2-mavzu: turizm sohasida restoranlar ovqatlantirishning asosiy tizimi sifatida reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.11.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1777462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu

Taom yeyish madaniyati - avvalo mijoz o‘z o‘rnida yaxshi o‘tira olishi, mijozlar o‘zini 
to‘g‘ri va chiroyli tutishi, ovqat yeyish madaniyatiga rioya qilishi lozim. Stol atrofida 
o‘tirganlarida quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilishlari tavsiya etiladi: 
 Stol atrofida to‘g‘ri o‘tirishi, bezovta bo‘lmaslik, stul suyanchig‘iga yengilgina suyanib 
o‘tirishi kerak. Stulni stolga juda yaqin surish, shuningdek, ancha nariga siljitish ham mumkin 
emas.
 Qo‘llarni ovqat kutayotganda tizza ko‘zlariga qo‘yib o‘tirish maqsadga muvofiqdir. 
Qo‘llar bilan sochlarni rostlash, tuzatish, peshona, bosh terlarini artish, qo‘llarni iyakka tirab 
o‘tirish, dasturxonni o‘zicha to‘g‘irlash, idish-tovoqlarni qo‘zg‘atish, sonini nazorat qilish tavsiya 
qilinmaydi. Taom yeyayotgan paytda tirsakni stol ustiga tirab o‘tirish yaramaydi. 
 Sochiqcha yoki salfetkani yozib tizza ustiga solib o‘tirish kerak. U kiyimni ovqat 
sachrashidan himoya qiladi. Taom yeyish jarayonida lablarni oshkora artmaslik, salfetkani 
yengilgina lablarga bosish tavsiya etiladi, agar qog‘oz salfetkalar bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. 


Taom iste’mol qilingandan so‘ng, sochiqlarni tarelkaning o‘ng tomoniga, agar tarelkalar olingan 
bo‘lsa, uning o‘rniga tahlamasdan qo‘yilishi kerak. 
 Non tarelkalarda beriladi va qo‘l bilan olinadi. Kesilgan yoki sindirilgan bo‘laklari 
olinadi. Somsalar sindirilmay, butunligicha yeyiladi. Saryog‘ uchun sindirilgan va kesilgan non 
bo‘lagi o‘ng qo‘l bilan olinadi, pichoq bilan o‘ng qo‘lda saryog‘ suriladi. Maxsus pichoq bo‘lishi 
ham mumkin. Ishlatilayotgan pichoqda surilsa ham bo‘ladi, biroq undagi ovqat yug‘i saryog‘ga 
o‘tmasligi kerak. Qiyom, jem, povidlolar tarelkaga olinadi, so‘ngra non bo‘lagiga suriladi. 
 Buterbrod - qo‘l bilan olinadi, pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. 
 Hamma uchun umumiy ovqat qo‘yilganda mijozlar o‘z oldidan keraklisini tarelkasiga 
solib iste’mol qilaveradi. 
 Kolbasa, vetchina - tarelkaga solinadi, pichoq va sanchqi yordamida yeyiladi. Baliq, 
go‘sht, sabzavot salatlari pichoq va sanchqi yordamida iste’mol qilinadi. 
 Bul’on va pyure-sho‘rva- kosalarda tortiladi, qoshiq bilan ichiladi, sovigan taqdirda 
kosani ko‘tarib bir chetidan ichaversa ham bo‘ladi. Ovqatni sovutaman deb kosa hamda 
qoshiqlarga puflash tavsiya etilmaydi. Uni qoshiq bilan aralashtirish va sovushini kutish kerak. 
Agar ovqat ichida yirik mahsulotlar bo‘lsa, qoshiq bilan bo‘lib yeyiladi. Kosa oxirida qolgan 
ozgina suyuqlikni olish uchun kosa qiyshaytiriladi va qoshiq bilan olinadi. 
 Go‘shtdan tayyorlangan issiq taomlar pichoq va sanchqi bilan yeyiladi. Ovqatlantirish 
jarayonida pichoq o‘ng qo‘lda, sanchqi esa chap qo‘lda ushlanadi. Pishgan go‘shtni har kim o‘z 
xohishiga qarab kesadi. Lekin go‘shtning hammasini kesib, so‘ngra sanchqi bilan yeyish tavsiya 
etilmaydi. Oz-ozdan kesib iste’mol qilinsa, go‘sht sovumaydi. Kotlet, tefteli va boshqalarni pichoq 
bilan kesib o‘tirish shart emas, sanchqi bilan bo‘lib iste’mol qilsa bo‘ladi. 
 Ovqatlanish paytida pichoq va sanchqidan foydalanganda har ikkalasini qo‘ldan 
qo‘ymaslik kerak. Sanchqi bilan taom olinganda pichoq bilan rostlanadi, to‘g‘rilanadi, ammo 
pichoq bilan ovqat bo‘laklari sanchqi ustiga qo‘yilmaydi. 
 Parrandalar go‘shtini yeyishda pichoq va sanchqi bilan go‘shti suyaqdan ajratiladi, 
so‘ngra qo‘l bilan yeyish mumkin. Taomdan so‘ng qo‘l issiq suvda yuviladi. Baliqli taomlar 
yeyishda pichoq ishlatilmaydi. Sanchqi bilan go‘shti suyakdan ajratiladi va birdaniga sanchqi bilan 
iste’mol qilinadi.
 Qush va baliq go‘shtlaridan ajratilgan suyaklar alohida tarelkalarga solinadi. 
 Yumshoq taomlar, kartoshka, sabzavot va boshqalar pichoq bilan kesilmaydi, sanchqi 
bilan bo‘laklarga bo‘linadi. Kartoshkani bo‘lganda atalaga aylantirib yuborish yaramaydi. 
Guruchli suyuq ovqatlar qoshiq bilan, quyuqlari esa sanchqi bilan yeyiladi. 
 Pishirilgan tuxumning po‘sti choy qoshiq bilan urib sindiriladi va tozalanadi, so‘ngra 
pichoq bilan kesilib, iste’mol qilinadi. Qovurilgan tuxum esa sanchqi bilan yeyiladi. Agar tuxum 
vetchina bilan qovurilgan taqdirda pichoq bilan kesilib, sanchqi bilan yeyiladi. Omlet va kartoshka 
oladisini ikkita sanchqi yordamida yeyiladi. Pashtet odatda sanchqi bilan yeyiladi, ammo uni 
nonga surib yesa ham bo‘ladi. 
 Taomni shoshmasdan yeyish, ovqat iste’mol qilish jarayonida og‘izdan tovush 
chiqmasligi kerak. Taom yeyishda gavdani imkoni boricha to‘g‘ri tutish, tarelka ustiga yotib 
olmaslik lozim. Agar ovqat qaynoq bo‘lsa, ustidan sovuq suv ichib yuborish tavsiya etiladi. 
 Taom yeganda lunjni to‘ldirib olish shart emas. Ovqat yeyish vaqtida fujer yoki non 
olish zarur bo‘lib qolsa, pichoq, sanchqini bir-birining ustiga qilib, sanchqining uchli tomoni 
pastga, pichoqning o‘tkir tomoni chapga qaratib tarelkaga qo‘yiladi. Pichoq va sanchqilarning sop 
tomonini stolga, uch tomonini tarelka chetiga qo‘ysa ham bo‘ladi, ammo u holda uch tomonidagi 
suyuqlik dasturxonga oqishi yoki sidirilib tushib ketib, dasturxonni yoki mijoz kiyimini iflos 
qilishi mumkin. 
 Mijoz qoshiq, sanchqi va pichoqlarni yerga tushirib yuborsa, ofitsiant tezda uni 
tozasiga almashtirib berishi kerak. Atrofdagilarning diqqatini jalb qilmaslik uchun 
ovqatlanayotgan mijoz engashib, tushib ketgan narsani olmasligi va ofitsiantdan uzr so‘ramasligi 
kerak. Ovqatlanib bo‘lgach, mijoz tarelkalarni o‘z oldidan nariga surib qo‘ymasdan, pichoq, 


qoshiq va sanchqilarni tarelkaga terib qo‘yishi lozim. Ularni tartibli qilib soplarini o‘ng tomonga 
parallel holda, sanchqilarning uchli, bukilgan tomonlari yuqoriga qaratib qo‘yiladi. 
 Mevalardan olma va noklarning po‘sti archiladi, o‘rtasi tozalanadi, tarelkalarga 
teriladi, uni qo‘l bilan yeyish mumkin. 
 Olxo‘ri, o‘riklarni pichoq bilan kesib danagidan ajratib yeyish ham mumkin yoki
pichoq ishlatmasdan yeyaversa ham bo‘ladi. Gilos, olchalarning danaklarini og‘izdan qoshiqqa 
olinadi va tarelkaga solinadi. 
 Tarvuz va qovunlarni tilik, karch, kosa qilib yeyish o‘zbek xalqida azal-azaldan 
mavjud. Restoranlarda esa boshqacharoq ya’ni, tarvuz va qovunlar so‘yiladi, urug‘i ajratiladi, 
po‘chog‘i olib tashlanadi, so‘ngra karch qilib tarelkalarda beriladi, mehmonlar sanchqilar bilan 
iste’mol qiladilar. 
 Apelsinning po‘sti pichoq bilan olib tashlanadi, tiliklaridan bo‘lakchalarga bo‘linadi, 
tarelkaga teriladi, so‘ngra qo‘l yoki sanchqi bilan yeyiladi. Mandarinning po‘sti qo‘l bilan 
ajratiladi, tiliklarga bo‘linadi, yeyilgach, urug‘i choy qoshiqda olinadi va tarelkaga solinadi. 
Bananning po‘sti yarmigacha archib, pastki tomonidan ushlab yeyish mumkin. Biroq uni butunlay 
po‘stini olib pichoq bilan kesib, sanchqida yeyilsa maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. 
 Qulupnay mevalari desert qoshiqlari bilan yeyiladi. Qand maxsus qisqich yoki qo‘l 
bilan olinadi. 
 Choy yoki kofeda qand choy qoshiq bilan aralashtiriladi, qand erigach, qoshiq 
tarelkaga qo‘yiladi. Kofe quyilganda idish tarelkadan qo‘tarilmaydi. Stakanga choy quyilganda 
qoshiq stakandan olinmaydi. Choy quyib bo‘lingach, qoshiq olinadi. Choyda qandning erishini 
kutish kerak, kuch bilan qandni maydalash tavsiya etilmaydi. Kesilgan limon bo‘lagini choy yoki 
kofega solish uchun maxsus sanchqidan foydalaniladi, qoshiq bilan ezilib, sharbati chiqariladi va 
qoldig‘i tarelkaga solinadi. 
 Tort va qandolat mahsulotlari uchun maxsus choy qoshiqlari, sanchqilar ishlatiladi. 
Agar tort bo‘laklari kichkina qog‘oz salfetkalarda bo‘lsa, tarelkalarga solib iste’mol qilish ham 
mumkin. Tort va kekslar qattiq bo‘lsa, sindirib iste’mol qilinadi. 
 Danakli kompot berilsa, sezdirmasdan danakni og‘izdan olib, tarelkaga tashlash 
mumkin. 
 Baliqli taomlar uchun limon bo‘lagi berilsa, sanchqining orqa tomoni bilan siqib 
sharbati chiqariladi. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling