2-mavzu: turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1777462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Vaqt, min 
 
o‘rtacha 
 
Tez 
 
Birinchi kelish 
4-5 
1-2 
Buyurtma bilan taom berish oralig‘i 
8-10 
1-2 


Buyurtma bilan gazak berish oralig‘i 
10-12 
5-10 
Gazak va asosiy taom berish oralig‘i 
21-25 
15-25 
Buyurtma va desert berish oralig‘i 
6-8 
3-5 
Umumiy hisob-kitob varaqasini berish 
6-8 
1-2 
Mijozlarning noroziligi o‘rtacha 10 daqiqa o‘tgandan so‘ng izhor etiladi. Ikkinchi, uchinchi 
taomlar kutilayotganda bu 10 daqiqa e’tiborsizdir. Taom berish oldidan yoki eng oxirida ham 
uning uncha ahamiyati yo‘q. 
Madaniy xizmat tushunchasi bilan xizmat uchun choy chaqa berish tushunchasi 
aloqadordir. Choy chaqa berish restoran xizmatida odat bo‘lib qolgan. Bu ko‘pgina muammolar 
kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, bu esa bir-biriga ikki xil zid qarashni keltirib chiqaradi. 
Birinchidan, ofitsiantlarga ma’lum miqdorda moddiy manfaat bazasi bo‘lib xizmat qilsa, 
ikkinchidan, ofitsiantlarning ko‘proq choy chaqa olishga bo‘lgan ishtahasini kuchaytiradi. Bu esa 
restoran mijozlarining noroziligiga sabab bo‘ladi. 
Butun dunyo restoranlarida ofitsiant mijozlar ovqatlanib bo‘lganidan so‘ng choy chaqa 
haqida eslatishi yomon illat hisoblanadi. Biroq restoranlarda mijozlardan ofitsiantlar choy chaqa 
so‘rash holatlari uchrab turadi. 
Ba’zi restoranlarda ofitsiantlar xizmat haqi uchun hisob-kitobga 15% qo‘shimcha qiladi. 
Ammo ofitsiant hech qachon mijozlarga choy chaqa haqida gap ochmasligi lozim. Restoranning 
donishmand mutaxassislari fikricha, agar ofi-siant «hasis mehmonlar» haqida o‘z doirasida gap 
yuritar ekan, demak, u bu sohada ishlashga yaroqsizdir. 
AQShda choy chaqa berish qoidaga aylangan. Hatto ba’zi amerikaliklar choy chaqa 
miqdorini ko‘rsatuvchi jadval olib yuradilar, ofitsiantni ovora qilmay, choy chaqa summasini 
o‘zlari aniqlab to‘lab ketaveradi. Ko‘pchilik restoranlarda, kafelarda ofitsiant oyligining 95% ini 
mijozlardan olinadigan choy chaqa tashkil qiladi. 
Restoran xodimlari mijozlarning chiroyli o‘tirishlarini ta’minlash, xodimlar orasida choy 
chaqa sababli nizolar chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. 
Chet el restoranlarida choy chaqa masalasiga turlicha yondashadilar. Ba’zilarida choy 
chaqa ofitsiantlar orasida teng bo‘linadi. Bu ko‘pincha o‘ntagacha ofitsiant ishlaydigan 
restoranlarda bo‘ladi. Ba’zilarida esa, ofitsiant choy chaqaning yarimini o‘ziga olib qoladi, yarmini 
bosh ofitsiant, vino sotuvchi va boshqalarga beradi. 
Ba’zi hollarda choy chaqaning bir qismini zal menejeriga, bosh ofitsiantga, garchi ularning 
maoshlari yuqori bo‘lsada beriladi. Ba’zi restoranlarda ochiq aytilmasa ham choy chaqa qoldirish 
uchun imo-ishora qilinadi. Cheklarda quyidagicha yozuv bo‘ladi: «Xizmat haqi taomlar bahosiga 
qo‘shilmagan». Ammo xizmati oliy darajadagi restoranlarda bunday harakatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Umumiy ovqatlantirish korxonalarida xizmat qilish madaniyati mijozlarning taom iste’mol 
qilish madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling