-ma
bo‘lishsizlik qoʻshimchasini qabul qilmaydi. M.: Tabriklagani bordik,
ko‘rgani bordim.
IZOH: Mazkur ravishdosh shakliga
“emas” to‘liqsiz fe’li bilan
bo‘lishsizlik ifodalanishi mumkin: Sizni xafa qilgani emas, quvontirgani
keldik.
5. -roq nisbiy daraja qo‘shimchasini qabul qiladi: uyalibroq,
hadiksirabroq.
6. Ta’kidlash lozimki, ko‘makchi fe’llar yetakchi fe’lga –b/-ib, -
a/-ay qo‘shimchalari vositasida bog‘lanadi: o‘qib oʻtir, yoza boshla,
ishlab tur, qatnay boshla.
7.Ravishdoshlar har bir koʻrsatkichi bilan oʻziga xos ma’nolarni
ifodalaydi ( quyiga qaralsin ).
8.Ravishdoshlar
shaxs-son
qoʻshimchalarini qabul qilib,
tuslanish-tuslanmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) tuslanadigan ravishdoshlar;
b) tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlar. Tuslanadigan ravishdoshlar
shaxs-son qo‘shimchalarini qabul qilib, mustaqil fe’l kesim
vazifasida keladi. M.: Biz darsda o‘tiribmiz.
➢ Yodda tuting! Tuslanadigan ravishdoshlarning barchasi
harakatning holatini, ba’zan payt, sababini ifodalab keladi.
-b/-ib: yayra/b o‘ynamoq, fikrla/b javob ber (qay tarzda? Holat
ma’nosi); qo‘rqib kirmadi (nima sababdan? Sabab ma’nosi); Bahor
kel/ib, tabiat uyg‘ondi (Qachon? Payt ma’nosi. Payt ergash gapni bosh
gapga bog‘layapti)
-a: yugur/a-yugur/a, bor/a-bora, ay/ta-ayt/a (charchamoq)
-y: yig‘lay-yig‘lay (tugatdim oxir), mudray-mudray (yozmoq)
Do'stlaringiz bilan baham: |