Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

 
 
Yordamchi fe’llar 
 
Oʻzbek tilida yordamchi fe’llarning uch koʻrininshi farqlanadi. 
1.Toʻliqsiz fe’llar. 
2.Yordamchi fe’llar. 
3.Koʻmakchi fe’llar. 
Toʻliqsiz fe’llar. Edi, ekan, emish, emas, erur. Toʻliqsiz fe’llar 2 
xil vazifa bajaradi. 
A. Mustaqil fe’lga bog’lanib, fe’lning analitik shaklini, ya’ni  
toʻliqsiz fe’lli soʻz qoʻshilmasini  hosil qiladi. M.: oʻqigan edi (emish), 
borgan emas, borar edi. 
Bunda toʻliqsiz fe’llar oʻtgan zamon shaklidagi fe’llarni 
hosil qiladi, shuningdek, tasdiq va inkor mazmunini ham 
ifodalaydi. 
B. Ot kesim tarkibida bog’lama vazifasida keladi. M.:
 Nigina abituriyent edi. Ota-onaning ishonchini oqlash – buyuk saodat 
ekan. 
Koʻmakchi fe’llar. Fe’l soʻz turkumida shunday fe’llar borki, ular 
mustaqil fe’l boʻlish barobarida oʻz leksik ma’nosini yoʻqotib, 
koʻmakchi fe’l vazifasida keladi hamda oʻzidan oldingi mustaqil – 
yetakchi fe’lga bog’lanib, koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasini hosil 
qiladi va mustaqil fe’l mazmuniga oʻziga xos XGM qoʻshadi. 
M.:oʻqib yotmoq, oʻqib yurmoq, oʻqib turmoq ( harakatning 


127 
davomiyligi), oʻqiy boshlamoq ( harakatning boshlanishi). 
(Komakchi fe’llarga qaralsin).
Yordamchi fe’llar. Mazkur fe’llar 2 xil vazifa bajaradi. 
1.Boʻlmoq, qilmoq, chekmoq, bermoq, ekmoq, oʻramoq kabi 
yordamchi fe’llar kompozitsiya usuliga koʻra fe’l+fe’l shaklidagi 
qoʻshma fe’llarni yasaydi. M.: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, 
olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq, chiqarib olmoq. 
Ot + fe’l shaklidagi qoʻshma fe’llarni hosil qiladi. M.: javob 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling