172
RAVISH SOʻZ TURKUMI
Harakat-holatning
bajarilish tarzi, payti, oʻrni, daraja-miqdori kabi
belgilarini bildiruvchi va
qanday? qanaqa? qayer? soʻroqlariga javob
boʻladigan soʻzlarga
ravish deyiladi.
Soddagina aytganda ish-harakatning belgisini ifodalovchi soʻz
turkumiga
ravish deyiladi. M.:
tez yozmoq, erta turmoq, oldinga
oʻtmoq, koʻp ishlamoq, atayin bajarmoq.
Morfologik xususiyati
I. Ta’rifda aytilganidek, asosiy morfologik xususiyati fe’llarga
bog’lanib, harakat va holatning belgisini ifodalaydi.
M.: sekin
yurmoq, asta-sekin koʻnmoq, (tarz belgisini); ataylab, joʻrttaga
olmoq (maqsad belgisini); kech kelmoq (payt belgisini); noiloj
borolmaydi (sabab belgisini).
I
LOVA
.
Unutmaslik lozimki, ravishlar unumsiz boʻlsa-da,
quyidagi soʻz turkumlariga ham bog’lanib, belgi ifodalashi
mumkin:
1. Otga bog’lanib, sifat vazifasiga xoslanadi
hamda predmetning
belgisini ifodalaydi. M.:
doʻstona maslahat, koʻp gap, ozgina
masalliq, piyoda askarlar, erta bahor.
2. Sifatga bog’lanib, belgining belgisini ifodalaydi. M.:
saldatchasiga dadil, ruhan baquvvat, mangu barhayot.
II. Ravishning morfemik tarkibi. Ravishning
asosiy morfologik
xususiyatlaridan biri morfologik jihatdan oʻzgarmasligidadir.
BILIB OLING!
Ayrim ravishlar tarki
bida koʻplik,
III shaxs egalik,
joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarining qoʻshimchalari (-mas)
uchraydiki, bular oʻz grammatik ma’nosini yoʻqotib bugungi kunda
ajralmas holga kelgan.
M.:
-
lar:
ertalablari, avvallari.
-
i/-si: kechasi, kunduzi, avvallari,
-
ga:
birga (kelmoq), joʻrttaga, ertaga, orqasiga,
-
da:
oldinda, unda, boshda(aytgandim), kunda (keladi).
-
dan:
rostdan, birdan, (kuldi), qastdan, bexosdan, uzoqdan.
Do'stlaringiz bilan baham: