Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
Ega ergash gap. M.: Kim birovga choh qazisa, unga o‘zi 
yiqiladi. 
 
Aniqlovchi ergash gap. M.: Siz qaysi kitobni o‘qi desangiz, men 
shu kitobni o‘qiyman. 
 
To‘ldiruvchi ergash gap. M.: Nimani so‘rasangiz, shunga 
javob beraman. 
 
Hol ergash gap. M.: Agar kishi halol mehnat qilsa, u shon-
shuhrat qozonadi. 
Yodda tuting! Agar -sa shart mayli ergash gap kesimida 
kelsa, bunday kesim nomustaqil kesim sanaladi. Tugal fikr 
ifodalamaydi, chunki gap yakka holda qo‘llanilmaydi. 
 
Buyruq-istak mayli 
 
I shaxs. Birlik: -y, -ay, -(a)yin: o‘qi/y, bor/ay, bor/ayin; 
Ko‘plik:  -ylik, -aylik:  o‘qi/ylik, bor/aylik 
II shaxs. Birlik: “nol” -gin, -gil: o‘qi, bor, o‘qi/gin, bor/gin, o‘qi/gil, 
bor/gil 
Ko‘plik: -ng, -ing, -inglar, -laring: oʻqi/ng, bor/ing, 
oʻq/inglar, borlaring 
III shaxs. Birlik:  -sin: o‘qi/sin, bor/sin 
Ko‘plik:  -sin(lar): o‘qi/sinlar, bor/sinlar 
 
 
BILIB OLING! Harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik 
haqidagi buyruq (yoz, kel), istak 
(o‘qiy, kiray, boraylik), maslahat 
(o‘qigin) ma’nolarini bildirgan fe’l shakli buyruq istak mayli
sanaladi. 
Ta’kidlash lozimki, buyruq-istak maylini hosil qiluvchi 
qo‘shimchalar bifunksional qo‘shimchalar sanaladi, ya’ni mazkur 
qo‘shimchalar buyruq-istak maylini ifodalash bilan birga harakat va 


152 
holatni bajaruvchi shaxs va uning sonini ham ko‘rsatadi. M.: 
(Biz)Suhbat aylaylik, (Sizlar)kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar. 
Buyruq-istak maylidagi fe’llar ifodalaydigan ma’nolar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling