsiya davrida haroratning yig`indisi 4300-5000 gr. ga yetib, paxta kabi issiqsevar o`simliklar o`sishi uchun imkon tug`iladi. Yog`inlar okrug bo`yicha notekis taqsimlangan, eng kam yog`in okrugning janubi-g`arbiy qismiga to`g`ri kelib, yillik miqdori 250 -300 mm ni tashkil etadi.
Shimoli - sharqiy tomoniga ortib borib, 300-400 mm ga yetadi. Bunga asosiy sabab o`sha yo`nalish bo`yicha relyefning balandlanishi natijasida haroratning pasayishi.
Toshkent - Mirzacho`l okrugida yil bo`yi asosan shimoli-sharqiy va shimoli - g`arbiy tomondan shamol esib turadi. Shamolning o`rtacha tezligi 1,5-4,2 m/sek. ga teng.
Okrugning janubi-sharqida (Xovos yaqinida) bahor va qish faslida Farg`ona vodiysi tomondan ancha kuchli shamol esadi. Ba'zan bu shamolning tezligi sekundiga 40 m. ga yetadi.
Toshkent-Mirzacho`l okrugidagi daryolardan biri Sirdaryoning eng katta irmog`i bo`lgan Chirchiq daryosidir. U qor va muzlarning erishidan to`yinadi. Chirchiq daryosini to`yintirib turishda Chotqol va Pskom irmoqlarining salmogi katta, chunki Chirchiq daryosi yillik oqimining 55 % i Chotqol irmog`i hissasiga, 36% i Pskom hissasiga va 9% i Ugom daryosi hissasiga to`g`ri keladi.
Ohangaron daryosi mavsumiy qorlarning erishi va yomg`ir suvlaridan to`yinadi. Shu tufayli yillik oqimning 75-80% i mart, may oylariga to`g`ri keladi. Ohangaron daryosidagi toshqin suvlarni to`plab qolish uchun uning quyi qismida suv sig`imi 250 mln. m3 keladigan Toshkent suv ombori qurilgan.
Okrugning janubiy qismidagi Turkiston Nurota tog`-laridan Zominsuv va Sangzor daryolari okrug hududiga yetib keladi. Sangzor vodiysida suv sig`imi 90 mln. m3 bo`lgan Jizzax suv ombori qurilgan.
Okrugdagi ko`llardan Aydar - Tuzkon -Arnasoy ko`l tizimi zaxkash suvlaridan vujudga kelgan. Maydoni 1678 km2 bo`lib, 11,8 km3 suv to`plangan. Ko`l har yili 1,0-1,1 km3 zovurlardan, 0,3 - 0,4 km3 yog`indan suv oladi va 265 -2,9 km3 bug`latadi. Grunt suvlari Mirzacho`lda 2-10 m., shimoli-sharqda 30-40 m. dan 200-300 m. gacha yetadi. Bu katta chuqurliklarda chuchuk suvli qatlam joylashgan. Paleozoy yotqiziqlari orasida 1500 -3000 m chuqurlikdan juda katta mineral termik suv qatlami borligi aniqlandi. Bundan Toshkent shahrida, Kalasda foydalanilmoqda Toshkent - Mirzacho`l okrugi cho`l zonasida joylashgan, tuprog`i bo`z tuproqdir. Lekin grunt suvi yaqin bo`lgan Sirdaryo, Chirchiq, Ohangaron daryolarining quyi qayirlarida chirindisi kam allyuvial o`tloq tuproq tarqalgan. Toshkent - Mirzacho`l okrugining o`simlik qoplami joyning relyefi, iqlimi, gurunt suvining xususiyati va tuproq tarkibiga, relyefi past gurunt suvi serob bo`lgan yerlarda - Sirdaryo va uning Chirchiq, Ohangaron irmoqlarining qayirlarida hamda eski birinchi qayirlarida to`qaylar ko`p uchraydi. Bunday yerlarda turong`il, terak, jiyda, tol, yulg`un, qamish, yantoq va boshqa o`simliklar o`sadi.
Toshkent - Mirzacho`l okrugida tabiiy sharoitning o`zgarishiga qarab turli joyda turlicha hayvonlar: to`qayzorlarda - to`qay mushigi, yovvoyi cho`chqa, chiyabo`ri, o`rdak, g`oz, qirg`ovul, quyon, suv kalamushi, loyxo`rak, suvilonlari yashaydi.
Okrugning qolgan yerlarida esa tulki, bo`ri, bo`rsiq, Mirzacho`lda -qo`shoyoq, yumronqoziq, qumsichqon, jayron, tashbaqa, chayon, falang va boshqa hayvonlar bor.
Toshkent-Mirzacho`l okrugi o`z navbatida Forish -Jizzax, Mirzacho`l, Chirchiq - Ohangaron tabiiy - geografik rayonlarga bo`linadi.
1. Forish - Jizzax tabiiy geografik rayoni o`z ichiga Jizzax cho`llarini va tog` oldi prolyuvial tekisliklarini olib, janubda Nurota-Quytosh, tizmalarining tog` oldi tekisliklarini olib, (Turkiston - Nurota okrugi) g`arbda Qizilqum okrugi bilan shimolda va sharqda Mirzacho`l rayoni bilan chegaradosh.
Rayon relyefiga ko`ra, past balandliklardan iborat bo`lgan allyuvial tekislik hisoblanib, janubdan shimolga qarab pasayib boradi. Uni Nurota - Quytosh tog`laridan boshlanuvchi Temirbuloq, Kattaich, Sop, Majrum, Forish, Yangiqishloq kabi soylarning keltirma yoyilmalari qoplab olib, relyefini ancha murakkablashtirgan.
Iqlimiga ko`ra qish uncha sovuq (yanvarning o`rtacha harorati -1 gradus atrofida) bo`lmasdan vegetatsiyali qish 45% atrofida, yoz esa issiq (iyulning o`rtacha harorati +27,8 gr. +28, 5C. ) va quruq, +10gr. dan yuqori bo`lgan kunlardagi haroratning yig`indisi 4700 S. atrofida.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling