Tuslanishsiz fe’llar – zamon, mayl, shaxs-son qoʻshimchalarisiz
keladigan fe’llardir. Tuslanishsiz fe’llarga fe’lning vazifadosh
shakllaridan sof fe’ldan tashqari quyidagi uchtasi kiradi.
Harakat nomi – fe’lning otga xoslangan shakli boʻlganligi uchun
otga xos egalik, kelishik qoʻshimchalarini qabul qilib turlanadi, lekin
mutlaqo yakka holda shaxs-son qoʻshimchalarini qabul qilib
tuslanmaydi.
BILIB OLING! Fe’lning harakat nomi kerak, shart, lozim, zarur kabi
modal ma’noli soʻzlar bilan birgalikda kelib tuslanadi. M.: Men oʻqish/im
kerak.
Sifatdosh. Ma’lumki, sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shaklidir.
Agar sifatdosh sifat kabi ot oldidan kelib, uning belgisini ifodalasa,
tuslanishsiz fe’l sanaladi. M.: Oʻtilgan mavzu, borar manzil,
boʻlajak talaba.
Ravishdosh - ravish soʻz turkumi kabi fe’l kesimga bog’lanib
harakat va holatning belgisini ifodalasa tuslanishsizdir. M.: bilib javob
berdi, shoshib keldi. koʻrgani bordim.
❖
UNUTMANG!
Sifatdosh hamda ravishdosh fe’l kesim sifatida
kelsa, tuslanishli fe’l hisoblanadi. Men misolni yechgan/man. Men
darsda oʻtirib/man.
BILIB OLING!
Fe’lning koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasining
tuslanishli yoki tuslanishsizligi koʻmakchi fe’lga qarab aniqlanadi:
yoza boshladim, oʻqib yuribman, chiqib qaragin
Fe’lning yasalishi
Fe’llar affiksastiya, kompozistiya hamda leksik-semantik va
fonetik usullar yordamida yasaladi.
Kompozistiya yo‘li bilan keyingi faslda ko‘rib o‘tiladigan juft,
takroriy va qo‘shma fe’llar yasalgan.
133
Do'stlaringiz bilan baham: |