153
xabar, mazmunan
shart maylida (
va’da bersang, bajar).
Mehnatni
ular qilsin-u, foydani biz koʻraylik. Izoh: Shaklan
buyruq-istak
maylida, mazmunan
xabar maylida.
Shaxs-son kategoriyasi
Fe’ldan ifodalangan harakat va
holatni bajaruvchi shaxsni
bildirib, fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bog‘lab
keluvchi shakllar
shaxs-son shakllari sanaladi.
Men bu yo‘ldan necha bor qishlog‘imga o‘tganman.
O‘zbek tilida harakat va holatni bajaruvchi shaxs 3 ta:
I shaxs –
so‘zlovchi;
II shaxs –
tinglovchi;
III shaxs –
o‘zga.
Shaxs ma’nosi maxsus qo‘shimchalar vositasida ifodalanadi.
Yoza + man I shaxs – birlik.
Yoza + miz I shaxs – koʻplik
Yoza + san II shaxs – birlik.
Yoza + siz II shaxs – koʻplik
Mazkur qo‘shimchalar nafaqat shaxsni, balki harakat va holatni
bajaruvchi shaxslar sonini ham ko‘rsatadi.
Bilib oling! Fe’lning shaxs-sonda ifodalanishi tuslanish deyiladi,
shuning uchun shaxs-son qo‘shimchalari tuslovchi qo‘shimchalar
deyiladi. M.: Men hozir uyga boraman.
➢
Yodda tuting! Ega va kesim I va II shaxsda shaxs-songa
moslashishi shart. Agar kesim I yoki II shaxsda bo‘lsa, gapda ega
gap bo‘lagi shaklan ifodalanmasligi, ya’ni yashirinishi mumkin,
lekin mazmunan anglashilib turadi. M.:
(Men) O‘shanda yetti yoshlarda edim. (Sen) To‘g‘ri gapirding.
Shaxs-son kategoriyasining III shaxs shakli ham insonga
nisbatan (
Dilshod ishlayapti.), ham jonli-jonsiz predmetga nisbatan
(
Mashina ishlayapti.) ishlatiladi.
O‘zbek tilida shaxs-son qo‘shimchalarining 4 ta guruhi, ya’ni 4
ta tuslanish sistemasi mavjud.
Demak, shaxs-son qo‘shimchalari fe’l
anglatgan harakat va
holatni bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalash uchun xizmat
qiladi. Soddagina aytganda, gapning egasi
va kesimini shaxs-sonda
moslashtirib, ularning grammatik aloqasini ta’minlaydi.
Fe’lning
shaxs-sonda o‘zgarishi
tuslanish deyiladi, shuning uchun
shaxs-son
Do'stlaringiz bilan baham: