Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Download 1.52 Mb.
bet18/22
Sana16.06.2020
Hajmi1.52 Mb.
#119409
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O`zbekiston tabiiy geografiyasi

TURKISTON - NUROTA OKRUGI


Okrug Turkiston tizmasining g`arbiy qismini va Nurota tizmasini o`z ichiga olib, janubda Zarafshon, g`arbda Qizilqum, shimolda Toshkent Mirzacho`l okruglari bilan chegaradosh.

Okrugning faqat janubi-sharqiy qismidagi chegara O`zbekistonni Tojikiston bilan bo`lgan chegarasidan shartli ravishda o`tkaziladi. Okrug paleazoy erasining gilli slaneslaridan, qum va ohaktoshlardan tarkib topgan. Bu yotqiziqlar gersen, orogenetik harakatlari ta'sirida burmalangan va metomorfiklashib marmar va kristalli slaneslarga aylangan. Shuningdek, okrugda mezazoy va kaynazoyning kvarslari qumtoshlari, mergellari va gillari ham uchraydi. Daryo vodiylarida va botiqlarida esa antropogen davri konglomeratlari shag`allari, qum, qumloq va lyossimon jinslari uchraydi. Gersen burmalanishi vaqtida vulkanizm ham kuchaygan, shu sababli cho`kindi yotqiziqlar orasida otqindi jinslardan diorit, granit va effuziv jinslar uchraydi.

Okrugning hozirgi relyefini vujudga kelishida alp tog` hosil qilish kuchlari katta rol o’ynagan.

Turkiston tizmasi Mastchoh tog` tuguni yaqinidan Oloy tizmasidan ajralib chiqadi. Kenglik bo`ylab 350km cho`zilgan, eni esa o`rta hisobda 60 km balandligi 3600-4000 m ga yetadi.

(Piramidan cho`qqisi 5580 m).

Turkiston tizmasi Mastchoh tog` tugunidan Shahriston dovonigacha bo`lgan qismining relyefi alp tipida bo`lib, cho`qqilari 5000m. dan ortiq. Lekin tizmani Shahriston (3351 m) dovonidan g`arbiy qismlari ancha past. Turkiston tizmasining Shahriston dovonidan g`arbga Sangzor daryosi vodiysining yuqori oqimi ikkiga ajratib turadi. Sangzor vodiysining janubiy qismidagi tizma Chumqortog` deb, shimoldagisi esa Morguzar tog`i deb yuritiladi. Morguzar tog`i Temurlang darvozasi yoki Ilono`tdi darrasi orqali Nurota tizmasidan ajralib turadi.

Turkiston tizmasining Shahriston dovonidan Guralash (2710 m. ) dovonigacha bo`lgan qismi past bo`lsada, ba'zi nuqtalari Shovroqtog` 4033 m. yetadi. Bu qismida Turkiston tizmasining shimolga qarab qator-qator tog` tizmalari bor. Bulardan O`ratepa tog`i Zominsuv soyi orqali Morguzar tog`idan ajralib turadi.

Chumqortog’ Turkiston tizmasining bevosita g`arbiy davomi bo`lib, uzunligi 70 km., Bozorxonim (3405 m. ) uning cho`qqisi. Chumqortog` Qo`shtepa dovoni yaqinida janubi-g`arbga burilib va Lattaband (2035m. ) dovoniga yetgach, ikki qismga ajraladi. Janubiy qismi Qizilqanot tog`i (o`rtacha balandligi 1000 m) butunlay Tojikiston hududiga joylashgan, shimoliy qismi esa Lattaband tog`i deyiladi. Uni balandligi 2200 m. gacha va chegara shuni suv ayirgichidan o`tadi. Chumqortog` shimoli-g`arbga davom etib, Go`bdun toqqa tutashib ketadi. Bu tog`ning o`rtacha balandligi 800-900 m. eng baland joyi 1666 m. Go`bdun tog` bilan Chumqor tog` orasida lyoss va qumli jinslardan tuzilgan tekislik joylashgan. Zarafshon daryosini Sangzor daryosi bilan birlashtirgan Tuyatortar kanali shu tekislikdan o`tadi.

Go`bdun tog` shimoli - g`arbda Oqtepa daryosi vodiysi bilan g`arbdagi Qaroqchitog`dan ajraladi.

Morguzar tog`i Shovkartog` cho`qqisidan to Temurlang darvozasigacha 75 km cho`zilgan, uni o`rtacha balandligi 1500 m, eng baland joyi 2622 m, Ilono`tdi (Temurlang) darvozasida Sangzor vodiysini kengligi 120-130 m.

Nurota tizmasi shu darvozadan shimoli-g`arbga Nurota shahrigacha 200 km cho`ziladi. Eng keng yeri 75 km o`rtacha balandlik 1500 m. Markaziy qismidagi Zargar cho`qqisi 2165m. Shundan sharqqa tomon Sangzorgacha bo`lgan qismini Quytosh tizmasi deyiladi. Nurota tog`ini shimoliy yonbag`ri Mirzacho`lga tik tushadi, hamda Nurotaga parallel ravishda yo`nalgan 2 tog` (shimolida) Pistali tog` va Baliqchi tog`dir.

Nurota tizmasini janubida Nurota-Quytosh botig`i orqali Baxiltog`, Oqtog`, Qaroqchitog` va G`o`bduntog`laridan ajralib turadi. Botiqning o`rtacha balandligi 500-560 m. Oqtog` g`arbga tomon davom etib Gazgon yaqinida pasayib, so`ng tekislikga qo`shilib ketadi. Tog`ning o`rtacha balandligi 1000-1200m.

Eng baland yeri Taxnu cho`qqisi 2005m. Bu tog` oq marmardan asosan tuzilgani uchun shunday nom olgan.

Oqtog` janubi-g`arbga qarab pasayadi va undan Qoratog` ajralib chiqadi. Bu tog` juda yassi bo`lib uning balandligi 1000-1200m.

Okrugdagi antiklinal tog`lar bilan birga sinklinal botiqlar ham bor. Bularning eng kattalari Sangzor, Quytosh, Nurota botiqlari.

Sangzor vodiysi Chumqor tog` bilan Morguzar tog`lari orasida bo`lib, yuqori qismi tordir. U Balx qishlog`i yaqinida ancha kengayib tekislik xarakteriga ega bo`ladi, so`ngra shimolga qarab burilib torayadi va Temurlang darvozasini hosil qiladi. Vodiy darvozadan o`tgach asta-sekin kengayadi va Jizzax vohasiga qo`shilib ketadi. Sangzor vodiysi G`allaorol qishlog`i yaqinida ancha kengayadi va g`arbga tomon balandlashib borib Quytosh tekisligiga tutashib keladi. Quytosh tekisligi G`o`bduntog`, Qaroqchitog` va Quytosh tog`lari orasidagi botiqda joylashgan, balandligi 600m. Bu tekislik g`arbga qarab davom etadi va Qo`shrabot qishlog`i yaqinida Nurota botig`i bilan tutashadi, uni o`rta qismida balandlik 520 m. Lekin u g`arbga tomon pasaya boradi va shu yo`nalishda Qizilqumga tutashadi.



Iqlimi. Yanvar harorati tekislik qismida -0,2C bo`lsa Shahriston dovonida-11,4C, mutloq past harorat-25-34C, iyul oyning o`rtacha harorati tekisliklarda +25 +26C, balandroq joylarda +15C bo`ladi. Yog`in miqdori 250-400 mm, tog`larning g`arbiy yon bag`rida 450 mm, teskari yonbag`rida 150-200 mm .Yog`inda qorni ulushi katta ;15-30 sm gacha , ba'zi joylarda 1 m gacha yetadi.

Nurota va Oqtoshdan bir necha soylar suv oladi. Tursunsoy, Oqtepasoy, Oqchapsoy, Qorasuv va boshqa soylar bahorgi qor va yomg`irdan suv oladi.

Tursunsoyni o`rtacha yillik oqimi 1,5m3 /sek., bahorda 200 m3 /cek gacha yetadi. Ko`ksaroy soyning o`rtacha suv sarfi 1,1 m3/sek. Bahorda 77,5 m3/s gacha yetadi. Tog` yonbag`rida bo`z tuproqlar, so`ng oddiy yoki tipik bo`z tuproqlar, yana balandda to`q bo`z tuproqlar. Bu tuproqlar ustida rang, yaltirbosh, chalov, bug`doyiq, kovrak, gulxayri, betaga, butalardan - do`lana, pista va boshqalar uchraydi.

Okrugning 1800-(2000)-3000m balandliklarida archazorlar ko`p, bular ostida tog`-o`rmon jigarrang tuproqlari bor, shuningdek bu yerda baland bo`yli dasht o`tlari o`sadi.

Okrugning 3000 m dan yuqorida bo`lgan qismlarida subalp o`tloqlari (qo`ng`irbosh, rang, taran, anjabar, tak-tak) boshlanadi, bu yerlarda tog` o`tloq-dasht tuproqlari tarqalgan.

Okrugning hayvonotida kiyik, arhar, qoplon, bo`ri, silovsin, ayiq, tulki, daryo vodiylari va archazorlarda cho`chqa, bo`rsiq, lochin, burgut, kalxat ko`p.

Okrugda Zomin davlat tog` - o`rmon Qo`riqxonasi bo`lib, maydoni 20,5 ming kv. km. Nurota tog` - o`rmon Qo`riqxonasi - asosan tog` landshaftlarini muhofaza qiladi. Bulardan tashqari O`zbekistonda birinchi Zomin xalq bog`i ham shu okrugda tashkil etilgan.

Okrug tabiiy boyliklarga serob. Jumladan rux, volfram, molibden, qalayi, marmar, Marjonbuloqda oltin konlari mavjud.

Turkiston-Nurota okrugi Turkiston va Nurota kabi tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi. Birinchi rayon o`z navbatida 5 ta, ikkinchi tabiiy geografik rayon esa 7 ta landshaftdan iborat.

MA’RUZA № 8 (17-ma’ruza)



Qashqadaryo okrugi.

Qashqadaryo okrugi O’zbekistonning janubida joylashib, Qarshi dashti, Kitob-Shahrisabz botig`i, Hisor va Zarafshon tog`lari, tog` oldi qiya tekisliklarini o’z ichiga oladi. Okrug janubi-sharqida joylashgan Surxondaryo okrugidan Hisor tog` tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari orqali, shimolda Zarafshon vodiysida joylashgan okruglardan Zarafshon tizmasining shimoli-g`arbiy tarmoqlari orqali ajralib turadi. Uning hududi g`arbda va janubi-g`arbda Sandiqli cho’liga tutashgan. Okrug hududi balandligi 200-4000 m gacha etadi. Yer yuzasi g`arbdan sharqqa va shimoli-sharqqa tomon ko’tarilib boradi va asosan delta tekisliklaridan, tog` oldi tekisliklaridan, o’rtacha va baland tog`lardan iborat. Okrug hududini shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Hisor tog`larining mutlaq balandligi okrug hududida 2000 m dan (G`uzordaryoning yuqori qismida) 4152 m gacha (G`ova cho’qqisi) o’zgaradi. Shimoli-sharqdan okrugni o’rab turgan Zarafshon tizmasining Chaqilqalon va Qoratepa tog`larida eng katta balandlik 2197 m va 2616 m ni tashkil etadi.

Gerstin burmalanishida ko’tarilgan Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari tektonik jihatdan Hisor megaantiklinalining janubi-g`arbiy qismiga to’g`ri keladi va bu tektonik sistemada 2 ta antiklinal zona ajratiladi. Ular bo’r, paleogen va neogen davrlarining cho’kindi jinslari bilan qoplangan.

Chaqilqalon tog`ining janubiy yonbag`ri asosan paleozoy (silur) ohaktoshlaridan, quyi va o’rta paleozoyning slanestlaridan tarkib topgan, bu jinslar qatlamlari qiya prachalangan. Chaqilqalon tog`i Taxta Qoracha davoniga (1788 m) qadar davom etadi, so’ngra davondan g`arbda Qoratepa tog`lari cho’zilib ketadi. Bu yerda tog`lar kengayib, kengligi 35 km ga, uzunligi 50 km gacha boradi. Tog`larning markaziy qismlari intruziv jinslardan tashkil topgan, tog` etaklari va yonbag`irlari yumshoq cho’kindi jinslar bilan qoplangan.

Qoratepa tog`i bilan Ziyovuddin va Zirabuloq tog`lari oraligi qirsimon relyefli Jom cho’li joylashgan. Yer yuzasini lyoss qoplagan. Cho’lning janubiy qismi Qashqadaryo havzasida joylashgan. Janubi-sharqdan shimoli-g`arb tomon 100 km masofaga cho’zilgan Ziyovuddin-Zirabuloq tog`lari paleozoyning intruziv, ohaktosh, slanestlardan, mezo-kaynozoyning ohaktosh va qumoq gillaridan tarkib topgan bo’lib, atrofdagi tekisliklardan atigi 300-400 m ko’tarilib turadi. Balandligi Piyozi tog`ida 1091 m ga etadi. Jom cho’lidan ko’tarilib turgan janubi-sharqiy qismida 767 m ga boradi. Ziyovuddin va Zirabuloq tog`larini erozion vodiy bir-biridan ajratib turadi. Zarafshon tog`larining g`arbiy davomi hisoblangan shimoli-g`arb tomon asta pasayib borib, Qarnobcho’lning g`arbida tekislikka tutashib ketadi. Qashqadaryo okrugining shimoliy chegarasi shu tog`lar suvayrig`ichidan o’tadi.

Okrugni sharq va janubi-sharqda o’rab turgan Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysun, Ko’hitangtog`) asosan granit, ohaktosh va slanestlardan tuzilgan. Bu qattiq jinslar ko’p yerlarda ochilib, yer yuzasiga chiqib yotadi, tik yonbag`ir va chuqur daralarni hosil qilgan. Hisor O’zbekistondagi eng baland tog`, unda O’zbekistonning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho’qqisi joylashgan bo’lib, uning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasi g`arb va janubi-g`arbga tomon bir qancha tarmoqqa bo’linib, tobora pasayib boradi va asta-sekin tekisliklarga qo’shilib ketadi. Tog` oldilarida Miraki, Yakkabog` va G`uzor adirlari katta maydonni egallab yotadi, ular daryolar tog`larni yemirib olib tushgan jinslardan tarkib topgan. Adirlar yer yuzasi notekis, past-baland tekisliklardan iborat. Adirlarda va past tog`larda karst reylefi shakllari-g`orlar, voronkasimon chuqurliklar, ungurlar mavjud.

Zarafshon, Yakkabog`, Hisor tog`lari orasida Kitob-Shahrisabz botig`i bor. Bu botiq daryo oqindilari bilan qoplangan allyuvial tekislikdir (Kitob so’zi «Kifti-ob»-«suv boshi» degan ma’noni bildiradi. Kitobda Ulug`bek nomidagi Kitob kenglik stanstiyasi qurilgan. Bu stanstiyada Yer qutbining harakati o’rganiladi. Bu stanstiya dunyodagi to’rtta shunday stanstiyalarning biri bo’lib, qolganlari AQSh, Yaponiya va Italiyada joylashgan).

Zarafshon tizmasining shimoli-g`arbiy davomi bilan Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari orasida Qashqadaryo botig`i joylashgan. Uning markazi janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa cho’zilgan. O’q qismi Qashqadaryo vodiysidan iborat. U g`arbga tomon kengayib boradi.

Vodiy daryoning qayir va qayir usti I, II, III, IV va V terassalari va ularga tutashgan tog` oldi prolyuvial tekisliklardan tarkib topgan. Vodiyning sharqida va shimoli-sharqida o’rta to’rtlamchi davrga mansub prolyuvial-allyuvial tekisliklar katta maydonni egallagan. Qarshi shahridan g`arbda va shimoli-g`arbda yuqori to’rtlamchi va hozirgi davrga mansub allyuvial-delta tekisliklari shakllangan. Uning ayrim qismlarida qumliklar uchraydi. Tekislikning katta qismini Qarshi cho’li egallagan. Unda eski o’zanlar, sho’rhok yerlar, qoldiq tog`lar, keng soylar va pastlik erlar birin-ketin almashinib keladi. Qarshi cho’lining shimoli o’r-qirli relefga ega, janubi-g`arbi tekislik va platolardan iborat. O’rta qismida Qo’ng`irtog`, Maymanoqtog`, Kosontog` kabi tanho tog`lar bor. Bu tog`lar yemirilib pasayib qolgan, tepalari yassi tekis va gumbazsimon. Cho’lning shimoli-g`arbida qadimgi daryo o’zanlari bo’lmish Sho’rsoy, Do’ltalisho’r soyliklari bor. Qarshi cho’lidan janubdagi Nishon cho’li uchun qoldiq tog`lar (Dultali, Saksondara, Olavuddintog`), quruq soylar va taqirlar xosdir.

Daryolar bo’yida G`uzor-Qamashi va Qarshi vohalari bunyod etilgan. XX asrning oxirgi choragida Qarshi cho’lining katta qismi Amudaryodan Qarshi magistral kanali orqali olib kelingan suv hisobiga 200000 gektarga yaqin yer o’zlashtirildi.

Qashqadaryo okrugi iqlimi O’zbekistonning o’rta va shimoliy tabiiy geografik okruglaridan farq qilib, bahor erta keladi, tezda jazirama yozga o’tib ketadi, qishi qisqa tekislik va tog` oldi hududlarida yanvarning ko’p yillik o’rtacha harorati +20 atrofida. Ammo qishki qattiq sovuqlar Quyi va O’rta Zarafshon okruglaridagidan farq qilmaydi, harorat -250, -290 gacha pasayadi. Lekin shunday haroratlar kuzatilgani bilan okrugda bunday haqiqiy qish kamroq kuzatiladi. Vegetastiya to’xtamaydigan qishlar 50-80 % ni tashkil qiladi. Manfiy haroratlar yig`indisi bor-yo’g`i - 40-600 dan ortmaydi. Har yili qor yog`sa ham haqiqiy qor qoplamini shakllanadigan yillar 10-15 % dan oshmaydi. Yoz okrugda juda quruq, issiq bo’lib, uzoq davom etadi. Tekislik qismida iyul oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati +280, +290 ga teng, mutlaq yuqori harorat esa 46-470 ni tashkil etadi. Tog`larda, tog` oralig`i botiqlarida yoz biroz salqinroq bo’ladi. Masalan, Kitob-Shahrisabz botig`ida yozgi mutlaq haroart +430 dan ortmaydi. Musbat haroartlar yig`indisi bo’yicha Qashqadaryo okrugida Quyi va O’rta Zarafshondagidan katta va bu ko’rsatkich butun okrug hududida 48000 dan ortiq bo’lib, ayrim yerlarida (G`uzorda) 53000 gacha boradi. Bunday sharoit okrugning ayrim hududlarida ingichka tolali paxta yetishtirish va boshqa issiqsevar ekinlarni ekish uchun imkon beradi.

Qashqadaryo okrugida Quyi Zarafshonga nisbatan yog`in-sochin ko’proq tushadi. Lekin yog`in okrugda yil fasllari va hudud bo’yicha bir tekisda yog`maydi. Tekisliklarga juda kam tushib (190-200 mm), tog` yonbag`irlariga va tog`larga ancha ko’p yog`adi (550 mm). Okrugda tekislik qismidan tog`larga tomon yog`in miqdori bir xilda ortib bormaydi. Masalan shimoli-sharq va sharq yo’nalishida 600-700 m mutlaq balandlikkacha har 100 m ko’tarilganda yog`in miqdori 50 mm dan ortib borsa (ayrim yerlarda hatto 100 mm gacha), janubi-sharq va janub yo’nalishida esa har 100 m ko’tarilganda 30 mm dan ortadi. Qor kam yog`adi va uzoq turmaydi. Qish oylarida barqaror qor qoplami okrugda 1500-1600 m balandliklardan boshlab kuzatiladi.

Okrugda yog`inning ko’p qismi qo’shni okruglar kabi bahor va qish oylariga to’g`ri keladi. Ichki suvlari Qashqadaryo va uning irmoqlaridan hamda ulardan va Amudaryodan chiqarilgan kanallardan iborat.

Okrugdagi gidrologik sharoit hududining orografik va iqlimiy sharoitlari bilan uzviy bog`liq. Suv havzasining o’rtacha balandligi 1500 m bo’lgan Qoratepa tog`ining janubiy yonbag`rida oqim moduli taxminan 16,5 l/sek/km2ge teng. Qashqadaryo va Janadaryo havzasida -3,5 l/sek/km2, Tanxozdaryo havzasida -2 l/sek/km2, Yakkabog` va G`uzordaryo havzalarida esa 1-1,5 l/sek/km2 ga yaqindir. Binobarin, yog`in miqdori va oqim moduli yonbag`irlarning nam havo massalari yo’nalishiga nisbatan joylashishiga va balandligiga bog`liq. Qashqadaryo havzasining umumiy suv resurslari 51,5 m3/sek. Okrug tog`li qismida oqim moduli o’rta hisobda 1 km2 dan 6,2 l/sek ga teng. Bu ko’rsatkich Zarafshon havzasida -10,7 l/sek, Surxondaryoning tog`li qismida 18,2 l/sek ni tashkil etadi. Bu qiyoslashdan ko’rinib turibdiki, okrug hududi qo’shni Surxonadaryo, O’rta Zarafshon okruglaridan qirg`oqchilroqligi bilan farq qiladi. Okrugning bosh daryosi Qashqadaryo. Uning uzunligi 373 km. Qashqadaryo Hisor tog`larining g`arbida 3200 m balandlikdagi Muxbel davoni yaqinidan boshlanadi va Qarshi cho’lida quruq delta hosil qilib tugaydi. Qashqadaryo va uning irmoqlari Oqsuv, Yakkabog` va Tanxoz qor, muz va yomg`ir suvlaridan, buloqlardan to’yinadi. Qashqadaryo tekislikka chiqqach sekundiga 50 m3 oqim hosil qiladi. Yillik suv miqdorining 64 % i mart-iyun oylariga to’g`ri keladi.

Okrugda daryo suvlarini yig`ish, tejab sarf qilish maqsadida Qashqadaryoda Chimqo’rg`on (suv sig`imi 449 mln m3), Qamashi (18 mln m3), G`uzordaryoda Pachkamar (283 mln.m3) hamda Tallimarjon (2530 mln m3) suv omborlari qurilgan. Tallimarjon suv omboriga kuz va qish oylarida Qarshi magistral kanali orqali keltirilgan Amudaryo suvi yig`iladi.

Qashqadaryo okrugining yer yuzasida suv kam bo’lsada, lekin yer osti suvining katta zahirasi bor. Bu erda to’rtlamchi davr, yotqiziqlari orasidan chiqqan suvlar xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Qashqadaryo gidrogeologik rayonida yer osti suvining ishlatilish miqdori sekundiga 9,8 kub metrni tashkil etadi.

Qashqadaryo okrugi tuproq qoplami, o’simliklari va hayvonot dunyosi uning relefiga, iqlimiga, yer osti suvlarining xususiyatiga va tuproqlarning ona jinsiga bog`liq holda turli joyda har xil tarqalgan.

Qashqadaryoning g`arbiy cho’l tekislik qismida sur-qo’ng`ir, taqirli, qumli tuproqlar, tog` oldi qiya tekisliklari, adirlar va tog` etaklarida bo’z tuproqlar tarqalgan. Delta qismida yer osti suvining oqimi yaxshi ta’minlanmaganligi oqibatida sho’rlangan yerlar maydoni ortib bormoqda.

O’simlik dunyosi xilma-xil. Cho’llarda juzg`un, iloq, selin, karrak, qizil qandim, yetmak va saksovul, gilli cho’llarda sho’ra, mingbosh, daryo va suv omborlari yaqinida shuvoq, sho’ra, yantoq, tog`larda archa va mevali daraxtlar tarqalgan.

Hayvonlardan sariq yumronqoziq, bo’ri, tulki, jayron, echkiemar, kaltakesak, ilonlar, tog`larda to’ng`iz, qo’ng`ir ayiq, tog` takasi, tog` qo’yi, bo’rsiq va boshqa hayvonlar uchraydi.

Okrugda cho’l, adir, tog` va yaylov balandlik mintaqalari mavjud.

Qashqadaryo okrugida 3ta yirik tabiiy geografik rayon – Qarshi, G`uzor va Kitob-Shahrisabz rayonlari ajratilgan.



Qarshi rayoni okrugning chekka g`arbiy qisminida joylashgan, u g`arbda Quyi Zarafshon okrugining Sandiqli rayoni Bilan tutashgan, sharqiy chegarasi 400-450 m li izogipsalarga to’g`ri keladi.

Rayon hududi deyarli tekis bo’lib, Zarafshon tog`larining g`arbiy tarmoqlaridan oqib tushgan soy hamda Qashqadaryo yoyilmalaridan vujudga kelgan. Ular qum, qumoq, gillarning aralashmasidan iborat. Yer yuzasining tekisligini soy o’zanlari va qoldiq past balandliklar biroz notekis qilib turadi. Rayon hududining mutlaq balandligi 300-450 m ga teng.

Rayon okrugdagi qishi eng sovuq (yanvarning o’rtacha havo harorati 00 atrofida), yozi uzoq davom etadigan, issiq (iyul oyining o’rtacha havo haroarti +290) va quruq (yillik yog`in miqdori 190 mm) hudud hisoblanadi. Vegetastiya davridagi o’rtacha haroartlarning yig`indisi (48700) ingichka tolali paxta etishtirishga imkon berali. Rayonda 8 xil landshaft ajratiladi. Eng keng tarqalgan landshaftlar quyidagilardir:

-bir yillik sho’ralar o’sadidagn delta tekisliklaridagi sho’rxoklar landashfti. Bu landshaft asosan Sho’rsoy botig`ini egallaydi.

-qo’ng`irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli tog` oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft rayon hududining 25 % ni egallagan.

-qo’ng`irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli parlangan tog` oldi tekisliklari landshafti.

-oq saksovul o’suvchi eol qumliklar landshafti va boshaqalar.

Kitob-Shahrisabz rayoni okrugning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, tekisliklan va Qoratepa, Chaqilqalon va Hisor tog`larining tekislikka tutashgan yonbag`irlaridan tashkil topgan.

Rayonning eng past yeri Kitob-Shahrisabz botig`i bo’lib, uni shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Rayon okrugda yillikda yog`in miqdorining ko’pligi (500 mm), qishining yumshoqligi, sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu holat lalmi va yaylov chorvachiligi uchun qulay sharoit yaratadi. Rayon hududida tog` oldi tekisliklari landshaftlaridan baland tog` landshaftlarigacha kuzatish mumkin. Rayonda 6 ta landshaft xili ajratilgan.



G`uzor rayoni G`uzordaryo havzasidagi Hisor tog`i tarmoqlarining shimoli-g`arbiy yonbag`irlarini va tog` oldi qirlarini o’z ichiga oladi. Hududning mutlaq balandligi G`uzor shahri yonida 524 m dan Oqrabot dovonida 1800 m gacha, ayrim tog` tepalarida 2538 m gacha boradi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi (musbat haroartlar yig`indisi tog` oldida 48000-53000), yozda havo haroartining yuqoriligi (+29,50 +28,50, eng yuqori harorat +470), qishining yumshoqligi (yanvarning o’rtacha havo harorati +0,50, +20), vegetastiya to’xtamaydigan iliq qishlarning ko’pligi (65-80 %) bilan ajarlib turadi. Rayon Kitob-Shahrisabz rayoniga nisbatan qurg`oqchil, yilik yog`in miqdori tog` oldida 250-300 mm atrofidadir. Suvlari anchagina sho’rlangan. Landshaftlari balandlikka ko’tarilgan sari o’zgarib boradi va har bir balandlik mintaqasida o’ziga xos landshaftlar shakllangan. Rayon hududida 5 ta landshaft xili ajratilgan.

Qo’shimcha:

Okrug O`zbekistonning janubiy qismidagi Qarshi botig`ining o`z ichiga oladi. Uning shimoliy qismida Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog`lari bilan, sharqda Hisor tizmasini janubiy g`arbiy qismiing quyi etaklari bilan o`ralgan. G`arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko`l balandliklari orqali o`tadi. Janub va janubi -g`arbda Sandiqli qumi bilan Turkmanistondan ajralib turadi. Janubi- sharqda Boysun tog`lari Surxondaryodan ajratib turadi. Okrug g`arbdan sharqqa 300 km, shimoldan janubga 200 km cho`zilgan. Ma'muriy jihatdan Qashqadaryo viloyatiga to`g`ri keladi. Qashqadaryo okrugining zamini qalin allyuvial, prollyuvial va eol-akummulyativ jinslardan iborat bo`lib, ular tagida tub jinslar yetadi. Okrug yer yuzasini qoplab olgan jinslar yoshiga ko`ra o`rta va yuqori antropogen davriga xosdir. Okrugning o`rta qismidagi qirlar qoldiq tog`lar bo`r, paleogen va neogen jinslardan tashkil topgan. Okrugning yer yuzasi baland past tekislikdan iborat bo`lib, shimoli sharqdan va janubiy sharqdan g`arbga tomon cho`zilgan. Janubiy g`arbga tomon pasayib boradi.

Qarshi shahrining shimolida Qo`ng`irtog` 571 m. Koson shahri janubida Kosontog`, Maymoqtog` 500 m. Sandiqli qumligi Sharqida Alovuddintog`i 485 m. Okrugning g`arbida Jarqoq platosi 397m va Dengizko`l 380 m. Qarshi, Nishon, Qarnab va Sandiqli, Qumli cho`llari kabi qator cho`llar bor. Okrugning markazida allyuvial jinslar bilan qoplangan Qarshi vohasi joylashgan. Voha janubida Sandiqli qumi bilan tutashadi. Bu cho`lda qum tepalar, qum jo`yaklar, barxanlar va tekis qum shakldagi relyef uchraydi.

Okrug g`arbida Qarshi cho`li bo`lib, uning yer yuzasi Qarshi vohasiga nisbatan past (300-250m). Qarshi cho`li shimol va shimoli-sharqiga davom etib, Qarnab cho`liga qo`shiladi. Qarnab cho`lining shimolida Ziyovuddin tog`iga borib tutashadi. G`arbga tomon pasayib Toshloqqum hamda Uchqum qumliklariga aylanadi.

Iqlimi - qurg`oqchil iqlim bo`lib yanvarning o`rtacha harorati 0+2gr. bo`lib o`simliklar yil bo`yi o`saveradi. Ba'zan Arktika havosi kirib kelsa harorat pasayib ketadi. Iyulning o`rtacha harorati 28-29 gr. Okrugning harorati 0 gr. dan past bo`lgan kunlar 0-24 0,harorati +5 gr. dan yuqori bo`lgan kunlar soni 284-298 kunga yetadi. Vegetatsiya davridagi harorati 4900-5300gr. yog`in miqdori g`arbdan sharqqa tomon o`zgaradi. 180-550mm. ga yetadi.

Okrugdagi asosiy suv manbai Qashqadaryo bo`lib, u Hisor tizmasining Tog`shosh dovoni yaqinida 3000m balandlikdan boshlanib Muborakga yetmay tugaydi.

Qashqadaryo tekislikka chiqqach Jinnidaryo, Oqsuv, Tanxos, Yakkabog`daryo, Guzordaryo tabiiy irmoqlar kelib qo`shiladi. Daryo quyi qismida bir necha tarmoqlarga bo`linadi. Bularning eng muhimlari Maymandaryo, Qamashidaryo va boshqalar.

Qashqadaryo okrugining shimoliy qismida joylashgan Qoratepa tog`idan 20 ga yaqin soylar boshlanadi. Bu soylarning eng muhimi Shurabsoy, Makriksoy, Oqchisoy, Kalkamasoy va boshqalar. Daryolari yillik suv miqdorining 64% mart, iyul oylariga 11,7% iyul, sentnabr oylariga to`g`ri keladi. Bahorgi suvlarni to`plash uchun Chimqo`rg`on, Qamashi, Pachkamar suv omborlari qurildi. Shuningdek okrug hududida Amudaryodan suv oluvchi Qarshi magistral kanalida Sho`rsoy va Talimarjon suv omborlari ham bor. Okrug Eski Anhor kanali orqali Zarafshon daryosidan ham suv oladi.

Qashqadaryo vodiysida ayniqsa quyi terassalarda allyuvial o`tloq tuproqlar tarqalgan. O`simlik dunyosi bo`sh qumlarda shuvoq, iloq, Qorasaksavul, quyonsuyak, Qizilqandim efemerlardan sariqbosh, yoliqora bir yillik o`simliklardan qirqqiz, qumtarik, ko`p yillik o`simliklardan esa chayir, urg`ochi selin, tuyapaypoq o`sadi. Okrugning shimoliy sharqidagi och bo`z tuproqli yerlarda qo`ng`irbosh, rang, temirjusan, shuvoq, sho`rxok o`simliklardan pashmak, sho`ra o’sadi .

Taqir yerlarda buzoqbosh, har xil sho`ralar o`sadi. Okrugning sharqiy tog` oldi qismida esa bug’doyiq, kovrak, qarg`aoyoq, Qashqadaryo qayirida, qamish, yulg`un, yantoq uchraydi.

Hayvonot olami, qumli cho`llarda, toshloq cho`llarda, taqirlarda va vohalarda yashaydigan turli xildagi jonzotlar uchraydi. Tabiiy resurslardan sug`orishga yaroqli 1,5 mln gektar qo`riq va bo`z yerlar bo`lib, ular o`zlashtirilmoqda. Ayniqsa Qarshi magistral kanali atrofidan 200 ming gektar yerlar o`zlashtirilgan va suv ta'minoti yaxshilanmoqda. Qashqadaryo okrugi Quyi Qarshi va Qarshi tabiiy rayonlariga bo`linadi.

1. Quyi Qarshi tabiiy rayoni okrugning janubi-g`arbini Sandiqli qumligining sharqiy qismini o`z ichiga olib, 4 ta landshaftga bo`linadi.

2. Qarshi tabiiy geografik rayoni Qarshi, Qarnab va Nishon cho`llarini o`z ichiga olib, 4 ta landshaftga bo`linadi.


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling