Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qismi yakka ishlatilmaydigan fe’llar
- Takroriy fe’llar.
- Qo‘shma fe’llar
- 2. Fe’l bo‘lmagan so‘z + fe’l
2. Qismlari o‘zaro antonim: kelib-ketib, o‘lib-tirilib, kirib-chiqib,
o‘tirib-turib. 136 3. Qismlarining ma’nosi yaqin: aylanib-o‘rgilmoq, achib-bijib, baqirib-chaqirib, ko‘rgan-bilgan, oshirib-toshirib, ochilib-sochilib, oqizmay-tomizmay, yeb-ichmoq, yelib-yugurmoq, yayrab- yashnamoq, o‘ynab-kulmoq, yuvib-tarab, o‘tgan-ketgan, qisinib- qimtinib, qo‘shilib-qorilib. Ikkinchi qismi yakka ishlatilmaydigan fe’llar: aldab-suldab, yig‘lab-siqtab, qolgan-qutgan, yamab-yasqab. Turli fe’llardan tashqari bir fe’lning ikki shakli ham juftlashishi mumkin: 1. Fe’l funkstional shakllarining bo‘lishli va bo‘lishsiz ko‘rinishlari: aytish-aytmaslik, bo‘lar-bo‘lmas, yetar-yetmas, bilib-bilmay. 2. Ravishdostxning har xil qo‘shimchalarini olgan fe’llar: keta- ketguncha, o‘la-o‘lguncha (bular ravishga ko‘chgan deb hisoblanishi ham mumkin). Takroriy fe’llar. Fe’llar asosan ravishdosh va sifatdosh shakllarida takrorlanadi. M.: yurib-yurib, kula-kula, yig‘lay-yig‘lay, turib-turib, pishgan-pishgan, chiniqqan-chiniqqan. ESLATMA ! O‘zak holidagi va aniq o‘tgan zamon shaklidagi takroriy fe’llar odatda otga ko‘chadi: yugur-yugur, chopa-chop, mindi-mindi, dedi- dedi. Qo‘shma fe’llar tarkibidagi qismlarning qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: 1. Fe’l + fel tipidagi qo‘shma fe’llar. Bular barmoq bilan sanarli: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq, chiqarib olmoq. 2. Fe’l bo‘lmagan so‘z + fe’l tipidagi qo‘shma fe’llar. Bular ancha ko‘p. Ularni hosil qilishda qilmoq, etmoq, aylamoq, bo‘lmoq, bermoq, olmoq, topmoq, urmoq, ko‘rmoq, kelmoq, keltirmoq kabi yordamchi fe’llar qatnashadi. M.: abgor bo‘l//et, ado bo‘l//et/qil, aziyat chek//tort, azm et//qil, azob ber//tort//chek, ayb et//qil, ayyuhannos sol/ /tort, aks et, alik ol, amal ol//qil, ato et//qil, afv et//qil, afsus et//qil; bayon ayla//et//qil, bajo ayla//et//qil//keltir, band et//qil//bo‘l, barbod ayla//qil//et//bo‘l, barpo et//qil, baraka top, barham ber//top, barq ur, baxsh et, baham ko‘r, baho ber, bahra ol// top, bahramand bo‘l, bahs et//qil, bedor bo‘l//et, bezor bo‘l//qil, bid-bid qil, bino bo‘l//qil//qo‘y, bong ur, bunyod qil//et; da’vat et//qil; faraz qil, faryod sol//chek//ur// qil, fatvo ber, fosh et//qil; garov bog‘la//o‘yna, girgitton bo‘l, giriftor bo‘l//qil, gum bo‘l//qil, gumdon bo‘l//qil; havas 137 qil, hal bo‘l//qil, hazm qil, hurmat qil; izza bo‘l//qil, izn ber//so‘ra, izhor et//qil, imo et//qil, inkor et//qil, intizor bo‘l//et//qil, in’om et//qil, isyon ko‘tar//qil, isloh et//qil, isnod keltir, iste’fo ber, istilo qil/ /et, itoat qil, ifoda et//qil, ixtiro et//qil, ishtirok et, ishg‘ol et//qil, iqror bo‘l//qil; jabr ko‘r//qil, javob ber//ol//qaytar, jazm et//qil, jalb et//qil, jiz et, jilva qil, jilo ber, judo bo‘l/ /qil; kalla ur//tashla, karomat qil//ko‘rsat, kasal bo‘l, kashf et//qil, ko‘ngil ber//qo‘y; lat ye; madh et//qil, mazax qil, mayl qil//ko‘rgiz, mashq qil, mag‘lub bo‘l//qil//et, mahv et//qil, mahliyo bo‘l//qil//et, muolaja qil, musodara qil//et, muhayyo qil, nazar sol//et, nazorat qil//et, namoyon bo‘l//et//qil, namoyish qil//et, nasib bo‘l//et//qil, nashr et//qil, na’ra tort//ur, nido qil; ovora bo‘l//qil, ogoh bo‘l//qil, odim ot// tashla, ozod bo‘l//et//qil, ont ich, orzu et//qil, oro ber; paydo bo‘l//et, payhon qil, pand e, parvo et//qil, parvoz et//qil, peshvoz chiq, pisand et // qil, poymol et//qil; qadam bos//tashla/ /qo‘y, qayd et//qil, qalam sur//tebrat, qarshi ol, qasamyod et//qil, qatl et//qil, qiron kel//sol, qulluq qil, qo‘zg‘olon qil//ko‘tar; ravo ko‘r, ravshan et, razm sol, rasvo bo‘l//et//qil, rashk qil, raqs et//-ga tush, rioya et//qil, ro‘y ber, ro‘yobga chiq; sajda qil, sayr et//qil, sarson bo‘l//et//qil, sodir bo‘l//qil, sukut et//qil//saqla, suron sol; tabassum qil//et, tavallo qil, tavof et//qil, tavsiya et//qil, tadqiq et//qil, tayyor bo‘l//et// qil, talaffuz et//qil, talqin et//qil, tan ber//ol, tanovul et// qil, tantana qil, tanqid qil, tarannum et, tarjima qil, tark et// qil, tasalli ber, tasavvur qil, targ‘ib et, tasdiq qil, taslim bo‘l, taxmin qil, tashkil top, ta’lim ber//ol, ta’sir et//qil, ta’qib et/ /qil, taqdim et//qil, taqozo et//qil, tahlil et//qil, tob ber// keltir, tor-mor qil//et; uh tort; vasf et, vafot et//qil, voz kech, voyaga et, voqe bo‘l; yod et//ol; xabar ber//ol//qil, xalal ber//et, xalaqit ber, xalos bo‘l//qil, xarid qil, xafa bo‘l//qil, xulosa qil, xunob bo‘l//qil, xurrak ot//tort, xursand bo‘l//qil, xushtor bo‘l; yo‘l bos//ko‘rsat//ol//qo‘y; zabt et//qil, zada bo‘l//qil, zikr et//qil, zos bo‘l//ket, zomin bo‘l, zor bo‘l//qil; g‘arq bo‘l//et//qil; shaydo bo‘l//qil, shalabbo bo‘l, sharhet//qil, shikoyat et // qil, shod bo‘l // et // qil, shitir // shiq // shig‘ // shuv // yalt // yarq // qilt // qimir // g‘iz // g‘iq et //qil; chakak ur, chalp // chirs // cho‘lp // chiqir // churq et [5.71-75]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling