149
ESLATMA
!
Ravishdoshning
–a va –y shakllari harakatning
doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. M..: Akam
universitetda oʻqi/y/di.
Yer oʻz oʻqi atrofidan aylan/a/di.
B. Kelаsi zаmоn gumоn shаkli.
Bo‘lishli shаkli
Birlik Ko‘plik
I shахs. bor
аrmаn bor
аrmiz
II shахs. bor
аrsаn bor
аrsiz
III shахs. bor
аr bor
аr (lаr)
Bo‘lishsiz shаkli
Fоrmulasi:
fe’l+
mа+
s+
shахs-sоn qo‘shimchasi:
Birlik Ko‘plik
I shахs. kelmа
smаn kelmа
smiz
II shахs. kelmа
ssаn kelmа
ssiz
III shахs. kelmа
s kelmа
s (lаr)
Mayl kategoriyasi
Fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar,
buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari mayl
shakllari sanaladi.
Soddagina aytganda, so‘zlovchining harakat va holatga
munosabatini ifodalaydigan fe’l shakli mayl kategoriyasi
sanaladi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida mayl kategoriyasining turlicha shakli
qayd qilinadi, lekin darslikda 3 ta shakli berilgan:
1. Xabar mayli; 2. Shart mayli; 3. Buyruq-istak mayli.
Xabar mayli
Harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi haqidagi
xabarni ifodalovchi fe’l shaklidir.
Xabar maylining maxsus qo‘shimchasi yo‘q, chunki u “nol”
ko‘rsatkichlidir.
150
Xabar maylidagi fe’l zamon va shaxs-son qo‘shimchalari shakli
bilan ifodalanadi.
Xabar maylidagi fe’l doim fe’l kesim vazifasida keladi. M.:
Bola
chaqqonlik bilan oʻzini suvga otdi.
Xabar mayli ifoda maqsadiga koʻra darak gapni hosil qiladi,
shuning uchun gap oxirida odatda nuqta qoʻyiladi. M.:
Kabob uchun
shahardan zira-piralarni ham olib chiqib qo‘ydik.
Shart mayli
Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi
uchun shart bo‘lgan harakat va holatni, shuningdek, istak
xohishni bildirgan fe’l shakli shart mayli sanaladi.
Oz yesang, koʻp yashaysan.
Qo‘shimchasi: -sa
II guruh shaxs-son qoʻshimchasi bilan tuslanadi.
I –sh.
- m - k
II –sh.
o‘qi + sa - ng -ngiz
III –sh.
- o o
Shart maylidagi fe’l o‘zi yoki biror bir ko‘rsatkich bilan birga
kelib quyidagi ma’nolarni ifodalaydi :
1. Shart ma’nosini ifodalaydi. M.:
Olim bo‘lsang, olam seniki.
2. Edi(-di), ekan(-kan) toʻliqsiz fe’llari bilan kelib, orzu-istak
ma’nolarini ifodalaydi. M.:
Farzandimiz o‘qishga kirsa edi.
Izoh: -sa edi, -saydi shaklida ham ishlatiladi. M.:
Seni
ko‘rsaydim.
3.Kerak modal so‘zi bilan birga kelib, taxmin, gumon ma’nosini
ifodalaydi. M.:
Darslar tugagan bo‘lsa kerak.
4.Iltimos ma’nosini ifodalaydi. M.:
8-sinf ona-tili kitobini
topsangiz.
5. Bo‘ladi fe’li bilan kelib, mumkinlik, zaruriyat ma’nosini
ifodalaydi. M.:
Davo uchun ilon zahrini ishlatsa bo‘ladi.
6. Nahotki so‘zi bilan kelib, hayratlanish, taajjublanish
ma’nosini ifodalaydi. M.:
Naxotki farzand ota-onasiga qo‘l ko‘tarsa.
7. Payt ma’nosini ifodalaydi. M.:
Ta’til bo‘lsa, ikki smenalik dars
jarayoniga oʻtamiz.
151
➢
Yodda tuting! Shart maylidagi fe’l mustaqil kesim sifatida
kelsa, ifoda maqsadiga ko‘ra istak gapni yuzaga keltiradi: M.:
Men
ham talaba boʻlsam.
❖
Eslatma! Shart mayli qo‘shimchasi
ergash gaplar kesimida
kelib, ularni bosh gapga bog‘ laydi. Bunda ergash va bosh gaplar
quyidagi tartibda keladi:
ERGASH GAP – BOSH GAP.
Do'stlaringiz bilan baham: