14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Fe’lning vazifa uchun xoslangan shakllari


Download 64.52 Kb.
bet6/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

Fe’lning vazifa uchun xoslangan shakllari
Fe’lning asosiy grammatik vazifasi kesim bo‘lib kelishdir. Shu bilan birga, fe’lning ayrim shakllari kelishik, egalik affikslarini ham qabul qilib, gapda ega, aniqlovchi, toldiruvchi yoki hol vazifasida keladi. Shunga ko‘ra, bunday shakllar fe’lning vazifa uchun xoslangan shakllari hisoblanadi. Harakat nomlari, sifatdosh va ravishdosh shakllari fe’lning vazifa uchun xoslangan shakllarini tashkil etadi.
Fe’lning funksional shakllarida, bir tomondan, fe’lga xos belgilar mavjud bo‘lsa, ikkinchi tomondan, morfologik xususiyatlari va sintaktik vazifalari bo‘yicha bu shakllar boshqa so‘z turkumlariga yaqin turadi. Bu jihatdan harakat nomlari otga, sifatdosh shakllari sifatga, ravishdosh shakllari ravishga yaqin turadi.
Harakat nomi shakllari
Eski o‘zbek tilida harakat nomining -maq /-mak va -sh (-ish/-ish, -ush/-üsh) affikslari bilan hosil bo‘luvchi shakllari qo‘llangan. -maq/-mak affiksli shakl harakat nomining asosiy ko‘rsatkichi sifatida eski o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan.
-maq/-mаk affiksli harakat nomi otlarga xos grammatik xususiyatlarga ega, ya’ni otlar kabi egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi, kelishiklar bilan turlanadi, ko‘makchilar va turli modal so‘zlar bilan qo‘llanib, har xil grammatik ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi:
1. -maq/-mаk affiksli harakat nomi egalik shaklida qo‘llanganda, fe’l o‘zagidan anglashilgan ish-harakatning qaysi shaxsga qarashli ekanligi ko‘rsatiladi: Qan yig‘lamag‘im jigarni küydürür (Lutfiy). Aŋa täsh urmag‘iŋ ne? (Atoiy). Yusufnuŋ og‘ramaqi qachmaqqa erdi (QR). Jäng‘a küymаgi xabar qilg‘ay (Navoiy, SS). Aytmag‘imiz hajät ermаs (Sh.tar.).
2. -maq /-mаk affiksli harakat nomiga qo‘shilgan -lar/-lär ko‘plik affiksi odatdagi ko‘plik ma’nosini emas, balki fe’l o‘zagidan anglashilgan ish-harakatning subyekt bilan moslashuvi uchun xizmat qiladi. -maq/-mаk affiksli harakat nomining bunday qo‘llanishi XV asrdan oldingi davrlarga oid ayrim yodgorliklarda uchraydi: Fir’avn tabaru barmaqlarini bezärlämädi (Tafsir). Yusufni өlturmаklаri ikkidin hali ermäs (QR). Netаk kim yig‘lamaqlarim eshittim, ... (NF).
3.-maq /-mаk affiksli harakat nomiga kelishik affikslari qo‘shilganda, har bir kelishikning xarakteriga muvofiq ravishda turli grammatik ma’nolar ifodalanadi: Qorg‘an yasamaqniŋ maslahatini tapmay (BN). Barmaqni ixtiyär qilmadim (Furqat). Ilm өgrаnmаkkа keldim (QR). Men jänimg‘a yettim javr chekmаktin (Atoiy). Tanimaqta magar yaŋlishmish-sen (Navoiy,SS).
4.-maq /-mаk affiksli harakat nomi ko‘makchilar bilan qo‘llanganda, har bir ko‘makchining xarakteriga mos ravishda turli grammatik ma’nolar ifodalanadi: Sevür-men kөzni sizni kөrmаk üchün (MN). Kөp demäk birla bo‘lmag‘il nãdãn (Navoiy, MQ). Bãda ichmak sari bo‘lmas mãyil (SHN). Aniŋ barmaqdin өzgä ne ishi bo‘lg‘ay(TN).
5.-maq /-mаk affiksli harakat nomi kerak, zarur, lozim, mumkin so‘zlari bilan qo‘llanganda, ish-harakatning bajarilishidagi zaruriyat, imkoniyat kabi ma’nolar ifodalanadi: Yana ul yän ketmаk kerak (Navoiy, MQ). Xätirda yoq erdi kim, kөzdin, Muqimiy, ketsаŋ // Zavqiy seni tiläbdür, bermak zarur fãnis (Muqimiy). Bu jihatdin bu tag‘ eli bilа yaxshi maãsh qilmaq vãjib va lãzim edi (BN) Ani bilmаk erür bir künda mumkin (Furqat).

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling