14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet1/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs


14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari
Reja:
1. Eski o‘zbek tilida fe’l so‘z turkumi.
2. Eski o‘zbek tilida zamon, shaxs-son, mayl kategoriyasi.
3. Eski o‘zbek tilida fe’l yasalishi.
4. Fe’lning vazifa uchu xoslangan shakllari.
5. Eski o‘zbek tilida ravish so‘z turkumi.
Asosiy tushunchalar: zamon kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, mayl kategoriyasi, tuslanish, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat kategoriyasi, fe’lning vazifaviy shakllari, harakat tarzi shakllari, ko‘makchi fe'llar, fe’l yasalishi, sodda fe’llar, qo‘shma fe’llar, harakat belgisi, holat belgisi,holat ravishlari, payt ravishlari, o‘rin ravishlari, daraja-miqdor ravishlari.

Eski o‘zbek tilida ham fe’lning o‘ziga xos belgilarini quyidagi grammatik kategoriyalar tashkil etadi: fe’l aspektlari, fe’l darajalari, fe’lning funksional shakllari (harakat nomlari, sifatdosh, ravishdosh), fe’llarda tuslanish (mayl, zamon, shaxs- son shakllari).


Eski o‘zbek tilida ham fe’l turkumidagi so‘zlar quyidagi to‘rt aspektdan birida qo‘llangan: bo‘lishli va bo‘lishsizlik, mumkinlik (imkon) va nomumkinlik.
Fe’llarda bo‘lishli va bo‘lishsizlik aspektlarining ifodalanishi bo‘yicha eski o‘zbek tili bilan hozirgi o‘zbek tili o‘rtasida deyarli farq yo‘q. Ya’ni, eski o‘zbek tilida ham fe’lning bo‘lishli shakli uchun hech qanday qo‘shimcha orttirilmaydi: bar, keltür, kөrsät kabi. Bo‘lishsizlik aspekti -ma/-mä affiksi bilan hosil bo‘ladi: barma, keltürma, kөrsаtmä kabi. Shu bilan birga, ayrim fe’l shakllarining bo‘lishsizlik aspekti ermäs (emаs) yoki yo‘q so‘zi yordamida ham ifodalanadi. Qiyoslang: barmag‘an // barg‘an ermäs // barg‘ani yoq, barmamish // barmish ermäs // barmishi yoq.
Fe’lning mumkinlik aspekti murakkab shakl yo‘l bilan, ya’ni asosiy fe’lning -a/-e(y) affiksli ravishdosh shakliga al- fe’li qo‘shilishi orqali ifodalanadi: bara al-, kөrа al, bashlay al-, ishlаy al- kabi. XIII-XIV asrlar tilida bu vazifada bil- fe’li ishtirokida hosil bo‘luvchi murakkab shakl ham qo‘llangan bo‘lib, bunda asosiy fe’l ko‘pincha -u / -ü (yu/yü) affiksli ravishdosh shaklida keladi: ala bil-// alu bil-, korа bil-// koru bil-, bashlayu bil-, ishlayü bil- kabi: Menim dldärimni kөrа alg‘ay-mu-sen? (QR). Biz ul hasanätqa netäk mukafat qilu bilälim? (NF). Kishi өz sөzini kөzlаyü bilgay // yamanni ezgudin kөzlаyü bilgäy (XSH). Dag‘i ne yamanliq kim qila bilür bo‘lsaŋ, ... (Saroyi).
Fe’lning nomumkinlik aspekti uchun ham al- va bil- fe’llari ishtirokida hosil bo‘luvchi murakkab shakllar qo‘llangan:
1. Asosiy fe’l -a-ä(y) affiksli ravishdosh shakiida, al- fe’li bolishsiz shaklda (alma-) keladi: Kөrä almag‘an kөzinä xãr bolsun (XSH). Seniŋ yayiŋni hech kim tarta almas (Lutfiy). Kabuldin küch kelädürgän jihatidin sultäng‘a qoshula almaydurlar (BN). Ayta almam sanamim bedadiŋ (Munis).
2. Asosiy fe’l -a /-ä (y) affiksli ravishdosh shakiida, bil- fe’li bo‘lishsiz shaklda (bilmä-) keladi: Ani yeŋä bilmäz erdilär (Tafsir). Sag‘inda tura bilmäs-men (QR). Tuta bilmän өzümni (XSH). Yüzüni kөrsä Sakkakiy, kөzi yashin tiyä bilmäs (Sakkokiy) Andin soŋ yüriy bilmäy oshul yerde yattuq (Sh.tar.).
3. Asosiy fe’l -u /-ü (yu/ yü) affiksli ravishdosh shakiida, bil- fe’li bo‘lishsiz shaklda (bilma-) keladi. Bu shakl XIII-XIV asrlar tiliga xos bo‘lgan: Sen meni өltürü bilmäz-sen (Tafsir). Aŋa qarshu turu bilmädi (QR). Anlar kirü bilmädilär (NF). Özini kөrmäyin ham qaytu bilmän (XSH).

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling