Fe’lning vazifadosh shakllari


Download 68 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi68 Kb.
#1619972
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili f


Fe’lning vazifadosh shakllari
Reja:



  1. Harakat nomi.

  2. Sifatdosh

  3. Hozirgi zamon sifatdoshi

  4. Kelasi zamon sifatdoshi

  5. Ravishdosh.

Fe’lning biror gap bo‘lagi vazifasini bajarishga xoslangan shakl-lari vazifadosh shakllar deyiladi. Fe’lning vazifadosh shakllari to‘rt xil bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) harakat nomi, 2) sifatdosh, 3) ravishdosh.
Harakat nomi. Harakat nomi ish - harakatning atamasi bo‘lib, gapda otga xos vazifalar bajarishga xoslangan fe’l shaklidir. Harakat nomi -(i)sh, -(u)v, -moq. affikslari yordamida yasaladi: kechmoq, kechish, kechuv. Harakat nomi fe’lga xos tuslanish, zamon, mayl kabi ma’nolarni bildirmaydi, balki harakat-holatning atamasi bo‘ladi. Shu sababli otlarga xos kelishik, egalik kabi grammatik shakllarni qabul qila oladi va gapda otlarga xos vazifalarni bajaradi.
Ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan uch xil harakat nomi qo‘shimchalaridan –moq bilan yasalgan shakl fe’lga –sh (-ish) bilan yasalgan shakl esa otga yaqin turadi. Shuning uchun -moq orqali fe’lning noaniq (infinitiv) shakli hosil qilinadi. Harakat nomi shakllarining har biri o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
-(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakatning nomini bildiradi, uning atamasi hisoblanadi: yurish; yozish, o‘ylash; 2) -(i)sh affiksi bilan yasaluvchi harakat nomi shakli ko‘plik, egalik va Kelishik affikslari bilan qo‘llanganda, bu affikslarning ma’nosida deyarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Biroq, o‘rin-payt kelishigi shaklida qo‘llanganda, hozirgi zamon sifatdoshining o‘rin-payt kelishigidagi shakli bilan ma’nodoshlikka ega bo‘lishi mumkin: tuzishda-tuzayotganda-tuzayotgan vaqtda; 3) harakat nomining -(i)sh affiksli shakli ko‘makchilar bilan ham qo‘llanib maqsad, vaqt, birgalik kabi ma’nolarni ifodalaydi: o‘qish uchun, o‘qishdan avval, o‘qish bilan.

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling