14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet3/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

-lan/-län, -lash/-läsh shaklida ham keladi: salahlandi, butaqlandi, kөrklаndi, chechаklаndi, yag‘ilashti (QR), yumshaqlandi, yüzlandi, eliklаshti (Tafsir), g‘azablandi (NF), küchlandi, emlashdi (XSH), yüzlandi (Navoiy, MQ), ätlandi (SHN), sөzläshti (BN).
-da /- dä (-ta/-tä) affiksi -la/-lä affiksining fonetik ko‘rinishi bo‘lib, bu affiks bilan ayrim so‘zlardangina fe’l yasaladi: Barcha zariliq qilib siqtashtilar (Tafsir). Yusufni istäŋiz (QR) Meni-mu aldayür-siz? (NF). Magar qoldag‘ay ani inayatin madadi (Atoiy). Qoldadi va tovba hidayatig‘a yoldadi (Navoiy, MQ).
-r/-ar/-әr affiksi. Sifatdan fe’l yasagan: Ya’niki qara kүnүm aqarıb (Navoiy). Kөkәrgәn yıg’achlarnıŋ barchası (Sh.tar.).
-qar/-kәr affiksi. Otdan fe’l yasagan: Tag‘ tuznı tүn-u kүn bashqarıb // Xayalnı yol aqbasıdın өtkәrib (Xamsa).
-q/-k,-ıq/-ik,-uq/-үk affiksi. Ot va boshqa turkumlardan fe’l yasagan: Libāsı rәŋin bilmәn, yoluqsa, hayrattın (Lut.). Kim yag’ıqsa shāhi Shayabāniyg’a (ShN).
-sa affiksi. Otdan fe’l yasagan: Dilrabā, ābi hayat erniŋ үchүn jān susa(Lut.).
-sın affiksi. Ot va sifatdan fe’l yasagan: Yıg’lamsınur –u kөzigә kelmәs yash (Navoiy).
Buyruq-istak mayli. Buyruq-istak mayli formalarida ham buyruq, ham istak ma’nolari mavjud, ya’ni, I shaxs formalarida istak, II shaxs formalarida buyruq, III shaxs formalarida esa ham istak, ham buyruq ma’nolari mavjud.
Eski o‘zbek tilida buyruq-istak mayli ko‘p formali bo‘lib, ular quyidagicha hosil bo‘ladi:
I shaxs birlik formalari:
-(a)yın/-ә)yin. Bu forma barcha davrlarda keng qo‘llangan: Kүchүm yetmishchә kөp xidmat qılayın (MN). Kimgә izhār әylәyin (Munis).
-(a)y/-(ә)y. XIV asrdan keyingi yodgorliklarda qo‘llanadi: Gүl keldi yүzүŋ davrıdakim, husn satay deb (Lutfiy). Men qashıŋ mehrābına әltәy duādın iydlıq (Atoiy).

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling