14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet7/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

Sifatdosh shakllari
Sifatdosh shakllarida harakat ma’nosi bilan birga grammatik zamon m a’nosi ham mavjud bo‘lib, bu hol sifatdosh shakllarining harakat nomi shakllaridan farqlovchi asosiy belgisini tashkil etadi. Eski o‘zbek tilida qo‘llangan sifatdosh shakllarini zamon nuqtayi nazaridan quyidagi ikki asosiy guruhga ajratish mumkin:
1) o‘tgan zamon ma’nosidagi sifatdosh shakllari. Bu ma’noda -mish/-mish, -duq / -dük/-tuq /-tük, -g‘an/-gän//-qan/-kän,-аn/-än affiksli shakllar qo‘llangan;
2) hozirgi va kelasi zamon ma’nosidagi sifatdosh shakllari. Bu guruhni -r (-ar /-är //- ur / -r), -g‘u /-gü /- qu / - kü, -g‘uchi /-güchi//-quchi /-küchi, -dachi / -dächi / / -tachi /-tächi, -g‘li /-gli,-adurg‘an /-ädurgän (yidurg‘an / yidurgän), -asi /-äsi, -g‘ur /-gür affiksli shakllar tashkil etdi.
Bu shakllardan bir guruhi eski o‘zbek tilida kam qo‘llangan yoki ma’lum davrlardagina iste’molda bo‘lgan, ayrimlarining esa vazifasi chegaralangan.
-mish /-mish affiksli sifatdoshning qadimgi grammatik ma’no va vazifalari XIII-XIV asdarga oid yodgorliklarda ham aks etgan, ya’ni:
1. Aniqlovchi vazifasida qo‘llanib, shaxsning yoki predmetning harakati yoki holati bilan bog‘liq bo‘lgan belgisini ko‘rsatadi: Kälmish yollariŋa yandilar (Tafsir). Yig‘mish mãlim yatqa yem bolsun (QR). Og‘urlanmish gavhar gan-ji buzuldi (XSH). Achiqmish bөri qoyg‘a kirü yaŋlig‘ (MN).
2. Egalik va ko‘plik shaklida qo‘llanadi: Boldi zaya kөrmishim ranj (XSH). Agar bu aymishiŋ sөz rãst ersä, ... (Tafsir). Bu kelmishlari üchün qurla erdi (QR).
3. Kelishiklar bilan turlanadi: Azaqdin tushmishiŋniŋ tut qolini (XSH). Barcha ashni yeb toydilar, qalmishni qozdilar (Tafsir). Eshitkil bu g‘azalda ishlaridin // Muhammad Xoja beg aymishlaridin (MN).
4. Ko‘makchilar bilan qo‘llanadi: Ul tayaqdin өküsh ajayiblar kөrmish üchün aydi (Tafsir). Menim atim aymishdin soŋ seniŋ atiŋni ayg‘ayiar (NF). Shirinni kөrmishindin berü Farhad... (XSH).
-duk/-dük//-tuk/-tük affiksli sifatdosh qo‘llanilishi, ma’no va vazifalari jihatdan -mish/-mish affiksli sifatdoshga o‘xshaydi. Bu sifatdosh XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklarda ham ma’lum darajada qo‘llangan bo‘lib, qadimgi turkiy yodgorliklardagi ma’no va vazifalari ham saqlangan.

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling