14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


I shaxs ko‘plik formalari


Download 64.52 Kb.
bet4/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

I shaxs ko‘plik formalari. Buyruq-istak maylining I shaxs ko‘pligi quyidagi affikslar bilan hosil qilingan:
-g‘alım/gәlim,-g‘alıŋ/-gәliŋ,-(y)alım/-(y)әlim. Bu affikslar XV asrdan oldingi davr yodnomalarida uchraydi: Ey rabb, bizgә farman bergil, kөkkә ag‘g‘alım (Tafsir). Siz on qoy keltүrүŋ, bishүrүŋ, etini yegәlim (QR). Halımız ezgү bolmaz, netәk qılalım (QR).
Bu affiks ba’zan lab unlisi bilan –alum/-әlүm formasida ham keladi: Bu er ulug‘ sөz sөzlәyү turur, ketәlүm tedilәr (QR).
-g‘alı/-gәli. XVI-XVII asr yodnomalarida uchraydi: Hech yamanlıq aŋa yavutmag’alı// seni telmurtub anı tutmag’alı (ShN). Biz seni tutub bermәgәli tedilәr (Sh.tar.).
-(a)lı/(ә)li affiksli forma XV-XVII asrlar uchun xarakterli bo‘lib, bu davrda buyruq-istak mayli I shaxs ko‘plik ma’nosini ifodalashning asosiy formasi sifatida yodgorliklarda keng qo‘llangan: Emdi sөzniŋ aslıg‘a shuru’ qılalı (Navoiy MQ). Andijang‘a chekәli bizlәr lashkar // tүzәli ul sarı āhāŋı safar (ShN).
-(a)ylıq/(ә)ylik. XIX asrdan boshlab keng qo‘llangan: Berәylik ikkimiz ham aŋa lәshkәr / bolub jәŋ әylәsүn sardāri әskәr (Furqat). Ey yaxshılar, kelәylik, bir jayg‘a yıg‘ılıshaylıq, oynaylıq, kүlәylik, āmān bolaylıq (Muqimiy).
II shaxs birlik formalari. Buyruq-istak maylining II shaxs birlik ma’nosi eski o‘zbek tilida asosan –g‘ıl/-gil//-qıl/-kil affiksi bilan yasalgan forma orqali ifodalangan: Eshitkil emdi ham bir xush hikayat (MN). Barıb ul xannı salamat tutqıl (MN).
Buyruq-istak maylining II shaxs birlik formasi eski o‘zbek tilida –g‘in/-gin//-qın/-kin bilan yasalgan. Bu affiks nisbatan keyingi davrlarda paydo bo‘lgan: Kelgin ke, firaqıŋ otıda qalmadı halım (Lutfiy). Men dedim kim, rast aytqın (BN). Baqqın, ekin pishәr-mu aftab kөrmәy (Muqimiy).
Ma’lumki, hozirgi o‘zbek tili va boshqa turkiy tillarda buyruq-istak maylining II shaxs birligi ko‘pincha affikssiz qo‘llanadi. Bu holat eski o‘zbek tilida ham keng kuzatiladi: Taqı yuz mıŋ altun keltүr (QR). Qaraqchı kөzlәriŋdin bir qıya baq (Atoiy). Adl qulag‘ı-la eshit halımı (Muqimiy).
She’riy asarlarda buyruq-istak mayli II shaxs birligi affikssiz qo‘llanganda, ba’zan –u/-ү unlisi orttiriladi. Bu Navoiy va Husayn Boyqaro she’rlarida uchraydi: Ey saba, avvāra kөŋlүm istәyү har yan baru // Vadi-yu tag’-u biyābānlarnı bir-bir axtaru. Axtarurda tapsaŋ ul kөŋlүmki, majnun shivadur // har nechүk bolsa әdәm sahrāsı sarı bashqaru.
Misollardagi baru, axtaru, bashqaru fe’llari borgin, axtargin, boshqargin ma’nosini ifodalaydi.

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling