2-mavzu: turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida reja
Dunyoning mashhur restoran zanjirlari
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
3. Dunyoning mashhur restoran zanjirlari Transmilliy kompaniyalar. BMT hujjatlariga muvofiq, transmilliy kompaniyalar yuridik shakllari, xo‘jalik yuritish sohasidan qat’iy nazar ikki yoki undan ortiq mamlakatlarda filiallari bo‘lgan, ularning faoliyatini boshqarib turadigan kompaniyalar kiradi. TMK doimiy ravishda Tovar eksportidan tortib, xorijda xizmatlarni ishlab chqishgacha qonuniy tarzda o‘tib o‘zining chet ellardagi ishtirokini kengaytirib boradi va tashqi ekspansiyani amalga oshiradi. Ular, shuningdek, ssuda pullari ham beradi va boshqaruv bo‘yicha noinvestitsion bitimlar tuzadilar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalar TMKlar xorijiy investor qo‘lidagi mablag‘ning saqlanish ustidan nazorat qilishni mo‘ljallaydi. Ona kompaniya chet elda aksiyadorlik firmalari ta’sis etadi yoki amaldagi mavjud xorijiy firmadan aksiyalarning nazorat paketini sotib oladi. Aksiyalarning yarmidan ko‘proq qismi (ulushlar), uning faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilishda hissa kam bo‘lsa- da, filialga tegishli bo‘ladi. TMK chet elda xorijiy filiallarning bo‘limi singari turli ko‘rinishlari orqali faoliyat olib boradi. Ular xorijda ro‘yxatdan o‘tkazilsalarda, o‘z balansiga ega mustaqil kompaniya hisoblanadi, to‘liq (100%) onalik firmasi, ya’ni TMKga tegishli bo‘ladi. Kompaniya xorijiy firmalarga qarzga mablag‘lar berib, o‘zining chet eldagi ishtirokini kengaytirishi mumkin. U ssuda berishda qarzni to‘lagungacha ssuda oluvchining mulkini ushlab turishga haqli yoki qarz oluvchi bilan unga ssuda nfoizidan tashqari qo‘shimcha manfaat ko‘rishi yuzasidan shartnoma imzolaydi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tuzish firmalar o‘rtasida keng tarqalgan tajribadir. Bunday holda ona kompaniya korxona bo‘g‘inlarini shartnoma (kontrakt) asosida boshqaradi. Korxona mustaqilligini saqlaydi, turli egalar bo‘lishi, turli manbaalardan moliyalashtirilishi mumkin . Lekin mahsulotni yagona savdo markasi ostida sotadi. Boshqaruv bo‘yicha investitsion bitimlar tizimi uning ishtirokchilariga ishlab chiqarish ko‘lamidan tejash imkonini beradi. Ayniqsa, marketing sohasida kuchlarni izohlovchi bir necha nazariyalar ma’lum. Ularning hammasi xorijiy investitsiyalashdan maksimum daromad olishni bosh masad qilib qo‘yadi. Ulardan biri kapital migratsiyasining xalqaro shartlari bo‘lib daromad me’yori va foiz stavkalari farqi hisoblanadi. Agar hamma milliy iqtisodiyot birday mablag‘ oqib kelishiga ochiq bo‘lganda edi, foiz stavkalarining xalqaro muvozanatini belgilashni kutish mumkin edi. Kompaniyalarga esa investitysiyani qayerga kiritishning farqi qolmasdi, mablag‘dan foydalanish samaradorligi foiz stavkasidan oshsa bo‘lar edi. Haqiqatda esa har xil cheklovlar mavjud. Dunyoda yagona foiz stavkasini belgilashga to‘sqinlik qiluvchi katta yoki kichik darajadagi qaltisliklar bor. Ammo qayerda mablag‘larni erkin qo‘yilishiga sharoit bo‘lsa, xorijiy investitsiyalash xuddi ichki tartiblardagidek kechadi. Bu shuni bildiradiki, mablag‘ importchi mamlakatlarida foyda olish fondi cheklangan ekan, kapitalning xalqaro harakati, TMKning mamlakatda tengsizligi davom etaveradi. Mamlakatga qancha miqdorda mablag‘ olib kelinishi bir qator omillarga bog‘liq: foiz stavkasi (yuki) hajmi, investitsiyaning daromadliligi, iqtisodiyotning ochiqligi, kattalik va taqsimlanishning qaltisligi, qarzni to‘lash kafolati va o‘z vaqtida to‘lash. Jahon bozoriga yorib kirish va unda yashab qolishi uchun kompaniya ma’lum oligopolistik ustunlikka ega bo‘lishi lozim, bu mablag‘ bo‘ladimi, texnologiya yoki boshqaruv mahorati bo‘ladimi, ahamiyati yo‘q. Ular tufayli X(iks) mamlakatlardan kompaniya Y (igrik) mamlakatdagi mahalliy firmalardan ishlab chiqarishda ustunlik qila oladi va yuqori daromad oladi. Biz bekorga birinchi o‘rinda transmilliy kompaniyalarga ta’rif berib o‘tganimiz yo‘q. Chunki xalqaro restoranlar zanjiriga kiruvchi har bir restoran transmilliy kompaniya (TMK) hisoblanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling