Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Inson organizmining juft ta’na a’zolariga yoki kiyimidagi juft  qismlariga qo‘shilsa, o‘ng va chap


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

4. Inson organizmining juft ta’na a’zolariga yoki kiyimidagi juft 
qismlariga qo‘shilsa, o‘ng va chap ma’nosini ifodalaydi. M.: 
insonning qo‘l+lar+i gul, ko‘ylakning yenglari. 
5. Jism-modda otlariga qo‘shilib, tur, sort, nav ma’nosini 
ifodalaydi. M.: un/lar, yog‘/lar, suv/lar, choy/lar. 
Bizning 
uzumlarimiz fransuzlarni havasini keltiradi. 
6. Mavhum otlarga qo‘shilib kuchaytirish, ta’kid ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Hali orzu/lar/im ko‘p, shuning uchun qalbimdagi 
og‘riq/lar/ni unutishim kerak. 
7. Sanoq son va payt ravishlarga qo‘shilsa, chama, taxmin 
ma’nosini ifodalaydi. M.: Soat yeti+lar+da dars tugaydi. Kechalari 
bo‘sh bo‘laman. 
8. Sulola, avlod ma’nosini ifodalaydi. M.: temuriy/lar, 
boburiy/lar, somoniy/lar, xorazmshohlar. 
9. Ko‘plik qo‘shimchasi qarindoshlik munosabatini ifodalaydigan 
shaxs otlariga I shaxs (-m,-im) hamda, II shaxs (-ng, -ing) birlik 
shakldagi egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shilib, hurmat ma’nosini 
ifodalaydi. M.: Dada+m+lar keldi/lar. Oyi+ng+lar bora/dilar. 
IZOH
! 1. Bunda kesim ham III shaxs ko‘plik shaklda bo‘lib, 
hurmat ma’nosini ifodalaydi. 
2. 
 
lar qo‘shimchasi qaralmishda III shaxs egalik 
qo‘shimchasidan oldin kelib hurmat ma’nosini ifodalaydi. M.: 
bobomning uy+lar+i, amakimning qiz+lar+i. 
10. Ko‘plik qo‘shimchasi o‘zlik olmoshiga III shaxs egalik 
qo‘shimchasidan oldin qo‘shilib, matnda hurmat, piching, kesatiq, 
kamsitish ma’nolarida keladi. M.: Raisning o‘z/lari va’da berdilar. 
(hurmat). Qani, o‘z/lar/i testni javobini aytsinlar. (piching). 


54 
Ko‘plik qo‘shimchasining uyushiq bo‘laklardagi o‘rni va vazifasi 
-lar ko‘plik qo‘shimchasi uyushiq bo‘laklarda 2 xil vazifa bajaradi. 
1.Uyushiq bo‘lak tarkibidagi har bir so‘zga qo‘shilib, ma’noni 
takidlaydi, ya’ni tinglovchining e’tibori shu so‘zlarga qaratiladi. M.: 
Har bir abiturient o‘tilgan mavzularni, topshiriqlarni, to‘plamlarni 
o‘z vaqtida o‘zlashtirishi shart. 
2.Uyushiq bo‘laklarning oxiriga qo‘shilib, umumlashtirish 
ma’nosini ifodalaydi. M.: Maftuna, kitob, daftar, to‘plamlarni olib kel. 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling