Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Oʻtimli fe’l 
Oʻzlik nisbatdagi oʻtimsiz fe’l 
koʻylakni kiymoq 
xonada kiyinmoq 
sochni taramoq 
uyda taranmoq 
yuzni artmoq 
sochiqda artinmoq 
 
Majhul nisbatdagi oʻtimsiz fe’l 
kitobni olmoq 
kitob olindi 
xatni yozmoq 
xat yozildi 
paxtani termoq 
paxta terildi 
UNUTMANG
! Birgalik nisbat qoʻshimchalari oʻtimli va oʻtimsiz 
fe’llarga ta’sir koʻrsata olmaydi. Chunki birgalik nisbat qoʻshimchasi 
oʻtimli fe’lni oʻtimsizga yoki aksincha oʻtimsiz fe’lni oʻtimli fe’lga 
aylantira olmaydi. M.: mashinani olishdi, uyga joʻnashdi. 
Demak, tahlillardan koʻrinyaptiki oʻzlik hamda majhul
nisbatlarning qoʻshimchalari oʻtimli, oʻtimsiz fe’llarni hosil qilishda 
orttirma nisbat shakllari bilan oʻzaro zidlanadi. 
BILIB OLING!
Koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmalarida oʻtimli-
oʻtimsizlik yetakchi fe’lga nisbatan aniqlanadi. M.: Oʻtimli fe’lga 
misol: mavzuni aytib tur, kinoni koʻrib boʻlmoq, yutuqlarni sanab 
oʻtmoq. Oʻtimsiz fe’lga misol: xonada uxlab turmoq, uyiga ketib 
qolmoq, tashqariga chiqib oʻtirmoq. 


132 
Tuslanishli va tuslanishsiz fe’llar 
 
 
Fe’llarning shaxs-son, mayl, zamon qoʻshimchalarini olib 
oʻzgarishi tuslanish deb yuritiladi. 
Tuslanishli fe’l–zamon, mayl, shaxs-son shaklidagi fe’ldir. 
Yozyapman – I shaxs birlik, hozirgi zamon davom, xabar mayli 
shaklidagi fe’ldir; oʻqishga kirsam – I shaxs birlik, kelasi zamon 
maqsad, shart mayli shaklidagi fe’ldir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling