201
7. Gapning modal so‘zga aylanishi: holbuki (Hol buki).
8. So‘z tushirish natijasida hosil bo‘lgan: o‘z-o‘zidan (
aniq so‘zi
tushib qoladi).
Sof va vazifadosh modal so‘zlar
Modal so‘zlar
sof va
vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi.
Sof modal so‘zlar –
faqat modal ma’no uchun xoslangan
so‘zlardir. Ular:
haqiqatan, darhaqiqat, afsuski, attang, albatta,
shekilli, avvalo, avvalambor, xullas, masalan, koshki.
Vazifadosh modal so‘zlar – modal ma’noda ham qo‘llanadigan
so‘zlardir. Ular:
aftidan, chamasi, ehtimol, shubhasiz, taxminan,
umuman.
Modal so‘zlarda ma’nodoshlik, shakldoshlik va zid ma’nolilik
Ma’nodoshlar: chamasi – chog‘i – mazmuni; shubhasiz –
shaksiz – so‘zsiz; o‘-o‘zidan – tabiiy; haqiqatda – haqiqatdan –
darhaqiqat; voqean – darvoqe – aytgancha – deganday; ehtimol –
balki.
Shakldoshlik: to‘g‘ri, rost, tabiiy (sifat) – to‘g‘ri, rost,
tabiiy
(modal so‘z); rostdan, chindan (ravish) – rostdan, chindan (modal
so‘z)
Modal so‘z turkumining morfemik tarkibi
Modal so‘zlar morfologik
hamda morfemik jihatdan
bo‘linmasdir. Ularning tarkibida uchraydigan so‘z yasovchi, ya’ni
sifat yasovchi -siz (so‘zsiz, shubhasiz, shaksiz), otning 3-shaxs
egalik –i/-si, chiqish kelishigi -dan (rosti, to‘g‘risi, chamasi, rostdan,
aftidan) qo‘shimchalari shaklan uchrasa-da, ajralmasdir.
Sintaktik xususiyati. Sof modal so‘zlar gap bo‘lagi
vazifasida
kelmaydi va gap bo‘laklai bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.
Uning asosiy sintaktik vazifasi
kirish so‘z vazifasida kelishdir.
Ular og‘zaki nutqda pauza bilan, yozma nutqda vergul bilan ajratiladi.
M.:
Avvalo, insonning qalbi go‘zal bo‘lmog‘i kerak. Afsuski, besh
qo‘l barobar emas.
Ikkinchi
asosiy sintaktik vazivasi so‘z-gap bo‘lib kelishdir. M.:
– Ertaga dars bo‘ladimi?