2-mavzu: turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana16.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1777462
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu



2-MAVZU: TURIZM SOHASIDA RESTORANLAR OVQATLANTIRISHNING ASOSIY 
TIZIMI SIFATIDA 
Reja: 
1. Turizmda restoran biznesi haqida umumiy tushuncha. 
2. Restoranda xizmat ko‘rsatish madaniyati.
3. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari. 
1. Turizmda restoran biznesi haqida umumiy tushuncha 
O‘zbekiston o‘z istiqloliga ega bo‘lganidan so‘ng xalq xo‘jaligining avvallari e’tibor 
qilinmagan tarmoqlariga endilikda katta ahamiyat bermoqda. Shunday tarmoqlardan biri bu turizm 
sohasidir. Ayniqsa, ichki va xalqaro turizmni mamlakat miqiyosida rivojlantirish va shu orqali 
ham iqtisodiyot muammolarini hal qilish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida turistlarga xizmat ko‘rsatish tizimini 
kengaytirish va ular uchun barcha sharoitlarni yaratish maqsadida yangi turistik komplekslar, 
mehmonxonalar, kempinglar, restoranlar, barlar, transport sohalari uchun katga mablag‘lar 
ajratilmoqda. Bunday sur’atda turizmni rivojlantirish albatta umumiy ovqatlantirishni ham 
rivojlanishiga ta’sir etadi, chunki barcha turistlar xoh ichki turist bo‘lsin, xoh xalqaro turist
bo‘lsin, bulardan qat’iy nazar restoran xo‘jaligiga yoki ovqatlantirish korxonalari 
xizmatlaridan foydalanishga majbur. Aks holda insonlar ovqatlantirish uchun barcha 
mahsulotlarni o‘zlari bilan olib yurishi yoki uy sharoitida tayyorlab, iste’mol qilishi kerak. Ammo 
turistlarda bunday imkoniyatlar yo‘q, shuning uchun ham ular ovqatlantirish korxonalari 
xizmatlaridan foydalanishga majburdir va anashu holatlarining mavjud bo‘lishi turizm sohasida 
umumiy ovqatlantirish korxonalarining uyg‘un holda rivojlanishi uchun imkon beradi. 
G‘arb mamlakatlarida qabul qilinganideq, harbirtashkilot uchun kerakli narsalar quyidagilardan 
iborat: 

restoranning did bilan yasatgan estetik manzarasining ko‘zga tashlanishi, xizmatning oliy 
darajadagi sharoitlarini yaratilishi; 

xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning ahloq-odob qoida va me’yorlarini bilishi; 

mijozlarga xizmat ko‘rsatishda o‘rnatilgan tartib va intizom qoidalarini bilishi, ularga rioya 
qilishi; 

turli taomlarni, ichimliklarni tavsiya qilishi, olib kelib berishi, shuningdek, ko‘nikma 
texnikasi va taom tarqatish usullarini bilishi; 

stol ustiga dasturxon bezatishning asosiy qoidalarini bilishi;

xizmat ko‘rsatish jarayonida xavfsizlik va gigiyena qoidalarga rioya qilish; 

oshxona idish-tovoqlari va anjomlari, oshxona, sochiq va dasturxonlari yetarli miqdorda 
bo‘lishi. Restoran – bu oziq-ovqat mahsulotlarining barcha turlaridan keng assortimentda 
murakkab tayyorlash texnologiyasiga ega bo‘lgan taomlarni, shu jumladan buyurtma bo‘yicha 
tayyorlanadigan taomlarni, ekzotik taomlarni, hamirli konditer va bulochka mahsulotlarini ishlab 
chiqaradigan, keng assortimentda alkagolli, issiq va sovuq ichimliklarni, sotib olingan 
mahsulotlarni, shu jumladan tamaki mahsulotlarini istemolchilarga taklif qiladigan 
korxona.Restoranlarda yana individual buyurtmalar asosida ham juda ko‘p salat va taomlar 
tayyorlashi bilan birga yevropacha hamda milliy ovqatlar ham tortiq qilinadi. Xizmatlar 
ko‘rsatiladigan mehmonlarning soni bo‘yicha restoranlar kichkina (10-15 kishigacha) va katta 
(500 kishi va undan ortiq) restoranlarga bo‘linadi. Restoranlarda tushliklar va kechqurungi 
nonushta tashkil etiladi.
Milliy oshxonaga ega bo‘lgan restoranlar ham mavjud. Dunyoda italyancha, xitoycha, 
grekcha, turkcha, inglizcha, amerikacha, hindcha, fransuzcha, nemischa kabi restoranlar juda 
mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa 
qimmatliligi bilan ajralib turadi. 
Odatda, turistlarlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan 
tanishishga qiziqadilar. Ko‘p hollarda ularning o‘zlari shaharlarining qiziqarli milliy hamda arzon 
restoranlari haqida ma’lumot berib o‘tadilar. Milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtayi nazaridan 


ham turlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, 
ya’ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa 
turistlarni albatta «Xofbrayxaus» ga, ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada 
dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va 
albatta Italiyada esa hech qaysi tushligi pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. 
AQShda va ko‘pgina mamlakatlarda afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi 
restoranlar ishlab kelmoqda.
Oxirgi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‘la boshlayapdi, yoki 
yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
Yuqoridagilardan tashqari restoranlar ixtisoslashuvi bo‘yicha ham ajratiladi. Masalan, 
faqatgina baliq yoki go‘shtli taomlar taklif qiladigan restoranlar. Restoranlar faqatgina bitta taomni 
ishlab chiqarishga ixtisoslashishi ham mumkin. Aytaylik, pitsa tayyorlash. 
Amerikaliklar restoranlarni ikki kategoriyalarga tasnif qiladilar: 
Ulik servisli – bu restoranlar keng tanlovli taomlar, yuqori darajadagi oshxonalari bilan 
ajralib turadi. Bunday restoranlar rasmiy va norasmiy bo‘lishi mumkin. Ularni narxlari, menyusi 
bo‘yicha tasnif qilish mumkin. Bu restoranlarda asosan fransuzcha va italyancha kulinariya 
an’analarini qo‘llaydilar. 
Ixtisoslashgan – bunga, biron-bir tipda, masalan, tez, ommaviy, kundalik xizmat ko‘rsatish 
yoki milliy taomlar tayyorlashga ixtisoslashgan restoranlar kiradi. 
Bitta restoran ham to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi, ham ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. 
Restoranlar quyidagilarga bo‘linadi: 
− 
tez xizmat ko‘rsatuvchi, bular bitta asosiy taomni tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘ladi 
(gamburgerlar, pitsa, dengiz mahsulotlari, tovuq, quymoqlar, sendvichlar, Meksika taomlari). Tez 
xizmat ko‘rsatish korxonalari dunyoda bora-bora ommaviylashib bormoqda. Turistlar ularga 
individual holatda ham, shuningdek, tashkillashtirilgan guruhli tur bo‘yicha ham tashrif 
buyurishlari mumkin. Assortiment, odatda, bir necha taomlar bilan chegaralanadi. Ularga: sovuq 
ovqatlar, issiq ovqatlar, buterbrodlar, ichimliklar, muzqaymoqlar va shu kabilar kiradi. 
Ko‘pchilikka tanilib ulgurgan «Fast food», «Mk Donald’s», «Burger King»lar gamburgerlar 
tayyorlashga ixtisoslashgan; «Pizza Hut» pitssa tayyorlashga ixtisoslashgan; 
− oilaviy restoranlar – bular eski kofeen tamoyiliga moslashtirib tashkillashtirilgan; 
− milliy oshxona restoranlari – bularni etnik oshxonalar deb ham atashadi. Bunday etnik 
(yoki etnografik) ovqatlanish korxonalari turistlar tomonidan katta qiziqish bilan foydalaniladi; 
− tematik restoranlar – bu biron –bir mavzu, yo‘nalish bo‘yicha masalan, musiqa eshitish, 
futbol tomosha qilish imkoniyatini ishlab chiqadilar. Bu restoranlar chegaralangan 
assortimentdagitaomlarni taklif qiladilar. Ularning asosiy maqsadi – muhit yaratishdir. Tematik 
ovqatlanishkorxonalari masalan, Isroildagi Tell-Aviv va Iyuresalim yoki O‘lik dengizigacha 
bo‘lgan yo‘l kesishuvida «kafe» joylashgan. Bu kafe Elvis Preslining hayoti va ijodiga 
bag‘ishlangan. Bu esa xorijiy turistlarning katta e’tiborini tortmoqda. 
Turistlar o‘rtasida restoranlarga talab juda katta, ular ikkita katta guruhga bo‘linadi: klassik 
va tez xizmat ko‘rsatish sohasi. Mashhur klassik restoranlar misoli san’at asaridek ko‘zga 
tashlanadi. U noyob, hayratomuz, sherik bilan uzoq suhbat qurishga juda ham qulay ichki bezak 
va jihozlari bilan mijozlarga zavq-shavq bag‘ishlaydi. Ammo ularning narxi haddan tashqari 
qimmat bo‘ladi. 
Birinchi klass restoranlarining muhim belgisi individualikka intilish hisoblanadi. Ularning 
betakror qiyofasi ichki shinamlik va lazzatli taomlari bilan to‘ldiriladi. «Leynsboro» otelining ana 
shunday vegetarian restorani Londonda «Bukingmen Saroyi» ro‘parasida noklassik qarorgohda 
joylashgan.Rang-barang va nafis taomnomadagi gulsafsar va limonli yalpizdan arman 
likyorigacha qo‘shilgan xushbo‘y va lazzatli taomlar kiritilgan. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarining boshqa guruhlarini tez xizmat ko‘rsatuvchi 
restoranlar tashkil qiladi. Ularning soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. 
Restoran biznesi – bu qadimgi davrlardan mashhur bo‘lib kelgan faoliyat turlaridan biridir. 


Restoran biznesi egasi «restorator» deb nomlanadi. Bu ikki so‘z ham fransuzcha fe’l 
restaurer (qayta tiklash, mustahkamlash) so‘zidan kelib chiqqan. Amerika ingliz tilida «restaurant» 
faqat restoranni emas, balki hamma umumiy ovqatlanish korxonalarini bildiradi. Ko‘plab juda 
katta korxonalar (masalan, mehmonxonalar) ovqatlanish xizmati yashovchilariga qulaylik 
tug‘dirishi va daromadlarni ko‘paytish uchun o‘z hududlarida joylashgan restoranlariga ega 
Xitoyliklar restoranlarni bugungi kunda qanday holatda mavjud bo‘lsa, shundayligicha 
o‘ylab topishgan. U yerda allaqachon, Tang sulolasi davri (618 – 906 yillar)da restoranlar mavjud 
edi. Aynan mana shu mamlakatda bu biznes sezilarli darajada rivojlandi va ba’zi bir qadimiy 
tashkilotlar hozirgi kungacha saqlanib qolgan, masalan, 1153 yilda bunyod etilgan «Bakit Chiken 
Haus» restoranidir.
Bunday joylar antik va Qadimgi Rimda ham mavjud edi, ammo ular faqat turistlar uchun 
restoran hisoblanardi, mahalliy aholi ularga deyarli tashrif buyurmasdi, chunki ularni o‘yin-kulgi 
joyi deb hisoblashmasdi.
Bir necha yuz yildan so‘ng XVIII asrga yaqin Yevropada ham restoranlar faoliyat yurita 
boshladi va boshidan ular vaqtni maroqli o‘tkazadigan joy sifatida qaraldi. Mijozlar xohishlariga 
ko‘ra ovqat buyurtirishlari va restoranga suhbatlashish kechki vaqtini yaxshi o‘tkazish uchun 
kelishgan. Bunday restoranlar ichidan eng qadimiysi deb Madridda joylashgan «Sobrino-de-
Botin» ni aytishimiz mumkin. Ushbu restoran 1725 yilda ochilgan va aynan u bilan G‘arbda 
restoran biznesi rivojining tarixi belgilanadi.
Ammo «restoran» atamasi keyinroq 1765-yilda paydo bo‘ldi. Bu nomni hech 
ikkilanmasdan parijliklar o‘ylab topishdi, chunki aynan ular restoranga haqiqiy madaniyat 
koshonasi deb qarashgan va hozirgacha fransuz restoranidan mijozlar arimaydi. Restoran lotincha 
restauro, «qayta tiklash, mustahkamlash» ma’nolarini anglatadi.
1782 yilda Fransiyada restoranlar zamonaviylari (hozirgi kundagilari)ga juda ham 
o‘xshar edi: 
− ular bir belgilangan vaqtda ishlardi; 
− mijozlar alohida-alohida stollarda o‘tirardi; 
− mehmonlar o‘zlariga menyudan foydalangan holda ovqat buyurtirardi va boshqalar. 
Birinchi shunga o‘xshash joy «Gran-Tavern-de-Londr» restorani edi. 
1999 yili poytaxtimizda O‘zbekistondagi dastlabki haqiqiy «restoran» va o‘zbek 
madaniyati, san’ati galereyasi deb hisoblanuvchi «Karavan» nomli restoran ochildi. U haqiqatda 
O‘zbekistondagi birinchi restoran hisoblanadi. O‘zbek taomlarini to‘gri tortiq qilish, yuqori sifatli 
xizmat, zamonaviy interer bularning barchasi aynan ushbu restoranda mavjud edi. Bundan tashqari 
restoran galereyasidan o‘zbek milliy san’ati durdonalarini shu yerning o‘zida sotib olish 
imkoniyatiga ega ekanligi bilan Toshkent mahalliy aholisi va boshqa xorijiy turistlarni o‘ziga tezda 
jalb qila oldi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling