Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni
SUV RESURSLARIDAN O`ZLASHTIRISH MANBAI TARIQASIDA FOYDALANISH
Download 1.52 Mb.
|
O`zbekiston tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash
- Geoekologik muhitning landshaft tahlili.
- Turon provinstiyasi landshaftlarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan guruhlashtirilishi (N.A.Kogay 1971, 1990 y.)
- Agroiqlimiy tahlil .
SUV RESURSLARIDAN O`ZLASHTIRISH MANBAI TARIQASIDA FOYDALANISH.Suv resurslaridan o`zlashtirish manbai tariqasida oqilona foydalanish masalalari nafaqat paxtachilik zonasida, balki paxtachilik lalmikor va lalmikor zonalarda ham muhim ahamiyatga loyiqdir. Ma'lumingizki,O`zbekiston Orol dengizi havzasida to`liq joylashgan bo`lib, uning suv resurslari Turkistonning ikkita eng yirik daryolari-Sirdaryo va Amudaryo suv oqimlari bilan bog`liqdir. Chu, Talas, Tajan va Murg`ob daryolarining suv oqimlari Orol dengiziga yetmasdan batamom o`zlashtirishga va tekislikka chiqqandan so`ng filtratsiyaga sarflanadi. Orol havzasi doirasida 17 ta irrigatsiya hududiy rayonlar ajratilgan. shulardan, 6 tasi Sirdaryo, 11 tasi Amudaryo havzasiga tegishli. Sheglova O. P., Shalatova L. I., Rasulov A. R va boshqalarning ma'lumotiga ko`ra Amudaryoning o`rtacha ko`p yillik oqimi 79 km3 Sirdaryo oqimi esa 38 km3 tashkil etadi. Amudaryo o`rta oqimida Buxoro va Qashqadaryo vohalaridagi yangi yerlarini o`zlashtirish maqsadida Amu-Buxoro va Amu-Qorako`l suv yigilish kanallari qazilgan. Sirdaryoning O`zbekiston doirasidagi eng yirik irmoqlari qatoriga Norin (432 m3/s) va Qoradaryo (121 m3/sekund) Chirchiq (221 m3/sekund), Ohangaron 15,4 m3/sekund). Oqimning shakllanishi va tarqalish joylaridagi yer osti suvlarining miqdori Ustyurt va Qizilqumdagi yer osti suvlarining miqdoridan ko`p marotaba ortiq. O`zbekistondagi mavjud suv resurslarining asosiy turi bo`lmish yer osti va yer usti suvlar dehqonchilik va yaylov chorvachiligini rivojlantirish uchun bemalol yetadi. XULOSA: Landshaft resurslarni iqlimini, yer usti va yer osti suvlarini uyg`unlikda tahlil qilish tabiiy - geografik tadqiqotlarda asosiy usul hisoblanadi, va muhimi u orqali Turkistonning tabiiy muhitini qishloq xo`jaligi maqsadlarida Geoekologik tahlil qilish imkonini beradi. MA’RUZA №9
Landshaftlar qishloq xo’jaligi ehtiyojlari nuqtai nazaridan baholanganda ularning mazkur joylarning o’zlashtirish imkoniyatlarini chegaralab turadigan xususiyatlari ham ko’rsatib o’tiladi. Landshaftlarning bu jihatlari tuproq qoplami (rivojlanishi, sho’rlanish, botqoqlanish darajasi, toshloqli yoki gilli, qumli ekanligi), geomorfologiyasi (relefning xususiyatlari, yer yuzasining notekisligi, yonbag`irlarning qiyaligi) bilan o’zaro bog`liqdir. N.A.Kogay (1971) yuqorida aytilganlarni hisobga olib landshaftlarni dehqonchilik nuqtai nazaridan guruhlashtiradi va ularni juda past sifatli, past sifatli, o’rtachadan past sifatli, o’rtacha sifatli, o’rtachadan yuqori sifatli, yuqori sifatli tabiiy komplekslarga birlashtiradi (11-jadval)
11-Jadval Turon provinstiyasi landshaftlarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan guruhlashtirilishi (N.A.Kogay 1971, 1990 y.)
Tekislikdagi cho’l zonasidan to baland tog`larning glyastial-nival zonalarigacha bo’lgan hududlardagi past sifatli landshaftlar dehqonchilikka yaroqsiz bo’lsa-da, yaylov chorvachiligi uchun yaroqli landshaftlardir. Allyuvial, allyuvial-delta, prolyuvial-allyuvial tekisliklarning tabiiy komplekslari o’rtachadan yuqori sifatli landshaft sifatini tashkil etib, qishloq xo’jaligida o’zlashtirish uchun eng qulay sharoitga ega. Landshaft komplekslarini o’rganishda va ularni sinf va kichik sinflarga, guruhlarga ajratishda qiyosiy tabiiy geografik asos bo’lgan bunday yondoshuv o’z mohiyatiga ko’ra komplekslik xususiyatiga ega. O’zbekistonning tabiiy geografik regionlarida turli sifatga ega bo’lgan landshaftlarni ajratish katta amaliy ahamiyatga molik. Shuningdek, respublikamizning ma’muriy birliklari-viloyat va tumanlarida ham landshaftlarni qishloq xo’jalik nuqtai nazaridan guruhlarga ajratish mumkin. Agroiqlimiy tahlil. Iqlimning asosiy resurslaridan hisoblangan harorat va namlik qishloq xo’jalik ekinlarining rivojlanishi va hosildorligiga katta ta’sir etadi. Iqlimni qishloq xo’jaligi uchun baholash harorat va namlik ko’rsatkichlari bilan bir qatorda o’simliklarning rivojlanish bosqichlari va hosil ko’rsatkichlari orasidagi bog`liqlikni aks ettiruvchi ko’rsatgichlarga ham asoslangan bo’lishi lozim. Ana shunday ko’rsatkichlar sifatida musbat haroratlar yoki samarali haroratlar yig`indisi, turli «gidrotermik koeffistentlar», «namlanish koeffistentlari» ko’rsatkichlaridan foydalanish mumkin. O’zbekiston iqlimini baholaganda qishloq xo’jaligi uchun salbiy ta’sir qilish mumkin bo’lgan iqlim hodisalarini (masalan, kuzgi ertangi va bahorgi kechki sovuq tushishi, kuchli shamollar va chang to’zonlari va b.) ham hisobga olish kerak bo’ladi. Bunda iqlimning asosiy bahosiga ma’lumki koeffistientlar yordamida tuzatishlar kiritiladi. Hamma hududlarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi, rivojlanishi va hosil berishi uning termik resurslariga bog`liq. O’zbekistonda L.N. Babushkin vegetastiya davridagi musbat haroratlar yig`indisining miqdoridan kelib chiqib, 5 ta termik zonani ajratgan. Bular jazirama issiq, harorat yig`indisi 49000 dan ortiq (ingichka tolali paxta navlarini etishtirish mumkin) bo’lgan zona; issiq, harorat yig`indisi 40000 dan 49000 gacha (o’rtacha va tez pishar paxta navlarini etishtirish mumkin) bo’lgan zona; iliq, harorat yig`indisi 28000 dan 40000 gacha (uzum etishtirishi mumkin) bo’lgan zona; salqin, harorat yig`indisi 10000 dan 28000 gacha bo’lgan (boshoqli don ekinlar etiladigan) zona va sovuq, harorat yig`indisi 10000 dan kam ( baland tog`larning dehqonchilikka yaramaydigan) bo’lgan zona. Bu zonalar asosida ekinlarning issiqlikka talabidan (ya’ni talab qilinadigan musbat haroratlar yig`indisidan) kelib chiqib, ularni qaysi termik zonalarda ekish mumkinligini, zonalarning kenglik va balandlik chegaralarini aniqlash mumkin. Bahorikor dehqonchilik sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining o’sishi va hosil berishi ko’p jihatdan tuproqning yog`in suvlari hisobiga namlanishi bilan bog`liqdir. Shu sababli hududni bahorikor dehqonchilik uchun baholashda tabiiy namlik resurslarining ta’rifi katta o’rin tutadi. Joylarning yog`in suvi hisobiga namlanishning miqdor ko’rsatkichlarini, masalan, G.T.Selyaninovning «gidrotermik koeffestenti» 1 bilan yoritib berish mumkin. L.N.Babushkin O’zbekistonda tabiiy namlik xususiyatiga ko’ra uchta zonani ajratish lozimligini ko’rsatgan. Jumladan G.T. Selyaninov GTK (gidrotermik koeffistenti) 0,3 dan kam bo’lgan quruq (bu erlarda faqat sug`orma dehqonchilik qilish mumkin), 0,3 dan 0,5 gacha bo’lgan quruqroq ( bu erda lalmikor boshoqli don ekinlari tuproqdagi tabiiy nam bilan 75-99 % ta’minlanadi) va GTK 0,5 dan katta bo’lgan nam zona (bu erlarda lalmikor boshoqli don ekinlarining tuproqdagi tabiiy nam bilan ta’minlanganligi 100% ga etadi). Bizga ma’lumki, tog` yonbag`irlarida balandga ko’tarilgan sari yog`inlar miqdori asta-sekin (masalan, Chirchiq vodiysida har 100 metr ko’tarilganda 54 mm ga, Ohangaron vodiysida esa 27 mm ga) ortib boradi. Bu esa yuqoriga ko’tarilgan sari tuproq namlik sharoitining yaxshilanib borishini ko’rsatadi. Ammo balandga ko’tarilgan sari havo harorati pasayib, termik sharoit yomonlasha boshlaydi va vegetastiya davrining qisqarib borishiga sabab bo’ladi. Natijada ma’lum balandlikdagi yonbag`irlarda donli ekinlar uchun nam etarli bo’lsa ham termik resurslar etmay qolishi mumkin. Shuning uchun joyning nam resurslari bilan birga termik resurslari ham albatta baholanishi zarur. Bahorikor dehqonchilik uchun termik resurslarni baholashda asosiy ko’rsatkich sifatida bahorgi o’rtacha sutkalik havo haroratining +5 0 dan o’tgan kundan to tuproqda qurg`oqchilik boshlanadigan kungacha bo’lgan samarali haroratlar yig`indisi hisobga olinadi. Bahorikor ekinlarning issiqlikka talabidan kelib chiqib, ular etilishi mumkin bo’lgan balandlik chegaralarini aniqlash mumkin bo’ladi. Demak, O’zbekistonning tog` oldi- tog`lik qismida tabiiy namlik bahorikor dehqonchilikning quyi chegarasini belgilab bersa, termik resurslari uning yuqori chegarasini belgilaydi. Termik zonalar bilan tabiiy namlanish zonalarini landshaftlar asosida L.N.Babushkin va N.A.Kogay birgalikda tahlil qilib, quydagilarni aniqlashdi. 1. Termik resurslariga ko’ra paxta, uzum, boshoqli donli ekinlarni etishtirishga yaroqli, lekin sun’iy sug`orishni talab qiladigan (issiq, iliq, lekin quruq va juda quruq) hududlar. 2. Termik resurslariga ko’ra faqat sug`orib etishtiriladigan issiqsevar ekinlar (paxta, uzum) va mavjud tabiiy namlik- yog`in- sochin suvlari resurslaridan foydalaniladigan kamroq issiqsevar (boshoqli don) ekinlar etishtirishga yaroqli(issiq va iliq, lekin qurg`oqchil) hududlar. 3. Termik resurslarning etishmasligi sababli issiqsevar ekinlarni etishtirishga yaroqsiz, lekin yog`in-sochin suvi resurslarining chegaralanganligi sababli donli ekinlarni sug`orib etishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq) hududlar. 4. Termik resurslarining etarli emasligidan issiqsevar ekinlarni etishtirishga yaroqsiz, lekin mavjud tabiiy namlik- yog`in-sochin suvi resurslariga ko’ra boshoqli don ekinlarini etishtirishga yaroqli (salqin, lekin quruqroq yoki nam) hududlar. 5. Yog`in suvlari bilan etarli darajada ta’minlanganligiga qaramasdan termik resurslarining etmasligi sababli hatto kam issiqsevar boshoqli don ekinlari etishishiga ham yaroqsiz (sovuq) hududlar. Yuqorida ajratilgan hududlarni L.N.Babushkin gidrotermik hududlar deb ataydi. O’zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslarining qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan tahlili shuni ko’rsatadiki, u issiq, quruq va sovuq zonalarda joylashgan xilma-xil ekologik muhitga ega. Balandlik zonalarini ekinlardan barqaror hosil etishtirish mumkinligini hisobga olib, paxta, beda, uzum va sholi etishtirishga qulay bo’lgan paxtachilik, paxta, beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay bo’lgan paxta-lalmikor dehqonchilik hamda beda, uzum, lalmikor donchilik uchun qulay bo’lgan lalmikor dehqonchilik zonalariga ajratiladi. Ammo hududning landshaft xususiyatlariga bog`liq holda barcha joy tiplarini o’rganish ilmiy-asosli natijalarga etarli darajada tayanmaganligi sababli respublikamizning barcha zonalaridagi tabiiy imkoniyatlardan etarli darajada foydalanilmayapti. Iqlimiy sharoit va resurslar faqat dehqonchilik yo’nalishlarini belgilash hamda rivojlantirishda emas, balki chorvachilik tarmoqlarini aniqlash va rivojlantirishda ham muhim omildir. Ma’lumki, O’zbekistonda chorva mollari tekislik, tog` oldi, past tog`li hududlarda kuz, qish va bahor fasllarida boqiladi. Bahor oxirlaridan kun isishi, yog`in-sochinning kamayib, efemerlarning qurishi oqibatida chorva mollari asta-sekin tog` va baland tog` yaylovlariga haydaladi. Kuzgi sovuqlar boshlanishi bilan esa yana tekislikka haydab tushiladi. Bunda joyning ob-havo sharoiti (tungi sovuqlar, kuchli shamol, qattiq yomg`ir va ho’l qor yog`ishi va h.k.) hisobga olinmasa, chorva noqulay ob-havo sharoitiga tushib qoladi, mollarning shamollashi ko’payadi, ba’zida ularning qirilishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston iqlimini yaylov chorvachiligi uchun baholaganda quyidagi ko’rsatgichlarni e’tiborga olish lozim.
Noqulay iqlimiy holatlar (kuchli sovuqlar, ertangi kuzgi va kechki bahorgi sovuqlar, kuchli yomg`ir, do’l, ho’l qor yog`ishi, yaxmalak (yut), kuchli shamollar) va ularning chorva mollari sog`lig`iga ta’siri. 2.Tuproq yuzasining qurish vaqti (bu yaylov o’simliklarining qurish vaqtini belgilaydi). 3.Bahor va kuzda sutkali o’rtacha haroratning +50 dan o’tish vaqti (kuni). Chunki molni bahorda yaylovga haydash va kuzda yaylovdan pastga haydash shu vaqtdan boshlanadi. 4.Yaylovning hosildorligi, hosil miqdori (quruq massa s/ga hisobida). Hosildorlik iqlimga bog`liq.
Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling