14-mavzu. Eski o‘zbek tilida fe’l va ravish so‘z turkumlari


Download 64.52 Kb.
bet10/13
Sana17.02.2023
Hajmi64.52 Kb.
#1209190
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
14-maruza.Fe’l va ravish so‘z turkumlari 2 kurs

-t (-it/-ït //-ut /-üt) afiiksi asosan ikki bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi: Bizniŋ otlag‘imizni quritur (QR). Ibrahimni zindanda berklätti (Tafsir) Quyash yaŋlig‘ yüzuŋizni yarutti (MN). Oxshatti qamatiŋg‘a sanavbarni bag‘ban (Navoiy, MN). Chiqarib elni yüruttiler (SHN). Kөp Lutfiyni qorqutma (Lutfiy).
-ar/-er //-ur /-ür asosan bir bo‘g‘inli fe’llarga qo‘shiladi: Tonin chiqarsun (Tafsir). Evin eshikin ketаrgil (QR). Bezаb ani өz ornina yaturdi (XSH). Ichmedi, küchün ichürdilаr (NF). Shaydäliqqa bäsh chiqarur (Navoiy, MQ).
-tur/-tür //-dur/-dür asosan undosh bilan tugagan fe’llarga qo‘shiladi. Guläb sachtur (XSH). Altun uyni tiktürdi (Sh.tar.). Hajr oti bu kün ichimni küydürür (Sakkokiy). Ketür, säqiy, meŋa bir jäm rangin (Navoiy, FSH).
Eski o‘zbek tilida ham hozirgi o‘zbek tilidagi singari bir fe’lga birdaniga ikki va undan ortiq daraja affiksi qo‘shilib kelishi mumkin bo‘lgan. Ul biridin bashin, ayag‘in yig‘ishturg‘ay (Navoiy, MQ). G‘animni qachuruldi (BN). Xãn un keltürtti (Sh.tar.).
Ravish
Eski o‘zbek tilida ham ravish kategoriyasi so‘z o‘zgartiruvchi affikslar qabul qilmasligi bilan xarakterlanadi. Bu hol ravish turkumining boshqa mustaqil so‘z turkumlaridan farqlovchi o‘ziga xos belgisini tashkil etadi. Gapda ravishlar boshqa so‘zlar bilan bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Ayrim ravishlarning tarkibidagi kelishik affikslari esa o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotib, so‘zning tarkibiy qismiga aylanib qolgan.
Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan ravishlarning va ravish ma’nosida qo‘llanuvchi so‘zlarning ma’lum qismi boshqa tillardan o‘zlashtirilgan. Bunday so‘zlarning ko‘pchiligi eron tillariga, ayrimlari arab tiliga mansub: Āhista aytduqыmыznы ham eshitүr (Tafcsir). Men hargiz almыshыm yoq (QR). yochrәdi nāgāh raqibi (Lutfiy). Dāimā mastu bexabar kөrүnүr (Atoiy).
Eski o‘zbek tilida iste’molda bo‘lgan ravishlarning asosiy qismi yasama so’zlardan iborat bo’lib, ular morfologik va sintaktik usullar bilan hosil bo’lgan.
Asli o‘zbekcha tub ravishlar juda kam sonni tashkil etadi. Bulardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: Bizniң atalarыmыz kim, ashnu өldilar, (Tafsir). Bat bol, bashың al, qach (Atoiy). Eski o‘zbek tilida tub so’z sifatida tasavvur qilingan ayrim ravishlar aslida yasama ravish bo’lgan. Masalan, naru (nari), beru (beri) ravishlari uzoqlikni anglatuvchi na va yaqinlikni anglatuvchi be so’zlariga qadimgi jo’nalish kelishigi affiksi –ru qo’shilishi bilan hosil bo’lgan.
Eski o‘zbek tiliga eron tillaridan va arab tilidan o‘zlashtirilgan ravishlar va ravish ma’nosida qo‘llanuvchi so‘zlarning ishlatilishiga misollar: Ahista aytduqimizni ham eshitür (Tafsir). Men hargiz... alishim yoq (QR). Uchrаdi nagah raqibi (Lutfiy). Daimä mast-u bexabar korünür (Atoiy). Kөŋul ahvälidin ägäh unutti (Atoiy). Kөŋül ichrа daim salur yol (SHN). Küzаtür-men hamisha hаliŋni (Navoiy, SS). Badixani ravаn aytur erdi (Navoiy, MN). Bu matla ham xob vaqe bolubtur (Navoiy, MN).
Eski o‘zbek tilida quyidagi affikslar bilan turli so‘z turkumlaridan ravish yasalgan:

Download 64.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling