129
2. Nisbat kategoriyasi;
3. Mayl kategoriyasi;
4. Zamon kategoriyasi;
5.Shaxs-son kategoriyasi.
IX. Fe’l 3 xil nokategoryal shaklga ega.
1. Sintetik shakl:
quv/la, kul/imsira, chay/qa, ez/g’ila.
2. Juft shakl:
koʻrib-bilib, oʻtirib-turib, oʻynab-kulib.
3. Takroriy shakl:
yugura-yugura, tura-tura.
X. Fe’lning faqat va faqat sifatdosh shakligina otlashib keladi,
xolos. M.:
Intilganga tole yor.
Fe’lning sintaktik xususiyatlari
I. Fe’lning asosiy sintaktik vazifasi
kesim boʻlib kelishdir.
Fe’l 2 xil
kesim vazifasida keladi:
1. Asosan fe’l kesim sifatida keladi. Bunday kesimlar sof fe’l,
sifatdosh, ravishdosh bilan ifodalanadi. M.:
Akbarjon oʻynayapti.
Karim topshiriqni bajaribdi.
2. Ot kesim.
Ta’kidlash lozimki, fe’lning harakat nomi kesim
sifatida kelsa, bunday kesim ot kesim sanaladi. M.:
Oʻqimoq –
yuksalmoq.
II. Fe’lning ravishdosh shakli fe’l kesimga bog’lanib,
hol vazifasida
keladi. M.:
Oyim toʻyxonaga chiqdi-yu, yelib-yugurib xizmat qilib
ketaverdi.
III. Fe’lning sifatdosh shakli otga bog’lanib,
sifatlovchi-aniqlovchi
vazifasida keladi. M.:
Berilgan topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi
lozim.
IV. Fe’lning harakat nomi otga xos boʻlganligi uchun
undalma
Do'stlaringiz bilan baham: