Ot va uning kategoriyalari


Download 56.62 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi56.62 Kb.
#1376360
  1   2
Bog'liq
OT VA UNING KATEGORIYALARI

OT VA UNING KATEGORIYALARI


REJA :
  • So’z turkumlarini tasniflash tamoyillari.
  • Ot va uning UGM si.
  • Otlarda sintaktik kategoriyaning voqelanishi.
  • Otlarning yasalishi.

Predmetlik ma'nosini ifodalovchi, son, egalik kelishik kategoriyalariga ega bo’lgan, gapda ega, bo’laklar hamda undalma vazifasida keluvchi mustaqil so’z turkumi ot hisoblanadi.
kesim va boshqa
Predmetlik juda keng ma'no sanalib, ob'ektiv olamdagi konkret jonli va jonsiz narsalarni ham, tabiiy hodisalarni ham (bulut, shamol, dovul kabi), mavhum tushunchalarni ham (aql, tush, muhabbat kabi), afsonaviy tushunchalarni ham (dev pari), ilmiy tushunchalarni ham o’z ichiga oladi.
Ot morfologik jixatdan o’ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Ular ichida kelishik va son paradigmasi doimiy barqaror, egalik paradigmasi esa ikkinchi darajali, beqaror belgi sanaladi.
Kelishik va son shakllarining doimiy va barqaror morfologik belgi ekanligi shundaki, har bir ot nutq jarayonida, albatta, ana shu shakllardan birini oladi. Egalik paradigmasining ikkinchi darajali, beqaror belgi sanalishining sababi, ot nutqda doimo egalik shakliga ega bo’lishi shart emas. Zarur hollardagina bu shakllardan foydalaniladi.
Ot gap tarkibida barcha gap bo’laklari vazifasida kela oladi. Bulardan ega, kesim (ot kesim), qaratqich aniqlovchi, izohlovchi, to’ldiruvchi, hol vazifalarida kelishi uning birlamchi sintaktik vazifasi, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi esa ikkilamchi sintaktik vazifasidir. Otlar borliqdagi qanday narsalarning nomini bildirishiga ko’ra atoqli va
turdosh otlarga bo’linadi. Bunday bulinish faqat mazmuniy nuqtai nazardangina emas, balki grammitik jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Chunki qanday ot bo’lish ularning morfologik belgisiga ham ta'sir qiladi. Ma'lum morfologik shakl otning bu ikki ma'no turiga turli Grammatik semalari bilan qo’shiladi.
Atoqli va turdosh otlar borliqdagi predmetlarni nomlash darajasi bilan ham bir-biridan farq qiladi.
Turdosh otlar bir turdagi predmetlarning umumiy nomi sifatida birlamchi nom hisoblanadi. Shuning uchun ham turdosh otlarning moddiy (shakliy) tomoni bilan borlikdaga ―predmetlik‖ ma'nosi o’rtasidagi uzviy bog’lanish til egasi ongida qat'y o’rin oladi. Masalan, t-o-l tovush qatori barqaror holda «ko’p yillik mevasiz, tarvaqaylab o’suvchi daraxt» ma’nosi bilan uzviy bog’langan. Bu tovush kompleksini eshitgan har bir til egasi uni shu predmet bilan bog’lay oladi.
Atoqli otlar esa bir marta nomlangan predmetlardan bittasini ajratish uchun qayta nomlangan ikkilamchi nomlardir.
Atoqli otlar borliqdagi nimalarning xususiylashtirilgan nomi ekanligi nuqtai nazaridan quyidagi guruhlarga bo’linadi
1) Antroponimlar – shaxslarga qo’yilgan nomlar;
  • Zoonimlar – hayvonlarga qo’yilgan nomlar;
  • Toponimlar – geografik obe’kt nomlari;
  • Astronomimlar – osmon jismlari nomlari;
  • Kosmonimlar – kosmik maydon nomlari;
  • Teonimlar - olloh va ilohiy tushunchalarni bildiruvchi atoqli otlar;
  • Xrematonimlar - madaniy buyum nomlari;
  • Fitonimlar – o’simlik nomlari;
  • Anemonimlar - tabiiy ofat nomlari;
  • Xrononimlar - vaqt nomlari: temuriylar davri, «Navro’z bayrami.

Turdosh otning har biri atoqli otlar uchun umumiylik sifatida paradigma asosi bo’lishi mumkin. Masalan, kishi — Olim, Jo’ra, Ismoil; ayol — Salima, Karima; shahar — Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi.
Turdosh va atoqli otlar o’rtasidagi farqlovchi belgi umumiylik - xususiylikdir. Turdosh otlar bir turdagi predmetlar-hodisalar, harakat-holatlarning umumiy soni sanalsa, atoqli otlar ma'lum turga mansub bo’lgan predmet, hodisa, holatlaning bittasini ajratshl uchun maxsuslashtirib qo’yilgan ikklamchi nomidir. Turdosh otlar atash (nominatsiya) ma'noga ega bo’lsa, atoqli otlar bunday xususiyatga ega emas. Turdosh otlaning shakl va mazmuni o’rtasidagi aloqa ijtimoiy-ruhiy, do miy va ob'ektiv xarakterga ega bo’lsa, atoqli otlardagi shakl va mazmun o’rtasidagi munosabat nisbiy, shartli, sub'ektiv xarakterga egadir. Bu jiqatdan turdosh va atoqli otlar o’zaro privativ zidlanishga ega.
Bu zidlanish uchun asos bo’lgan quyidagi farqlovchi belgilarni ajratish mumkin:

Farqlovchi
belgililar
Otning turlari

Umumiylik
xususiylik belgisi

Atash ma’nosi

Shakl va mazmun o’rtasidagi aloqa

U

X

Ijtimoiy

Sub’ektiv

Turdosh

+

-

+

+

-

Atoqli

-

+

-

-

+

Ko’rinadiki, turdosh va atoqi otlar o’rtasidagi birinchi uchinchi belgiga ko’ra ekvipolent, ikkinchi belgiga ko’ra esa privative zidlanish mavjud.
Atoqli otlarning mazmuniy guruhini quyidagi jadvalda ko’rsatish mumkin.


Download 56.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling