Reja: kirish. Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil ma'lumot 2
Download 64 Kb.
|
Jizzax viloyati. Javohir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil malumot
REJA: KIRISH. 1.Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil ma'lumot 2.Jizzax viloyati oronimlari va toponimlari 3.Jizzax shahri toponimining kelib chiqishi tarixi XULOSA Kirish Ma’lumki, ko’pgina toponimlar zaminida oddiy atamalar, turdosh so’zlar yotadi. Shu bilan birga bir qancha joy nomlari ayrim shevalargagina xos so’zlardan tarkib topgan. Geografik obyektlar qancha ko’p va xilma-xil bo’lmasin, xar birining nomi bor, ularda sodir bo’lgan o’zgarishlarning sabablarini aniqlash, o’rganish, tahlil qilish va taqqoslash, albatta, xalqning ijodiy mahsuli bo’lgan joy nomlarini o’rganishdan boshlanishi kerak. Yer yuzida millionlab geografik nomlar - toponimlar mavjud. Yer yuzidagi har bir geografik obyekt, hodisa va voqeaning o'z nomi bor. Har bir dengiz, har bir daryo, har bir tog'u - cho'qqi, har bir shahar, qishloq, har bir daha, har bir mahalla, ko'cha o'z nomiga ega. Geografik nomlarga shunday o'rganib ketganmizki, hatto, ularning mavjudligini ham unutib qo'yamiz. Faraz qilaylik, bir zum geografik nomlar yo'qolib qoldi deb: kim qayerga borishini ham, qayerdan kelayotganini ham, shuningdek qayerda yashashini ham bilmay qoladi. Geografik nomlar hayotiy zarurat bo'lib qolgan. Geografik nomlar asosan ikki xil bo'ladi: ayrim geografik obyektni bildiruvchi atoqli ot, nom va geografik obyekt hamda voqea, hodisalarning, umumiy nomini bildiruvchi turdosh otlar. Atoqli geografik nomlar toponimlar deyiladi. Yunoncha topos - joy va onoma - ism, nom so'zlaridan tashkil topgan. 1.Jizzax viloyati toponimlari haqida batafsil ma'lumot Viloyatning ma'muriy-hududiy bo‘linishi kesimida joy nomlari tahlil qilinganda tumanlar toponimiyasining shakllanishida ham leksik, ham semantik jihatdan muayyan tafovutlar borligi aniqlandi. Masalan. Zomin, Yangiobod, Baxmal tumanlari aholi punktlari nomlari tarkibida turkiy toponimlar bilan birga qadimiy sug'diy va eroniy substrat toponimlar ham uchraydi. G'allaorol, Jizzax va Forish tumanlari toponimiyasi tarkibida etnotoponimlar va joyning geografik xususiyatiga qarab nomlangan geografik obyektlar ko'proq. Viloyatning shimoliy cho'l mintaqasidagi Paxtakor, Do’stlik.Zafarobod, Arnasoy, Mirzacho'l, Zarbdor tumanlarining oykonimiyasi tarkibida antroponimlar va agroonimlar ko'pchilikni tashkil etadi.Viloyatning janubiy tog'li qismida joylashgan qishloqlarda aholi qadimdan yashab kelgan, shimoliy cho'l hududlarida esa aholi punktlari asosan, Jizzax cho'lining o'zlashtirilishi natijasida bunyod etilgan. Shu sababdan viloyatning janubiy tog'li hududlaridagi substrat (tubjoy) oykonimlar ko'p asrlar davomida shakllangan bo'lsa, tekislik qismidagi nomlarning asosiy qismini keyingi davrlarda yaratilgan sun’iy nomlar tashkil qiladi.Mutaxassislarning fikricha, viloyatning tabiiy sharoiti, iqtisodiy- ijtimoiy ko'rsatgichlari, etnografiyasi, geografik terminlari, aholining etnik tarkibi kabi omillar oykonimlarning shakllanishiga ta’sir ko'rsatgan. Masalan, viloyatning shimoliy tekislik qismida Jizzax cho'lining o'zlashtirilishi natijasida paydobo'lgan oykonimlar asosan dehqonchilik madaniyati bilan bog'liq.Cholquvar, Paxtakor, Gulzor, Chamanzor. Navbahor. Yangidala kabi oykonimlar o'sha davr ruhini aks etadi.Bu nomlar xalqning qaqrab yotgan cho'lni obod qilib. dehqonchilikda erishgan yutuqlarining natijasi, ya'ni inson qo'li bilan o'zlashtirilib obod qilingan ma'noni anglatuvchi nomlardir. Bu tur nomlarning pavdo bo'lishi xalqning yangi yerlarni o'zlashtirishi, yangi qurilishlar majmuini bunyod qilishi kabi ijodkorlik, cho'lquvarlik, yangi dehqonchilik manzillari yaratishi bilan bog'liq.Viloyatning tog‘ oldi hududlarida xalqning tabiatga bo'lgan munosabati, tabiiy hodisalarni anglash darajasi, turli xil landshaftlardan foydalanish imkoniyatlari kabi omillar joy nomlarining yaratilishida moddiy, ijtimoiy va lisoniy asos vazifasini bajargan. Natijada, mahalliy aholining moddiy ishlab chiqarish munosabatlarini belgilaydigan Lalmikor. G'allakor, Adirobod, iqlimi va tuproq sharoitlariga munosibati natijasida Dovul. Loyqa, Yoyilma kabi nomlar paydo bo'lgan.Tog' li hududlarda joylashgan aholi punktlari nomlari ko'pincha, mahalliy xalqning o'troq hayotga, turg'un turmush kechirishga o'tish jarayonini o'zida aks etgan. Bunday oykonimlar ko'pincha tarixiylik maqomiga ega, bunga ularning qachon paydo bo'lganligi, nom yaratgan xalqning ma'lumligi, shu turdagi nomlarning boshqa hududlarda ham uchrashi, tilning zamonaviy holali bilan izohlab bo'lmasligi kabi dalillarni ko'rsatish mumkin. Chunonchi, Jizzax viloyatining bir qancha tumanlarida tangi (tor dara), gaza (tog’ qirrasi), zov (tik qoya), qashqa (yo’l o’tgan tepalik, tog’ suvi), tagob (takob - suv yoqasi, o’zani, dara), shiver (botqoqlik), aqba- ovg’a (tog’ dovoni) kabi geografik atamalar xalq shevalarida juda faol ishlatiladi va ayni vaqtda bu tumanlarda ana shu so’zlar asosida paydo bo’lgan toponimlar uchraydi. Shu narsa e’tiborga molikki, yuqorida qayd qilingan so’zlarning ko’pchiligi qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda, chunonchi, Mahmud Koshg’ariy «Devoni»da, «Boburnoma»da uchraydi. Demak, bu atamalar ilgari vaqtlarda hozirgiga nisbatan ancha keng doirada ishlatilgan. O’zbekiston toponimiyasining xarakterli xususiyatlaridan yana biri unda etnotoponimlarning, ya’ni turli millat, xalq, elat, qabila va urug’-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlarning nihoyatda keng tarqalganligidir Mintaqa joy nomlari xususan mikrotoponimlar ichida antropotoponimlar, ya’ni kishilarning ismi, familiyalari hamda laqablari bilan ataladigan toponimlar son jihatidan etnotoponimlardan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Ba’zi bir kishi ismlarini bilib olish oson emas. Kishi ismlari orasida sarimsoq, piyoz, hatto yovshon (shuvoq) kabi o’simlik nomlari, yo’lbars, sher, bo’ri, to’ti, qo’zi, to’qli, xo’roz kabi hayvon nomlari uchraydi. Kishilarning laqablari ayniqsa, xilma-xil bo’lgan. Laqab ko’pincha, familiya rolini o’tagan deyish mumkin. Bir xil ismli (adash) kishilarda har birining o’z laqabi bo’lgan. Zomin tumani Tamtum qishlog’idagi kishilar laqablaridan misollar keltiramiz: Boy Sariboy- Sarimesh (semiz kishi bo’lgan), Sariboy do’shi keng (ko’kragi keng kishi ekan), Sulton dev - Sulton qayqi, Bo’ronboy beparvo - Bo’ronboy ko’zi yomon (shilpiq ko’z), Musa teshik (oqma) - Musa it etmas (chopqir), Abdi yo’g’on (o’jar odam bo’lgan) - Abdi devona (bechoragina kishi bo’lgan) - Abdi zarang (garang - qulog’i og’ir kishi o’tgan). O’zbekiston tomonlarining grammatik xususiyatlari to’g’risida shuni aytish kerakki, toponimlarning ko’pchiligi ikki va uch komponentdan tuzilgan. Bob,Yom, So’x, Pop kabilar bir komponentli elliptik, ya’ni qisqargan toponimlardir. Antropotonimlar, ayniqsa, etnotoponimlar ham bir komponentli bo’lishi mumkin. Qo’ng’irot, Chinoz, Boyovut, Beruniy, Navoiy ana shunday nomlar jumlasidan. Boshqa turkiy toponimlar kabi, o’zbekcha toponimlar orasida ham fe’l shakllari keng tarqalgan. Kuyganyor, Qolgan Sir, Qolgan Chirchiq, Shomurot yorgan. Fe’llar mikrotoponimlar tarkibida ayniqsa, ko’p uchraydi: G’ajiruchti, Takasakragan, Qatiqto’kildi va hokazo. O’zbekcha toponimlarda geografik atama (indikator, nomenklatura atama, turdosh so’z) toponim oxirida, aniqlovchi esa so’z boshida keladi: Toshkent, Mirzacho’l, Dehqonobod, Oyoqquduq va hokazo. Geografik nomlar, ayniqsa, mikrotoponimlar ba’zan butun-bir gaplardan iborat bo’ladi: qozoqoldi kalonyuqori, qozoqoldi kalono’rta, Mulla qoraning eri, Yo’ldoshning oti yiqilgan (qoya) va hokazo. Boshqird olimi J.G.Kiekboev ana shunday toponimlarga Amin Mulla besen sapkan — «Mulla Amin pichan chopgan (er)» degan topo-nimni misol qilib keltiradi. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling