Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi
Kreativlikning rivojlanish davri
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ravonlik
- 3. O‟ziga xoslik
- Bo‟lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to„g„risida
Kreativlikning rivojlanish davri – ma‟lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi. Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan
kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi Shunga ko‟ra ma‟lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi. Kreativ tafakkurga ega b o‟lajak pedagoglar: boshqa bo‟lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g‟oyalarni bildiradi; o‟zlarini ifoda etishning o‟ziga xos uslubini tanlaydi; ba‟zan mavzu aloqasi yo‟q yoki g‟ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g‟oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko‟radi; muammoning echimini topishda noan‟anaviy yondashuvni tanlaydi. - Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi: 45
- Ijodiy yo‟nalganlik; - Mantiqiy fikrlash qobiliyati; - Eruditsiya (bilag‟onlik); - Boy tasavvurga egalik; - Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik; - O‟z ijodkorligini to‟la-to‟kis namoyish etish; - Refleksiya qobiliyati; - Hissiyotga boylik; - Tavakkal qila olish qobiliyati; - Tafakkur tezligiga egalik; - Ichki sezgining rivojlanganligi; - O‟ziga xos (orginal) g‟oyalarni ilgari sura olish qobiliyati; - Innovatsion qobiliyatga egalik; - Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik; - Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.
46
Umumiy xulosa: Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma‟nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o‟ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma‟naviy bog‟liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‟ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‟atlariga asoslanib o‟qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta‟riflash mumkin. O‟qituvchining kreativligi, bu uning qat‟iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g‟oyalarni izlab topish laoyiqatidir. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‟rtta kreativlik ko‟nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko‟nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin: 1. Ravonlik. Ko‟plab g‟oyalarni o‟ylab topish ko‟nikmasi ko‟p degan so‟zga asoslanadi. 2. Moslashuvchanlik. Turli
g‟oyalarni o‟ylab
topish ko‟nikmasi o‟zgartirish degan so‟zga asoslanadi.
topish ko‟nikmasi noyob degan so‟zga asoslanadi. 4.Yaratuvchanlik. G‟oyalarni kengaytirish ko‟nikmasi qo‟shish degan so‟zga asoslanadi. Xorijliy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning, ayniqsa, o‟qituvchining kreativligi boshqa (talaba)larni ijodiy jarayonni tashkil etishga ruhlantiradi. “Kreativlik yuqumlilik xususiyatiga egadir; kreativ bo‟lish uchun kishi ko‟proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo‟lishi lozim. Har qanday ko‟nikmani shakllantirish mumkin bo‟lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko‟nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo‟lajak pedagoglarga ham taalluqli bo‟lib, kreativlik ustida ishlash bo‟lajak pedagoglarga
47
noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq, bo‟lajak pedagoglarni ruhlantirish va kreativ bo‟lishga undash o‟qituvchining qay darajada malakali ekanligiga bog‟liq. Kreativlik bo‟yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari bo‟lajak pedagoglarda kreativlik ko‟nikmasini shakllantirishda qo‟llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi muhit, bo‟lajak pedagoglarda fikrlash tarzining shakllanishi, o‟qituvchining yondashuv va strategiyalari elementlarini o‟z ichiga oladi”.
Bo‟lajak pedagoglarni ... - qiziqarli; - murakkab vazifalar; - aniq maqsad va vaqt bilan ta‟minlash Bo‟lajak pedagoglarga ... - kreativlik muvozanatsizlik xissini
yuzaga keltirishini anglatish; - bezovtalik va qo‟rquv hissidan xalos bo‟lishga yordam berish;
kreativ
fikrlash ko‟nikmalarini boshqa ko‟nikmalar bilan rivojlantirishga yordam berish; - “qutqarib” qolish emas, balki yo‟l yo‟riq ko‟rsatish Bo‟lajak pedagoglarni ...
suhbatlar orqali rag‟batlantirish; - konstruktiv sharhlar bilan ta‟minlash; - yangi ko‟rsatmalar bilan tanishtirib borish Bo‟lajak pedagoglar ... - o‟zlarida kreativlikning boshqa turlarini ham rivojlantira olishlari;
guruhda ishlay olishlari; - hissiy jihatdan erkin va ijobiy fikrlarga ega bo‟lishlari uchun poydevor bo‟ladigan muhitni yaratish 48
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi («Xalq so„zi» gazetasi, 1992 yil 15 dekabr, 243 (494)-son; O„zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 y., 1-son, 5-modda; O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 3-4-son, 27-modda; O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011 y., 12/1- son, 343-modda; O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to„plami, 2007 y., 15-son, 152-modda; 2008 y., 52-son, 510-modda; 2011 y., 16-son, 159- modda; 2014 y., 16-son, 176-modda) 2. O„zbekiston Respublikasining qonuni Ta‟lim to„g„risida (O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda; 2013 y., 41-son, 543-modda) 3. O„zbekiston Respublikasining qonuni Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to„g„risida (O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y.,11-12-son, 295-modda; O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to„plami, 2007 y., 15-son, 150-modda; 2013 y., 41-son, 543-modda) 4. Karimov I.A. O„zbekistoning o„z istiqlol va taraqqiyot yo„li. – T.: “O„zbekiston”, 1992. – B. 72 -74. 5. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo„q. Barkamol avlod orzusi. –T.: “SHarq”, 1998. – 81 b. 6. Karimov I.A. YUksak ma‟naviyat – engilmas kuch. – T.: “Ma‟naviyat”, 2011. – 176 b. 7. Karimov I.A. YUksak malakali va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti. – Xalq so„zi – 2012. – 18 fevral. 8. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo„lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir – T.: “O‟zbekiston” NMIU, 2015. – 304 b. 9. Mirziyoyev Sh.M. O„zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 49
qilinganining 24-yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimdagi ma‟ruzasi. – O‟zbekiston ovozi. – 2016. – 8 dekabr. 10. Mirziyoyev Sh.M. Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyoting muhim omili. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni mamlakatning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. – Xalq so’zi. – 2016. – 31 dekabr. 11. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. 12. Muslimov N.A, Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To`rayev A.B. “Innovatsion ta`lim texnologiyalari” – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. -81-b. 13. Muslimov N.A. “Bo`lajak kasb ta`limi o`qituvchilarini kasbiy shakllantirish” /Monografiya. – T.: Fan, 2004. 14. Muslimov N.A. va boshqalar. “Kasb ta`limi o`qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” /Monografiya. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013. 15. Muslimov N.A., Inoyatev U.I., Usmonboyeva M., Inog`omova D. “Pedagogika: 1000ta savolga 1000ta javob” / Metodik qo`llanma –T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012. – 193-b. 16. Ro`ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. “Interfaol metodlar: mohiyati va qo`llanilishi” / Metodik qo`llanma –T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.- 115b. 17. Sayidahmedov N. “ Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”.- T.: Oliy pedagogika instituti, 2003. 18. Sultonova G.A. “Pedagogik mahorat”. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005. 19. Toxtaxodjayeva M.X. “Pedagogika nazariyasi”/ OTM uchun darslik.- T.: “Iqtisod- moliya”, 2010.- 136-140-b.
50
20. Tolipov O`.Q., Usmonboyeva M. “Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari”. – T.: “Fan”, 2006. 21. Tolipov O`.Q., Usmonboyeva M. “ Pedagogik texnologiya: nazariya va amliyot”. –T -.: “Fan”, 2005. 22. Turdiyeva M. “Oliy ta`lim muassasalari talabalrida pedagogik tafakkurni shakllantirish”.- T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.- 38-42-b. 23. Fayzullayeva N. “Pedagogik bilimlar – o`qituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi” / Uzluksiz ta`lim jurnali. – T.: 2006. 6- son. -102-b. 24. Internet manbalari: www.press-service.uz 25. www.gov.uz 26 . www.infocom.uz 27. http://www.bank.uz/uz/publislVdoc. 28. www.press-uz.info 29. www.ziyonet.uz 30. www.edu.uz 31. www.pedagog.uz 32. www.tdpu.uz 51
Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling