Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti psixologiya kafedrasi


Download 302.42 Kb.
bet1/5
Sana27.06.2023
Hajmi302.42 Kb.
#1657260
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ziyodullayeva





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI


0-0 … 00-guruh talabasi
Ziyodullayeva Salomatningning

KURS ISHI
Umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan


MAVZU: « Maktabgacha tarbiya yoshida bilish faolligini oshirishda xayolning roli» mavzusida
Ilmiy raxbar: _______________________________________
Buxoro 2022.y


Kirish

I BOB MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI VA TARBIYASI.


    1. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanish............................................

    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash….

Birinchi bob bo‘yicha xulosa...................................................................................
II BOB. MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDA BILISH FAOLLIGINI OSHIRISHDA XAYOLNING ROLI.

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlarining rivojlanishi

    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasb-hunarga qiziqishni uyg‘otishda o‘yinlardan foydalanish.

III. XULOSA
IV. FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O`zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning haqli ravishda ta’kidlaganidek, -“Tarbiya sohasi islohati bugungi kunning eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammodir”1. Darhaqiqat, huddi shunday. Biz tarixda misli ko‘rilmagan yangi jamiyat qurmoqdamiz. Bu jamiyatning tamal toshini qo‘yish bizning zimmamizga tushgan ekan, uni bajarish mas’uliyatini to‘g‘ri anglash, vijdon amri bilan ado etish g‘oyat murakkab va sharafli burchdir. Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsalar, mustaqil imoratni poydevori shunchalik baquvvat bo‘ladi. CHunki ziyolilar, ayniqsa pedagogika sohasining vakillari ertamizning umidi, davlatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarni tarbiyalaydilar. Tarbiya, ayniqsa inson tarbiyasi bugunimiz emas, balki kelajagimizning ham hayot – mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod to‘g‘ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini to‘g‘ri tushunsa, shubhasiz, erishgan yutuqlarimiz davomiyligi uzilmaydi.
Fikrimizcha, insonni shaxs bo‘lib shakllanishiga elituvchi psixologik sifatlarning poydevori oiladan boshlanadi. Oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo‘nalishi sifatida o‘rganildi. Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas balki, oilasining qarindosh–urug‘lari va yaqin odamlarini, qo‘shnilarining omon esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy kadriyat, inson qalbining gavharidir. Oilaning jamiyat va davlat oldidagi eng birlamchi va asosiy vazifasi unda voyaga etayotgan farzandlarni barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlari, o‘yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachisi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 302.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling