Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Soddagina aytganda, harakat-holat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Soddagina aytganda, harakat-holat va uning bajaruvchisi oʻrtasidagi 
munosabatni ifodalaydigan kategoriyaga nisbat kategoriyasi deyiladi. 


140 
Fe’l beshta nisbat shakliga ega. Ular:
1. 
Aniq nisbat. 4. Birgalik nisbat. 
2. 
Oʻzlik nisbat. 5. Orttirma nisbat. 
3. Majhul nisbat.
Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qoʻshiladi. M.: 
yuv+il+di, yuv+in+di, yuv+dir+di, yuv+in+tir+ish+di. 
 Eslatlma. Fe’l nisbatlarining qoʻshimchalari lug’aviy shakl 
yasovchi qoʻshimcha boʻlib, sodda yasama fe’llarga yasovchi 
qoʻshimchalardan keyin qoʻshiladi. M.: ish+la+sh+di, zavq+lan+tir
yaxshi+la+n+di.
 
Eslatma. 
Ba’zan nisbat qo‘shimchalari ot hamda sifat 
yasovchilardan oldinda boʻladi. M.: sev+in+ch, o‘ch+ir+g‘ich
maqta+n+choq. 
Aniq nisbat 
Bajaruvchisi aniq boʻlgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli 
aniq nisbat deyiladi. 
Nisbat qo‘shimchasi bo‘lmagan fe’l shakliga aniq nisbat deyiladi. 
 
• Aniq nisbatning maxsus qo‘shimchasi yo‘q. 
• Aniq nisbatdagi fe’l tarkibida zamon, mayl, shaxs-son 
qo‘shimchalari bo‘ladi. 
• Aniq nisbatning o‘rni gapning kesimidadir. Demak, uning 
bajaruvchisi gapning egasi sanaladi. Ega gap boʻlagi shaxs yoki 
predmet bo‘ladi. M.: Ra’no javob berish o‘rniga birdan yig‘ladi
ancha vaqt ko‘z yosh to‘kib turdi. Qobil yugurib borib do‘konxona 
eshigidan ko‘chga qaradi. (Abdulla Qodiriy). Bunda harakatning 
bajaruvchisi shaxs. Mashina yengilgina joyidan yurib ketdi. 
 Izoh: Ta’kidlash lozimki, nisbat qo‘shimchasi bo‘lmagan har 
qanday fe’llar aniq nisbatda bo‘ladi degan fikrlar ham bor. 
 
Unutmang. -lan(-la+n), -lash (-la+sh) murakkab fe’l yasovchilari 
bilan yasalgan fe’llar aniq nisbatda bo‘ladi. M.: faxr+lan+moq, 
zavq+lan+moq, 
ot+lan+moq, 
jon+lan+moq, 
ikki+lan+moq, 
ta’jub+lan+moq, 
afsus+lan, 
odat+lan+moq; 
gap+lash+moq, 
hazil+lash+moq, salom+lash+moq, bir+lash+moq, o‘rtoq+lah+moq, 
go‘zal+lash+moq, omma+lash+moq. 


141 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling