Yodda tuting. Ba’zan fe’l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi
birdan ortiq qo‘shimchalar qo‘shilib kelishi mumkin. Masalan, o‘qi/t –
o‘qi/t/tir, to‘l/dir – to‘l/dir/g‘iz. Bunday holatda orttirma nisbat
ma’nosi kuchayadi.
• Orttirma nisbat qo‘shimchasi bir-biriga ma’nodosh bo‘lib
kelishi mumkin: bit/ir – bit/kaz, ye/dir – ye/giz, kir/giz – kir/it,
ko‘pay/t – ko‘pay/tir, to‘l/g‘iz – to‘l/dir.
• Orttirma nisbat qo‘shimchasi o‘zlik va birgalik nisbat
qo‘shimchasidan keyin qo‘shilishi mumkin: yuv/in/tir, kiy/in/tir.
Yodda tuting. Orttirma nisbat qoʻshimchalari ko‘makchi fe’lli
so‘z qo‘shilmalarida doim yetakchi fe’l tarkibiga qo‘shilib keladi.
M.: yuv+dir+ib ol, yoz+dir+ib turing, o‘yna+t+ib kel.
Bilib oling! Fe’l birdan ortiq nisbat qo‘shimchasini olgan bo‘lishi
mumkin: art+in+ish+di, kel+tir+ish+di, o‘qi+t+tir+ish+di. Bunday
holda savol ikki xil qo‘yiladi:
1. Fe’l qaysi nisbatda?
Javob: Eng oxirgi qo‘shimcha qaysi nisbatninki bo‘lsa, fe’l
o‘sha
nisbatda
deb
hisoblanadi.
M.:
to‘xta+t+il+di,
kiy+in+tir+il+di, yugur+tir+il+di (majhul nisbatda); art+in+ish+di,
kel+tir+ish+di, o‘qi+t+tir+ish+di (birgalik nisbatda).
2. Fe’lda qaysi nisbat qo‘shimchasi bor? Bunda barcha nisbat
qo‘shimchalari inobatga olinadi: to‘xta+t+il+di(orttirma, majhul),
art+in+ish+di(o‘zlik, birgalik).
Nisbat qo‘shimchalari birga kelgan vaqtda, quyidagi tartibda
Do'stlaringiz bilan baham: |