Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

1. Tuslanishli fe’llar. Bunday fe’llar mayl, zamon, shaxs-son 
shaklda boʻladi. M.:oʻqidim(-ng), boraman(-san, -di, -miz, -siz, -
dilar), yozay(-gin, 
 -sin, -aylik, -inglar, -sinlar). 
  2. Tuslanishsiz fe’llar. Bularga harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, 
ya’ni fe’lning vazifadosh shakllari kiradi. M.:shoshilib javob bermoq, 
oʻqiy-oʻqiy uxlamoq; yozuv, oʻquv, yozish, qaytish; oqar (suv), 
boʻlajak (muallim), oʻtgan (mavzu). 
V. Fe’llar tuzilishiga koʻra toʻrtga boʻlinadi: 
1. Sodda fe’l – bir asos(oʻzak)dan iborat. Ular ham ayni paytda 
tarkibiga koʻra ikkiga boʻlinadi. 
A. Sodda tub – oʻqimoq, yozmoq, kelmoq. 
ESLATMA
! Fe’llar lug’atlarda va matndan tashqarida -moq 
shaklida beriladi: koʻrmoq, eshitmoq, bilmoq. 
B. Sodda yasama: ish/la(moq), shod/lan(moq), yangi/la(moq). 
2. Qoʻshma fe’llar – birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar 
orasiga boshqa qoʻshilmalarni qoʻshib boʻlmaydigan, bitta soʻroqqa 
javob boʻladigan fe’llardir. M.:bunyod qilmoq, taq etmoq, sayr 
etmoq, eski boʻlmoq, bir boʻlmoq, chirs etmoq, kirib chiqmoq. 
3.Juft fe’llar – ikki fe’l juftligidan tashkil topgan, bitta soʻroqqa 
javob boʻluvchi va gapda bitta gap boʻlagi vazifasida keluvchi 
fe’llardir.M.: Oldi-qoʻydi, yozdi-qoʻydi, sindi-qoldi. 
UNUTMANG
. Oldi-berdi, oldi-sotdi, bordi-keldi kabi juft soʻzlar 
otga koʻchib oʻtgan, shuning uchun bular juft ot sanaladi. 
4.Takroriy fe’llar – asosni takrorlash bilan hosil boʻlgan fe’llardir. 
M.: bora-bora, yugura-yugura, yiqila-yiqila, yurub-yurub, turib-turib.  
VI. Fe’llar obyektga munosabatiga koʻra, ya’ni tushum kelishigidagi 
soʻzni boshqarish boshqarmasligiga koʻra ikkiga boʻlinadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling