14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


O‘timli va o‘timsiz fe’llar haqida


Download 64.52 Kb.
bet2/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

O‘timli va o‘timsiz fe’llar haqida. O‘zbek tilida uning tarixiy taraqqiyotidan qat’i nazar bunday morfologik kategoriya mavjud bo‘lmagan, balki fe’lning tushum kelishigidagi so‘z bilan bog‘lana olishi qobiliyati uning semantik xususiyatidir. Demak, o‘timlilik va o‘timsizlik fe’l shakliga emas, balki u fe’lning semantik xususiyati bilan bog‘lanadi.
Fe’l yasalishi
Eski o‘zbek tilida ham fe’l yasalishining quyidagi ikki usuli amalda bo‘lgan: 1) morfologik usul (affiksatsiya); 2) sintaktik usul (kompozitsiya).
Sintaktik usul bilan yasalgan fe’llar qismlarining qaysi so‘z turkumiga aloqador ekanligi, ma’nosi, bog‘lanish yo‘llariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: Birinchi guruhni ot (yoki ot turkumidagi so‘zlar) + yordamchi fe’l tarzidagi qo‘shma fe’llar tashkil etadi: qabul qildi // qabul etti, tamam bo‘ldi kabi.
Ikkinchi guruhni fe’l + fe’l tarzidagi murakkab shakllar tashkil etadi. Bunday fe’llar -b (-ib /-ib //-ub/-iib) affiksli yoki -a /-ä (y), -u/-ü (yu/yü) affiksli ravishdoshga ko‘makchi fe’l yoki ko‘makchi vazifasida qo‘llanuvchi fe’l qo‘shilishi bilan hosil bo‘ladi: kirib keldi, qächib ketti, ãlib qaldi, kesib tashladi, uzib ãldi, tutub turdi, kelä bashladi, ketä berdi, äla keldi, tüshä yäzdi, aytu berdi, sөzläyü bashladi, istäyüchiqdi kabi. Bu tarzdagi fe’llar ish-harakatning boshlanishi, tugallangani, davomiyligi, takrorlanib turishi kabi ma’nolarni ifodalaydi
Morfologik usul bilan fe’l bo‘lmagan so‘zlarga maxsus affikslar qo‘shilishi bilan yangi fe’llar hosil bo‘ladi. Eski o‘zbek tilida ham fe’l yasovchi affikslarning bir guruhi mahsuldor bo‘lib, boshqalari ayrim so‘zlardangina fe’l yasashda ishtirok etgan.
-la/-lә affiksi. Bu affiks barcha davrlarda ham faol qo‘llangan. Ot, sifat, son, ravish, ba’zan olmosh turkumlaridan fe’l yasagan. Turkiy va turkiy bo‘lmagan so‘zlarga ham qo‘shilgan: Tөsh-tөshtin pıchaqlab, chapqulab pāraladılar (Boburnoma). Bir kүn namāzi peshinni guzarladı...(Nav. Nas.muh.).

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling