TAVSIFNOMA
Buxoro davlat Universiteti Pedagogika fakulteti 4-1 PPS-16 guruh talabasi Safarova Nilufar 11-fevraldan 18-aprelgacha Kogon shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyot davrini o’tadi. Bu davrda talaba boshlang’ich sinflarga “Odobnoma” va 5-sinflarga “tarbiyaviy soat” dars jarayonlarini tashkil etishda faol ishtirok etdi.Turli ochiq dars mashg’ulotlarini yangi dars o’tish usullarida qiziqarli tashkil etdi va o’tkazdi. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdi va unda o’quvchilarning faol va qiziqish bilan ishtirok etishlarini ta’minladi.Bundan tashqari turli sinf o’quvchilari o’rtasida psixologik mashg’ulotlar olib bordi.Sinf o’quvchilari o’rtasida ularning yosh xususiyatlariga mos tarzda psixologik treninglar tashkil etdi.Amaliyot davri mobaynida maktab psixologlari faoliyatini chuqur o’rgandi va ular bilan birga nafaqat o’quvchilar, balki maktab o’qituvchilari o’rtasida ham psixologik mashg’ulotlar va treninglar o’tkazishda faol ishtirok etdi.N.Safarova 16-martdan boshlab yurtimizda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat tufayli barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilgach dars mashg’ulotlarini onlayn rejimda tashkillashtirishda ham faol ishtirok etdi va o’z faoliyatini onlayn tarzda olib bordi.N.Safarova o’z sohasining puxta bilimga egaligi, mehnatsevarligi va namunali xulqi bilan jamoamiz orasida e’tiborga sazovor bo’ldi.N.Safarovani kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga ishonch bildiramiz.
Buxoro viloyati Kogon shahar 10-maktab direktori:T.Jabborov
Do'stlaringiz bilan baham: |